Arxiv

Senatning 24-yalpi yig‘ilishi 17 mart kuni o‘z ishini boshlaydi
15 mart 2022, 18:47

Senatning 24-yalpi yig‘ilishi 17 mart kuni o‘z ishini boshlaydi

Senatning 24-yalpi yig‘ilishida Mehnat kodeksini tasdiqlash, kiberxavfsizlik va reklama to‘g‘risidagi qonunlar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, senatorlar ombudsman, TIV, IIV va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi rahbarlarining hisobotlarini tinglaydilar.

Oqdaryo tumanida issiqxona uchun ajratilgan yerni sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
15 mart 2022, 18:31

Oqdaryo tumanida issiqxona uchun ajratilgan yerni sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

Samarqand viloyatida issiqxona qurish uchun ajratilgan yer maydonini 60 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxslar so‘ralgan pulning 20 ming dollarini olayotganda ushlandi. Holat yuzasidan tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

2021-yilda O‘zbekistonda 5 mln so‘mdan ziyod maosh oluvchilar soni 209 ming nafarga ko‘paydi
15 mart 2022, 18:23

2021-yilda O‘zbekistonda 5 mln so‘mdan ziyod maosh oluvchilar soni 209 ming nafarga ko‘paydi

2021-yilda 2 mln so‘mgacha oylik oladigan soni kamayib, 2−4, 4−5 va 5 mln so‘mdan ziyod maosh oladiganlar soni ortdi. Xususan, 5 mln so‘mdan ortiq ish haqi oluvchilar soni bir yil avvalgiga nisbatan 209 ming kishiga ko‘payib, 513,2 ming nafarga yetgan.

Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston prezidenti va saylangan prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi
15 mart 2022, 17:38

Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston prezidenti va saylangan prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov va saylangan prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi. Muloqotda, jumladan, ikki tomonlama munosabatlar kun tartibi va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari ham muhokama qilindi.

“Qanday qilib qo‘rqmadi ekan?” Jamoatchilik vakillari — “Первый канал” muharriri jonli efirda urushni to‘xtatishni so‘ragani haqida
15 mart 2022, 17:13

“Qanday qilib qo‘rqmadi ekan?” Jamoatchilik vakillari — “Первый канал” muharriri jonli efirda urushni to‘xtatishni so‘ragani haqida

Rossiyaning “Первый канал” telekanali muharriri Marina Ovsyannikova “Время” dasturi jonli efiri vaqtida Ukrainadagi urushni to‘xtatish va propagandaga ishonmaslikni so‘rab chiqdi. Mazkur holatga o‘zbek jamoatchiligi vakillari ham munosabat bildirdi. Jurnalist Muhrim A’zamxo‘jayev “qo‘rquvni qanday qilib yengdi ekan?” deya savol bilan yuzlangan bo‘lsa, Davletovuz “haqiqat uchun kurashuvchi hamma joyda topiladi”, deya ta’kidladi.

Dollarning rasmiy kursi bir kunda 100 so‘mdan ziyodroqqa ko‘tarildi
15 mart 2022, 16:50

Dollarning rasmiy kursi bir kunda 100 so‘mdan ziyodroqqa ko‘tarildi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 117,09 so‘mga ko‘tarilib, 11 150,12 so‘mni tashkil qildi. Yevro va rubl kurslari ham ko‘tarildi.

Buxoroda yog‘ingarchilik tufayli qulab tushgan qal’a devorini ta’mirlashga 1 mlrd so‘m ajratildi
15 mart 2022, 16:03 1

Buxoroda yog‘ingarchilik tufayli qulab tushgan qal’a devorini ta’mirlashga 1 mlrd so‘m ajratildi

Buxorodagi XVI asrga oid «Talipoch qal’a darvozasi» devorini ta’mirlash uchun Turizm va ma’daniy meros vazirligi tomonidan 1 mlrd. so‘m mablag‘ ajratildi. Devorning bir qismi tinimsiz yomg‘ir yog‘ishi tufayli qulab tushgan edi.

Ukrainadan qaytgan talabalarning o‘qishini soddalashtirilgan tartibda ko‘chirish boshlandi
15 mart 2022, 15:31

Ukrainadan qaytgan talabalarning o‘qishini soddalashtirilgan tartibda ko‘chirish boshlandi

15 martdan Ukrainadan qaytgan talabalar o‘qishini soddalashtirilgan tartibda ko‘chirish boshlandi. Hujjatlar hududiy ishchi guruhlar tomonidan qabul qilinmoqda.

O‘zbekistonning 9 viloyatida sel kelish xavfi e’lon qilindi
15 mart 2022, 14:24

O‘zbekistonning 9 viloyatida sel kelish xavfi e’lon qilindi

O‘zgidromet 16−19 mart kunlari kutilayotgan kuchli yog‘ingarchiliklar tufayli O‘zbekistonning 9 viloyatida sel kelish xavfi haqida ma’lum qildi.

Shavkat Mirziyoyev Serdar Berdimuhamedovni saylovda g‘alaba qozongani bilan tabrikladi
15 mart 2022, 13:58

Shavkat Mirziyoyev Serdar Berdimuhamedovni saylovda g‘alaba qozongani bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonning saylangan prezidenti Serdar Berdimuhamedovni saylovda qozongan g‘alabasi bilan tabrikladi.

Markaziy Osiyo prezidentlari lavozimga saylangan vaqtda necha yoshda bo‘lgan?
15 mart 2022, 13:37

Markaziy Osiyo prezidentlari lavozimga saylangan vaqtda necha yoshda bo‘lgan?

Turkmaniston prezidenti etib saylangan 40 yoshli Serdar Berdimuhammedov Markaziy Osiyo tarixidagi eng yosh prezidentga aylandi. Shu paytgacha ushbu rekord 42 yoshida Tojikiston prezidenti bo‘lgan Emomali Rahmonga tegishli edi. “Gazeta.uz” Markaziy Osiyo prezidentlari lavozimga saylangan vaqtda necha yoshda bo‘lgani va necha yil davomida rahbarlik qilgani haqidagi ma’lumotlarni to‘pladi.

Ukrainadan evakuatsiya qilingan o‘zbekistonliklar soni 5884 nafarga yetdi
15 mart 2022, 12:23

Ukrainadan evakuatsiya qilingan o‘zbekistonliklar soni 5884 nafarga yetdi

15 mart kuni Ukrainadan Polshaning Katovitse aeroporti orqali 250 nafar o‘zbekistonlik olib kelindi. Jami 26 ta aviareysda 5884 fuqaro evakuatsiya qilindi.

Serdar Berdimuhamedov — Turkmanistonning yangi prezidenti
15 mart 2022, 12:11

Serdar Berdimuhamedov — Turkmanistonning yangi prezidenti

Turkmanistonda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovi yakunlari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, mamlakatning amaldagi rahbari Gurbanguli Berdimuhamedovning o‘g‘li Serdar Berdimuhammedov 72,9 foiz ovoz bilan prezidentlikka saylandi.

Samarqandda 1,2 gektar yer maydonini 87 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
15 mart 2022, 11:41

Samarqandda 1,2 gektar yer maydonini 87 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

DXX, IIB va Milliy gvardiya xodimlari Samarqand shahri, Ishtixon va Paxtachi tumanlarida yer maydonlarini noqonuniy sotmoqchi bo‘lgan shaxslarni qo‘lga oldi.

11 ta hududda koronavirus qayd etilmadi
15 mart 2022, 11:39

11 ta hududda koronavirus qayd etilmadi

14 mart kuni respublikaning 11 ta hududida koronavirusga chalinish holatlari qayd etilmadi.

Gimnastika bo‘yicha Oksana Chusovitina sport mahorati maktabi tashkil etiladi
15 mart 2022, 11:06

Gimnastika bo‘yicha Oksana Chusovitina sport mahorati maktabi tashkil etiladi

Prezident qarori bilan Gimnastika bo‘yicha Oksana Chusovitina sport mahorati maktabi tashkil etiladi. Gimnastika maktabini tashkil etish va jihozlash uchun Davlat budjetidan jami 25 mlrd so‘m yo‘naltiriladi.

Haroratning keskin sovib ketishi kutilmoqda
15 mart 2022, 09:44

Haroratning keskin sovib ketishi kutilmoqda

O‘zbekistonga Volga bo‘yi hududlaridan sovuq havo massasi kirib kelishi kutilmoqda. Kuchli shamol va yog‘ingarchiliklar bo‘lishi, harorat 0 dan -10 darajagacha tushishi mumkin.

Prezident «O‘zbekiston havo yo‘llari» chiptalari narxi oshishiga yo‘l qo‘ymaslik zarurligini ta’kidladi
14 mart 2022, 23:34

Prezident «O‘zbekiston havo yo‘llari» chiptalari narxi oshishiga yo‘l qo‘ymaslik zarurligini ta’kidladi

Dushanba kuni prezident raisligida o‘tgan yig‘ilishda «O‘zbekiston havo yo‘llari» aviachiptalari narxining oshishiga yo‘l qo‘ymaslik zarurligi ta’kidlandi. Shuningdek, zarar bilan ishlayotgan korxonalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash amaliyotidan butunlay voz kechish kerakligi aytildi.

14 mart kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
14 mart 2022, 22:00

14 mart kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Vaqtincha Lvov shahriga ko‘chirilgan O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi, 8 kun dam oladigan maktab o‘quvchilari, Qozog‘istondagi yanvar voqealarida qatnashganlikda gumonlanayotgan 11 nafar o‘zbekistonlik, respublikada joriy etilayotgan 3 yillik IT-Visa, mast holda mashina boshqarganlarni 5 yilga haydovchilik huquqidan mahrum qilish taklifi va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 14 martdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Qozog‘istondan 10 ming dollardan ortiq naqd pul olib chiqish taqiqlandi
14 mart 2022, 21:51

Qozog‘istondan 10 ming dollardan ortiq naqd pul olib chiqish taqiqlandi

Qozog‘iston prezidenti mamlakatdan 10 ming dollardan ortiq miqdorda naqd valyuta olib chiqishni taqiqladi. Shuningdek, oltin quymalar hamda oltin-kumush tangalarni olib chiqish bo‘yicha taqiq o‘rnatildi. Ukrainadagi urush boshlanganidan beri tenge 16,8 foizga qadrsizlandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting