Koronavirus

Kun davomida 690 ta koronavirus holati qayd etildi, 793 bemor sog‘aydi
8 avgust 2020, 00:46

Kun davomida 690 ta koronavirus holati qayd etildi, 793 bemor sog‘aydi

Juma kuni O‘zbekistonda 690 ta koronavirus holati aniqlanib, umumiy ko‘rsatkich 29 225 taga yetdi. Sog‘ayganlar 20 ming nafardan oshdi.

Koronavirusga chalingan abituriyentlar test sinovlariga qo‘yilmaydi
7 avgust 2020, 18:13

Koronavirusga chalingan abituriyentlar test sinovlariga qo‘yilmaydi

Koronavirusga chalingan abituriyentlar OTMlarga kirish imtihonlariga kiritilmaydi. Turli sabablarga ko‘ra test sinovlarida qatnasha olmagan abituriyentlar uchun test sinovlari imtihonlardan 4 kun o‘tgandan keyin alohida o‘tkaziladi.

Shifokor koronavirusli pnevmoniyani davolash va to‘g‘ri nafas olish haqida
7 avgust 2020, 16:30

Shifokor koronavirusli pnevmoniyani davolash va to‘g‘ri nafas olish haqida

Koronavirusli pnevmoniya oddiy pnevmoniyadan qanday farq qiladi, u qanday davolanadi, kompyuter tomografisining ahamiyati nimada, nafas olish bo‘yicha qanday mashqlar qilish mumkin? Anhor.uz nashrining koronavirus bemorlarini davolovchi ftiziatr Nadejda Shklovets bilan intervyusini taqdim etamiz.

«Karantin choralari bosqichma-bosqich bekor qilinadi» — Senat raisi
7 avgust 2020, 13:09

«Karantin choralari bosqichma-bosqich bekor qilinadi» — Senat raisi

«Karantin choralari bosqichma-bosqich bekor qilinadi. Aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi to‘g‘risidagi keng targ‘ibot ishlarini kuchaytirishimiz, kasallikka chalinganlarni ishlab chiqilgan protokollar asosida davolash bilan birga normal hayotga qaytarishimiz, ya’ni iqtisodiyotimizni rivojlantirishimiz zarur», — deya ta’kidladi Senat raisi Tanzila Norbayeva.

Sanitariya-epidemiologiya xizmati mutasaddilari 1 mlrd 750 mln so‘mdan ortiq mablag‘ni talon-taroj qilishgan
7 avgust 2020, 12:44

Sanitariya-epidemiologiya xizmati mutasaddilari 1 mlrd 750 mln so‘mdan ortiq mablag‘ni talon-taroj qilishgan

Andijon, Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan viloyatlaridagi Sanitariya-epidemiologiya xizmati mutasaddilari tomonidan Inqirozga qarshi kurash jamg‘armasining 1 mlrd 750 mln so‘mdan ziyod mablag‘i talon-taroj qilingan, deya ma’lum qildi senat raisi Tanzila Norbayeva. U shuningdek «Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida"gi qonun ishlamayotganiga e’tibor qaratdi.

Senat koronavirus qurbonlarining xotirasiga bir daqiqalik sukut saqladi
7 avgust 2020, 11:57

Senat koronavirus qurbonlarining xotirasiga bir daqiqalik sukut saqladi

Senatorlar Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesining raisi Musa Yerniyazov va koronavirusdan vafot etgan boshqa fuqarolarning xotirasiga bir daqiqa sukut saqlashdi.

Koronavirus holatlari 28,8 mingdan oshdi (+274)
7 avgust 2020, 10:06

Koronavirus holatlari 28,8 mingdan oshdi (+274)

COVID-19 bemorlari soni 274 nafarga ortib, jami 28809 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlarning 36 nafari Toshkent shahrida, 130 nafari Toshkent viloyatida hamda 8 nafari Qoraqalpog‘istonda qayd etildi. Shu yuilan birga, ikki nafar COVID-19 bemori vafot etdi.

Toshkentda 4 ta saralash va taqsimlash markazi tashkil etildi (ro‘yxat)
6 avgust 2020, 10:49

Toshkentda 4 ta saralash va taqsimlash markazi tashkil etildi (ro‘yxat)

Poytaxtda koronavirus infeksiyasiga gumon qilingan yoki kasallangan bemorlarga tezkorlik bilan malakali tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida jami 3 084 ta o‘rinli 4 ta saralash va taqsimlash markazi tashkil qilindi.

Koronavirus holatlari 28 mingdan oshdi
6 avgust 2020, 10:05

Koronavirus holatlari 28 mingdan oshdi

COVID-19 bemorlari soni 276 nafarga ortib, jami 28069 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlarning 147 nafari Toshkent shahrida va 129 nafari Toshkent viloyatida qayd etildi.

Covid-19 o‘sish ko‘rsatkichi ikki kun ketma-ket 746 ta bo‘ldi
6 avgust 2020, 06:46

Covid-19 o‘sish ko‘rsatkichi ikki kun ketma-ket 746 ta bo‘ldi

Kun davomida aniqlangan koronavirus holatlari soni bir kun avvalgi singari 746 ta bo‘lib, jami 27793 taga yetdi.

«Qanchalik ko‘p karantinda ushlasak, biz odamlarni shunchalik ko‘p qiynaymiz» — Prezident
5 avgust 2020, 14:16

«Qanchalik ko‘p karantinda ushlasak, biz odamlarni shunchalik ko‘p qiynaymiz» — Prezident

«Biz karantinni qancha uzoq vaqt davom ettirsak, odamlarni shunchalik qiynab qo‘yamiz», — dedi Shavkat Mirziyoyev yig‘ilishda. U zudlik bilan koronavirus bilan kasallangan barcha bemorlarni qamrab oladigan davolash tizimini yo‘lga qo‘yishni buyurdi.

COVID markazlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish to‘lovlari belgilandi
5 avgust 2020, 12:55

COVID markazlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish to‘lovlari belgilandi

COVID markazlari xodimlariga koronavirusga qarshi kurashish davrida beriladigan moddiy rag‘batlantirish to‘lovlari miqdori belgilandi: vrach xodimlarga — 2,5 mln so‘m, o‘rta tibbiyot xodimlariga — 1,5 mln so‘m, kichik tibbiyot xodimlariga — 1 mln so‘m va boshqa xodimlarga — 500 ming so‘m.

Koronavirus holatlari 27,3 mingdan oshdi
5 avgust 2020, 10:48

Koronavirus holatlari 27,3 mingdan oshdi

COVID-19 bemorlari soni 267 nafarga ortib, jami 27314 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlar Toshkent shahrida, Toshkent, Buxoro, Qashqadaryo va Navoiy viloyatlarida qayd etildi.

Kun davomida 746 ta koronavirus holati aniqlandi
5 avgust 2020, 01:55

Kun davomida 746 ta koronavirus holati aniqlandi

O‘zbekistonda kun davomida aniqlangan koronavirus holatlari soni 746 tani tashkil etib, umumiy ko‘rsatkich 23 mingtaga yetdi. Shuningdek, kasallikdan sog‘ayganlar 18 mingdan oshdi.

Prezident vaksina xarid qilish yo‘llarini ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq berdi
4 avgust 2020, 19:20

Prezident vaksina xarid qilish yo‘llarini ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq berdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev bosh vazir o‘rinbosariga tez orada vaksina ishlab chiqarishni boshlashi kutilayotgan Xitoy, Hindiston, Buyuk Britaniya, Rossiya farmatsevtika kompaniyalaridan vaksinani xarid qilish va mamlakat aholisi vaksinatsiyasini amalga oshirish yo‘llarini puxta o‘rganib chiqish bo‘yicha topshiriq berdi.

Ikki nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi
4 avgust 2020, 16:57

Ikki nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi

Toshkentlik ikki nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor (erkak) o‘tkir nafas, yurak qon-tomir va poliorgan yetishmovchiligidan hamda o‘tkir respirator distress sindromidan vafot etdi.

Buxoro aeroporti direktori Tohir Bahronov vafot etdi
4 avgust 2020, 13:48

Buxoro aeroporti direktori Tohir Bahronov vafot etdi

Buxoro xalqaro aeroporti direktori, sobiq senator Tohir Bahronov vafot etdi. Unga koronavirus tashhisi qo‘yilgan edi.

Pandemiya sharoitida dafn marosimlari qanday o‘tkazilishi kerak?
4 avgust 2020, 11:22

Pandemiya sharoitida dafn marosimlari qanday o‘tkazilishi kerak?

O‘zbekiston musulmonlari idorasi pandemiya davrida mayyitni, xususan koronavirusdan vafot etgan marhumlarni yuvish, kafanlash va dafn etish marosimlari qanday o‘tkazilishi borasida tushuntirish berdi.

Koronavirus holatlari 26,5 mingdan oshdi
4 avgust 2020, 10:16

Koronavirus holatlari 26,5 mingdan oshdi

O‘zbekistonda COVID-19 bemorlari soni 249 nafarga ortib, jami 26550 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlar Toshkent shahrida, Qoraqalpog‘istonda, Toshkent, Xorazm, Qashqadaryo va Navoiy viloyatlarida qayd etildi. Shu bilan birga, ikki nafar koronavirus bemori vafot etdi.

Kun davomida 748 kishida koronavirus aniqlandi
4 avgust 2020, 01:02

Kun davomida 748 kishida koronavirus aniqlandi

O‘zbekistonda kun davomida 748 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlanib, jami tasdiqlangan holatlar 26,3 mingdan oshdi. 755 kishi kasallikdan sog‘aygan bo‘lsa, SSV ma’lumotlariga ko‘ra, vafot etganlar soni 159 nafarni tashkil etmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting