Koronavirus

Kembrij universiteti vaqtincha onlayn ta’limga o‘tadi
20 may 2020, 16:45

Kembrij universiteti vaqtincha onlayn ta’limga o‘tadi

Britaniyaning Kembrij universiteti keyingi o‘quv yilini ham to‘liq onlayn shaklga o‘tkazishga qaror qilgan dunyodagi birinchi oliy ta’lim muassasasi bo‘ldi.

Koronavirus bemorlari soni 2880 nafarga yetdi
20 may 2020, 10:05

Koronavirus bemorlari soni 2880 nafarga yetdi

Koronavirus bemorlari soni 25 nafarga ortib, jami 2880 kishini tashkil etmoqda. Respublikada infeksiyadan 529 kishi davolanmoqda, ulardan 6 nafarining ahvoli og‘ir, deb baholanmoqda. Ayni paytda 48 mingdan ortiq fuqaro karantin tadbirlari bilan qamrab olingan va 528 mingtadan ortiq test sinovlari o‘tkazilgan.

MO davlatlari qishloq xo‘jaligi vazirlari onlayn yig‘ilish o‘tkazdi
19 may 2020, 23:46

MO davlatlari qishloq xo‘jaligi vazirlari onlayn yig‘ilish o‘tkazdi

Markaziy Osiyo davlatlari qishloq xo‘jaligi vazirlari onlayn yig‘ilishda pandemiya davrida oziq-ovqat xavfsizligi va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Maktablarda yakuniy imtihonlar bekor qilindi
19 may 2020, 23:25

Maktablarda yakuniy imtihonlar bekor qilindi

Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov joriy yilda maktablarda yakuniy imtihonlar o‘tkazilmasligini ma’lum qildi. Maktablarga o‘quv yili davomidagi o‘zlashtirishga qarab yakuniy baholarni qo‘yish tavsiya etildi.

Kun davomida 64 ta yangi koronavirus holati qayd etildi
19 may 2020, 23:16

Kun davomida 64 ta yangi koronavirus holati qayd etildi

O‘zbekistonda kun davomida 64 ta yangi koronavirus holati qayd etilib, jami 2855 taga yetdi.

Bishkekda jamoat transporti qaytadan ish boshlaydi
19 may 2020, 19:16

Bishkekda jamoat transporti qaytadan ish boshlaydi

25 maydan Bishkekdagi jamoat transporti o‘z ishini qaytadan boshlaydi. Yo‘lovchilar masofa saqlashlari va niqob kiyishlari kerak.

Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin koronavirusdan sog‘aydi
19 may 2020, 18:08

Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin koronavirusdan sog‘aydi

Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayib, hukumat boshqaruviga qaytdi.

COVID-19 holatlari soni 23 taga ko‘paydi
19 may 2020, 16:05

COVID-19 holatlari soni 23 taga ko‘paydi

O‘zbekistonda yana 23 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlanib, jami holatlar soni 2825 taga yetdi.

JSST dezinfeksiyalovchi vositalarni ko‘chalarga sepmaslikni tavsiya qildi
19 may 2020, 14:32

JSST dezinfeksiyalovchi vositalarni ko‘chalarga sepmaslikni tavsiya qildi

Dezinfeksiyalovchi vositalarni ko‘cha va yopiq binolarga sepish koronavirusga qarshi kurashda samarasiz, deb hisoblamoqda JSST. Aksincha, bunday amaliyot ko‘z, nafas olish organlari va teriga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

XVJ 375 mln dollarlik imtiyozli kreditni ma’qulladi
19 may 2020, 11:33

XVJ 375 mln dollarlik imtiyozli kreditni ma’qulladi

XVJ koronavirus pandemiyasining iqtisodiyotga salbiy ta’sirlarini yumshatish uchun O‘zbekistonga 375 mln dollar miqdorida imtiyozli kredit ajratilishini ma’qulladi.

Koronavirus bemorlari soni 2800 nafardan oshdi
19 may 2020, 10:07

Koronavirus bemorlari soni 2800 nafardan oshdi

Koronavirus bemorlari soni 11 nafarga ortib, jami 2802 kishini tashkil etmoqda. Respublikada infeksiyadan 475 kishi davolanmoqda, ulardan 6 nafarining ahvoli og‘ir, deb baholanmoqda. Ayni paytda 48 mingdan ortiq fuqaro karantin tadbirlari bilan qamrab olingan va 515 mingtadan ortiq test sinovlari o‘tkazilgan.

Prezident inqirozga qarshi yangi choralarni tasdiqladi
18 may 2020, 22:56

Prezident inqirozga qarshi yangi choralarni tasdiqladi

Prezident farmoni bilan koronavirus pandemiyasi davrida aholi va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlarni tasdiqladi. Unga ko‘ra kichik biznes mol-mulk va yer solig‘i to‘lashdan ozod qilinadi, ijtimoiy soliq stavkasi 1 foizga tushiriladi va boshqalar.

34 kishiga COVID-19 yuqtirgan shifokorga ochilgan jinoyat ishi bekor qilindi
18 may 2020, 21:58

34 kishiga COVID-19 yuqtirgan shifokorga ochilgan jinoyat ishi bekor qilindi

Bosh prokuratura Samarqand viloyatida 34 kishiga koronavirus yuqishiga sabab bo‘lgan shifokorga nisbatan ochilgan jinoyat ishini bekor qilib, barcha holatlar to‘liq tekshirilmasdan, shoshma-shosharlik bilan barvaqt jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini tan oldi.

Yo‘lovchilar uchun COVID-19 testini topshirish talabi bekor qilindi
18 may 2020, 18:39

Yo‘lovchilar uchun COVID-19 testini topshirish talabi bekor qilindi

Respublika maxsus komissiyasi yo‘lovchilar uchun koronavirus testi natijalari «salbiy» ekani haqidagi ma’lumotnoma talabini bekor qildi. Bunda karantin sharoitida aholining iqtisodiy holati hisobga olindi. Qolaversa, fuqarolarning hududlararo harakatlanishida noqulaylik tug‘dirmaslik maqsadida ushbu qaror qabul qilindi.

OTB COVID-19ga qarshi kurash uchun O‘zbekistonga $1,36 mln ajratdi
18 may 2020, 18:33

OTB COVID-19ga qarshi kurash uchun O‘zbekistonga $1,36 mln ajratdi

Osiyo taraqqiyot banki koronavirus tarqalishiga qarshi kurashdagi sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tibbiy uskunalar va vositalarni sotib olish uchun O‘zbekistonga 1,36 million dollar miqdorida grant ajratdi.

Xitoy koronavirusdan zarar ko‘rgan davlatlarga $2 mlrd ajratadi
18 may 2020, 17:43

Xitoy koronavirusdan zarar ko‘rgan davlatlarga $2 mlrd ajratadi

Yaqin ikki yil ichida Xitoy koronavirusdan qattiq zarar ko‘rgan davlatlarga, birinchi navbatda rivojlanayotgan mamlakatlarga, yordam sifatida 2 mlrd dollar ajratishini ma’lum qildi. Shuningdek, Xitoy “Katta yigirmatalik” (G-20) tomonidan qashshoq davlatlarning qarzlarini to‘lashga moratoriy joriy etish g‘oyasini ilgari surishini aytdi.

COVID-19 testini qayerda topshirish mumkin va narxi qancha?
18 may 2020, 15:53

COVID-19 testini qayerda topshirish mumkin va narxi qancha?

O‘zbekistonda havo va temir yo‘l aloqalari qisman ochildi. Yo‘lovchilar koronavirus yo‘qligi to‘g‘risidagi guvohnomani taqdim etishlari kerak. Qayerda test topshirish mumkin va narxi qancha? Sanitariya-epidemiologiya agentligi ma’lumotlari.

Koronavirusdan vafot etganlar soni 13 nafarga yetdi
18 may 2020, 15:38

Koronavirusdan vafot etganlar soni 13 nafarga yetdi

Koronavirus infeksiyasiga chalingan samarqandlik bemor yurak qon-tomir va o‘tkir nafas yetishmovchiligidan vafot etdi. O‘zbekistonda COVID-19 qurbonlari soni 13 kishiga yetdi.

Rossiyadagi o‘zbekistonliklarga 1,2 mln rubl yordam puli tarqatildi
18 may 2020, 12:06

Rossiyadagi o‘zbekistonliklarga 1,2 mln rubl yordam puli tarqatildi

Rossiyada bo‘lib turgan birinchi 202 nafar o‘zbekistonlikka 1,2 mln rubllik yordam puli tarqatildi.

Koronavirus bemorlari soni 2762 nafarga yetdi
18 may 2020, 10:05

Koronavirus bemorlari soni 2762 nafarga yetdi

Koronavirus bemorlari soni 9 nafarga ortib, jami 2762 kishini tashkil etmoqda. Respublikada infeksiyadan 494 kishi davolanmoqda. Ayni paytda 49 mingdan ortiq fuqaro karantin tadbirlari bilan qamrab olingan va 502 mingtadan ortiq test sinovlari o‘tkazilgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting