Koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor yurak qon -tomir va o‘tkir nafas yetishmovchiligidan vafot etdi. Marhum xalqaro yuk mashinasi haydovchisi bo‘lgan.
O‘zbekistonda kun davomida 52 ta yangi COVID-19 holati qayd etilib, jami holatlar soni 2738 taga yetdi.
Koronavirus bemorlari soni yana 28 nafarga ortib, jami 2719 kishini tashkil etmoqda. Kun davomida aniqlangan COVID-19 holatlari 33 taga yetdi.
Italiya hukumati 3 iyundan boshlab mamlakatning bir viloyatidan ikkinchisiga o‘tishga ruxsat beradi. Shu bilan birga, 18 may kunidan bitta viloyat ichida sayohat cheklovlari bekor qilinadi. Mahalliy hokimlarga ijtimoiy masofalanish tadbirini amalga oshirib bo‘lmaydigan hududlarni vaqtincha yopib ko‘yish vakolati beriladi.
Koronavirus bemorlari soni 5 nafarga ortib, jami 2691 kishini tashkil etmoqda. Respublikada infeksiyadan 522 kishi davolanmoqda, ulardan 8 nafarining ahvoli og‘ir, deb baholanmoqda. Ayni paytda 48 mingdan ortiq fuqaro karantin tadbirlari bilan qamrab olingan va 474 mingtadan ortiq test sinovlari o‘tkazilgan.
O‘zbekistonda koronavirus holatlari 2686 taga, sog‘ayganlar esa 2158 nafarga yetdi — kunlik asosiy o‘zgarishlar.
Toshkentdagi Samarqand Darvoza savdo-ko‘ngilochar markazi 16 maydan ochiladi. Biroq bolalar maydonchasi, kinoteatr va umumiy ovqatlanish shoxobchalari yopiqligicha qoladi.
O‘zbekistonda tasdiqlangan koronavirus holatlari 30 taga oshib, jami 2682 taga yetdi. Yangi COVID-19 holatlarining 5 tasi xalqaro yuk tashuvchi haydovchilar, 3 tasi Qozog‘iston, 2 tasi Rossiyadan kelganlar orasida qayd etildi.
Tojikistonda koronavirus holatlari soni bir kunda 106 taga oshib, jami 907 taga yetdi. Shu vaqtga qadar 29 ta o‘lim qayd etildi.
Sloveniya Yevropada birinchi bo‘lib mamlakatda koronavirus epidemiyasi yakuniga yetganini e’lon qildi. Fuqarolar Avstriya, Italiya va Vengriya hududidan chegarani kesib o‘tishlari mumkin, mamlakatda savdo markazlari, kafe va mehonxonalar ochiladi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi Samarqandda tibbiyot xodimining 34 kishiga koronavirus yuqtirgani uchun jinoiy javobgarlikka tortilgani yuzasidan norozilik bildirdi. Vazirlik infeksiya yuqtirilgan yuzlab holatlardan faqatgina tibbiyot xodimiga jinoyat ishi qo‘zg‘atilishi asossiz ekanini ta’kidladi.
Boltiqbo‘yi davlatlari bir-biriga chegaralarini qaytadan ochdi. Biroq Estoniya, Latviya va Litva tashqarisidan kelgan sayohatchilar ikki haftani karantinda o‘tkazishlari kerak.
COVID-19 pandemiyasi sababli dunyo iqtisodiyoti 8,5 trln dollar yoqotishi (3,2 foizga qisqarish) prognoz qilinmoqda. Bunda, rivojlangan mamlakatlarning YAIM 5 foizga, rivojlanayotganlarda esa 0,7 foiz pasayadi. Bu 1930 yillardagi “Buyuk Depressiya"dan keyingi keskin iqtisodiy inqirozni anglatadi, deyiladi BMTning iqtisodiy hisobotida.
Koronavirus bemorlari soni 7 nafarga ortib, jami 2652 kishini tashkil etmoqda. Respublikada infeksiyadan 505 kishi davolanmoqda, ulardan 8 nafarining ahvoli og‘ir, deb baholanmoqda. Ayni paytda 46 mingdan ortiq fuqaro karantin tadbirlari bilan qamrab olingan va 460 mingtadan ortiq test sinovlari o‘tkazilgan.
O‘zbekistonda koronavirus holatlari soni 2645 taga, sog‘ayganlar esa 2136 nafarga yetdi. Kunlik o‘sish, viloyatlardagi vaziyat va boshqa muhim ma’lumotlar.
18 maydan boshlab “sariq” toifadagi hududlarda soat 06:00 dan 22:00 ga qadar shaxsiy avtotransportlarda maxsus ruxsatnomasiz harakatlanish mumkin bo‘ladi. “Qizil” toifadagi hududlarda faqat belgilangan vaqtda shaxsiy avtomobillarda harakatlanish mumkin. Bundan tashqari, shaharlar orasida ba’zi aviaqatnovlar va temir yo‘l qatnovlari tiklanishiga ruxsat berildi.
O‘zbekistonda karantin talablari 1-iyunga qadar uzaytirildi, biroq bir qator faoliyat turlariga ruxsat berilmoqda.
O‘zbekiston hududlarni koronavirus tarqalishidan kelib chiqqan holda uchta karantin darajasi bo‘yicha ajratib to‘g‘ri qildi, deb hisoblamoqda germaniyalik tibbiyot mutaxassislari.
Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumani «Ulug‘bek» mahallasi (Ulug‘bek shaharchasi) hududida karantin choralari kuchaytirildi. Kirish va chiqish to‘liq yopildi, aholiga faqat zarurat tug‘ilgandagina ko‘chaga chiqish tavsiya etilmoqda.
Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan fuqarolar soni 16 nafarga ortib, jami 2636 kishini tashkil etmoqda. Davolanayotgan bemorlardan 11 nafarining ahvoli og‘ir deya baholanmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting