O‘zbekistonda bir kunda 105 kishi koronavirusdan sog‘ayib, tuzalganlar soni 3637 nafarga yetdi.
Namangan viloyatining Pop tumanida 1200 kishilik karantin markazi qurildi. Har bir boks dush, konditsioner, televizor bilan ta’minlangan va to‘rt kishiga mo‘ljallangan.
Koronavirus holatlari 22 taga ko‘payib, jami 4717 nafarga yetdi. Yangi holatlarning 10 nafari Karantin markazidagilarda, 4 nafari Toshkent shahrida, 3 nafardan Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida hamda 2 nafari Qoraqalpog‘istonda aniqlangan. Shu bilan birga, COVID-19 dan sog‘ayganlar soni 3600 nafardan oshdi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi oxirgi kunlarda qaysi hududlarda koronavirus aholi orasida qayd etilayotganini ma’lum qildi. Jumladan, Toshkentda ikki nafar soliq inspektori, xususiy klinika kichik tibbiyot xodimi. «Mediapark» sotuvchisi, Yunusobod bozorida ziravor sotuvchisi va boshqalarda aniqlangan.
Koronavirus bemorlari soni 72 nafarga ortib, jami 4695 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlarining 20 nafari Karantin markazidagilarda va 24 holatda esa aholi orasida aniqlandi. Shuningdek, Qashqadaryo viloyatida 28 nafar ishchida COVID-19 qayd etildi.
Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashiga a’zo davlatlar koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq epidemiologik vaziyatni monitoring qilish tizimini ishlab chiqadi.
Chorshanba kuni O‘zbekistonda 103 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlanib, jami holatlar 4600 tadan oshdi. Shuningdek, 73 kishi sog‘aydi, bir bemor vafot etdi. Ayni paytda davolanayotgan 1072 nafar bemordan 8 nafarining ahvoli og‘ir, biri esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Xorijdan charter reys bilan kelib, kasalligi tasdiqlangan bemor o‘tkir nafas va yurak qon — tomir yetishmovchiligidan vafot etdi. O‘zbekistonda koronavirus asoratlaridan vafot etganlar soni 19 nafarga yetdi.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi Toshkentdagi mahallalar kesimida karantin darajasini e’lon qildi. 513 mahalladan 42 tasi “qizil”, 132 tasi “sariq” va 339 tasi “yashil” hududga kiradi. To‘liq ro‘yxat va xarita.
O‘zbekistonning to‘rtta hududida aholi orasida koronavirus aniqlandi. 44 ta yangi COVID-19 holati bilan umumiy ko‘rsatkich 4591 taga yetdi.
COVID-19 pandemiyasi tufayli 2020 yilda aviatsiya sohasining sof foydasi 84,3 mlrd dollarga kamayadi, yo‘lovchilar soni esa ikki baravarga qisqardi. Mutaxassislar aviatsiya sohasi 2021 yilda ham koronavirusdan oldingi ko‘rsatkichlarini to‘liq tiklay olmaydi, deb hisoblashmoqda.
Toshkentning nima uchun «sariq» karantin hududida qolayotganiga izoh berildi. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi vakilining aytishicha, hozirda faqat kasallik o‘choqlari izolyatsiya qilinmoqda. Jumladan, poytaxtdagi 42 ta mahalla «qizil» zonaga kiritilgan.
Koronavirus bemorlari soni 27 nafarga ortib, jami 4547 kishini tashkil etmoqda. Yangi kasallanish holatlarining 21 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 6 holatda esa (Toshkent shahri 1, Qashqadaryo viloyati 1, Toshkent viloyati 4) aholi orasida aniqlandi.
O‘zbekistonda kun davomida 80 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlanib, jami 4520 taga yetdi. Yangi holatlarning 25 tasi poytaxt, Toshkent va Navoiy viloyatlarida aholi orasida qayd etildi.
O‘zbekistonda yana 34 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlanib, jami holatlar 4482 taga yetdi. Yangi kasallanish holatlarining barcha Karantin markazidagi fuqarolar orasida qayd etilgan.
Jahon banki O‘zbekistonning YAIM o‘sishi bo‘yicha prognozini 1,6 foizdan 1,5 foizgacha pasaytirdi, shunday bo‘lsa ham, mamlakat mintaqada iqtisodiyoti o‘sishda davom etayotgan yagona davlatligicha qolmoqda. Jahon iqtisodiyotida esa Ikkinchi jahon urushi davridan keyingi eng yuqori — 5,2 foizlik pasayish kutilmoqda.
Karantin sababli davlat mulkini ijara olgan 11 mingdan ortiq tadbirkor ijara to‘lovini to‘lashdan ozod etilgan. Bu davlatga to‘lanishi mumkin bo‘lgan 92,6 mlrd so‘m pul tadbirkorlarning qo‘llarida qolganligini bildiradi.
Koronavirus bemorlari soni 8 nafarga ortib, jami 4448 kishini tashkil etmoqda. Yangi kasallanish holatlarining barchasi Toshkent shahrida aholi orasida aniqlangan. Ushbu holatlar bo‘yicha epidemiologik surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Toshkentda sun’iy nafas olish apparatida bo‘lgan 76 yoshli bemor o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi. Koronavirus qurbonlari soni 18 nafarga yetdi.
Dunyo mamlakatlarida bitta koronavirus bemorini davolash narxi qanchaga tushmoqda? Hamma davlatlarda ham davolanish byudjet hisobidan bepul amalga oshiriladimi?
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting