Koronavirus

Koronavirus holatlari soni 55 mingtaga yaqinlashdi
26 sentabr 2020, 23:53

Koronavirus holatlari soni 55 mingtaga yaqinlashdi

26 sentyabr kuni O‘zbekistonda 491 kishining koronavirusga chalingani tasdig‘ini topib, aniqlangan barcha holatlar soni 55 mingtaga yaqinlashdi.

COVID-19 ga antitana va antigenga ekspress testlarni sertifikatlashtirmasdan import qilishga ruxsat berildi
26 sentabr 2020, 13:29

COVID-19 ga antitana va antigenga ekspress testlarni sertifikatlashtirmasdan import qilishga ruxsat berildi

COVID-19 ga antitana va antigenga ekspress testlarni sertifikatlashtirmasdan O‘zbekistonga import qilishga ruxsat berildi. Gripp va koronavirusga qarshi vaksinalar soddalashtirilgan tartibda olib kelinadigan dorilar ro‘yxatiga kiritildi.

Kun davomida 496 kishida koronavirus aniqlandi
25 sentabr 2020, 23:27

Kun davomida 496 kishida koronavirus aniqlandi

25 sentyabr kuni O‘zbekistonda 496 kishida (bir kun avval — 519 ta) koronavirus aniqlanib, jami holatlar soni 54462 taga yetdi. COVID-19 asoratlaridan vafot etganlar soni esa 450 nafarga yetdi.

Rossiya O‘zbekistonga 35 million doza koronavirusga qarshi vaksina yetkazib beradi
25 sentabr 2020, 12:32

Rossiya O‘zbekistonga 35 million doza koronavirusga qarshi vaksina yetkazib beradi

Rossiya O‘zbekistonga 2020 yilda 10 million doza, 2021 yilda 25 million dona koronavirusga qarshi vaksina yetkazib berishi kutilmoqda. Rossiya to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi (RTIJ) va Laxisam farmatsevtika kompaniyasi O‘zbekistonga «Sputnik V» vaksinasini yuborishga kelishuvga erishdi.

O‘zbekistonda koronavirus holatlari soni 54 mingtaga yaqinlashdi
24 sentabr 2020, 23:47

O‘zbekistonda koronavirus holatlari soni 54 mingtaga yaqinlashdi

O‘zbekiston aniqlangan koronavirus holatlari soni 54 mingtaga yaqinlashgan bo‘lsa, kasallikdan sog‘ayganlar soni 50,4 mingdan oshdi.

Qashqadaryo viloyati UJKXKB boshlig‘i koronavirusdan vafot etdi
24 sentabr 2020, 12:10

Qashqadaryo viloyati UJKXKB boshlig‘i koronavirusdan vafot etdi

Qashqadaryo viloyati hokimining sobiq o‘rinbosari, uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi boshlig‘i Sirojiddin Azizov 45 yoshida koronavirusdan vafot etdi.

Kun davomida 590 kishida koronavirus tasdiqlandi, 608 kishi sog‘aydi
23 sentabr 2020, 23:41

Kun davomida 590 kishida koronavirus tasdiqlandi, 608 kishi sog‘aydi

Sog‘liqni saqlash vazirligi kun davomida 590 ta yangi koronavirus holati qayd etilganini ma’lum qildi. Umumiy ko‘rsatkich 53,4 mingdan oshdi.

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi rahbarlari koronavirusga chalindi
23 sentabr 2020, 15:44

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi rahbarlari koronavirusga chalindi

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri Rahmat Mamatov, shuningdek, uning o‘rinbosarlari Botir Parpiyev va Azizbek Ikromov koronavirusga chalindi. Vazirning birinchi o‘rinbosari Gulnora Ma’rufova esa COVID-19 bilan kasallanib, davolangan va hozirda ishga chiqqan.

COVID-19 bo‘yicha rasmiy statistika qanchalik to‘g‘ri?
23 sentabr 2020, 15:11

COVID-19 bo‘yicha rasmiy statistika qanchalik to‘g‘ri?

O‘zbekistonda koronavirus bo‘yicha rasmiy statistika ma’lumotlari yuzasidan savollar bor. Daryo.uz nashrining bemorlar 2−3 kun ichida «tuzalib ketayotgani» to‘g‘risidagi maqolasidan keyin Sog‘liqni saqlash vazirligi hududlar bo‘yicha batafsil statistikani e’lon qilishni to‘xtatdi. Oldinroq vafot etgan koronavirus bemorlarining jinsi, yoshi, ism-sharifining bosh harflari va yashash (davolanish) joylari bo‘yicha ma’lumotlarni ochiqlash ham to‘xtatilgan edi.

JSST COVID-19 yuqtirish holatlari bo‘yicha haftalik rekord o‘rnatilganini e’lon qildi
22 sentabr 2020, 15:38

JSST COVID-19 yuqtirish holatlari bo‘yicha haftalik rekord o‘rnatilganini e’lon qildi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti COVID-19 yuqtirish holatlari bo‘yicha haftalik rekord o‘rnatilganini e’lon qildi — bir haftada 2 mln kishi infeksiya yuqtirgan. Kasallanganlarning katta qismi Shimoliy va Janubiy Amerikaga to‘g‘ri keladi.

Kun davomida 619 kishida koronavirus aniqlandi
21 sentabr 2020, 23:49

Kun davomida 619 kishida koronavirus aniqlandi

O‘zbekistonda 21 sentyabr kuni 619 kishida koronavirus infeksiyasini aniqlanib, jami holatlar soni 52259 taga yetdi. Vafot etganlar soni esa 438 (+5) nafarni tashkil etmoqda.

Qaysi holatlarda emlash mumkin emas
21 sentabr 2020, 18:19

Qaysi holatlarda emlash mumkin emas

Koronavirusga qarshi kurash shtab a’zosi Sevara Ubaydullayeva emlash mumkin bo‘lmagan holatlar to‘g‘risida ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, OITS kasalligining turli bosqichlarida, vaksinaning asosiy vositasiga allergiya bo‘lsa va bolalarda ba’zi nevrologik kasalliklarni zo‘rayib borishi davrida emlashga ruxsat berilmaydi.

O‘zbekiston Rossiya vaksinasini hamkorlikda sinovdan o‘tkazishga qiziqish bildirdi
21 sentabr 2020, 17:31

O‘zbekiston Rossiya vaksinasini hamkorlikda sinovdan o‘tkazishga qiziqish bildirdi

Rospotrebnadzor O‘zbekiston koronavirusga qarshi «Vektor» markazi ishlab chiqargan vaksinani hamkorlikda sinovdan o‘tkazishga qiziqish bildirayotganini ma’lum qildi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘ktam Barnoyevning o‘limini COVID-19 statistikasiga kiritdi
21 sentabr 2020, 08:44

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘ktam Barnoyevning o‘limini COVID-19 statistikasiga kiritdi

O‘zbekistonda 20 sentyabr kuni 648 ta koronavirus holati aniqlandi (bir kun oldin- 614 ta). Sog‘liqni saqlash vazirligi COVID-19−19 statistikasiga so‘nggi haftada Germaniyada davolangan bosh vazir o‘rinbosari O‘ktam Barnoyevning o‘limi haqida ma’lumotni ham kiritdi.

Bosh vazir o‘rinbosari O‘ktam Barnoyev vafot etdi
20 sentabr 2020, 14:44

Bosh vazir o‘rinbosari O‘ktam Barnoyev vafot etdi

Bosh vazir o‘rinbosari O‘ktam Barnoyev vafot etdi. Avvalroq unga koronavirus tashhisi qo‘yilgan edi. Siyosatchi oxirgi vaqtlarda Germaniyada davolanayotgan bo‘lgan.

COVID-19 holatlari soni 50 mingdan oshdi
19 sentabr 2020, 09:38

COVID-19 holatlari soni 50 mingdan oshdi

O‘zbekistonda aniqlangan koronavirus holatlari soni 50 mingdan oshdi. 18 sentyabr kuni 617 ta yangi holat qayd etildi.

Koronavirusdan vafot etgan 11 yoshli bolaning o‘limi tafsilotlari ma’lum qilindi
18 sentabr 2020, 15:01

Koronavirusdan vafot etgan 11 yoshli bolaning o‘limi tafsilotlari ma’lum qilindi

Sog‘liqni saqlash vazirligi 17 sentyabrda koronavirusdan vafot etdi, deya xabar qilgan 11 yoshli bola 5 sentyabrda olamdan o‘tgani ma’lum bo‘ldi. Unda qator og‘ir yondosh kasalliklar bo‘lib, dispanser nazoratida turgan.

Kun davomida 599 ta koronavirus holati aniqlandi
18 sentabr 2020, 00:04

Kun davomida 599 ta koronavirus holati aniqlandi

Sog‘liqni saqlash vazirligi 17 sentyabr kuni O‘zbekistonda 599 ta yangi koronavirus holati qayd etilgani, vafot etgan 6 kishidan birining yosh bola ekanini ma’lum qildi.

O‘zbekiston 1 oktyabrdan chegaralarini ochadi
17 sentabr 2020, 21:41

O‘zbekiston 1 oktyabrdan chegaralarini ochadi

1 oktyabrdan boshlab O‘zbekiston karantin va sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilgan holda havo, temir yo‘l va avtomobil transporti orqali mamlakatga kirish va chiqishda cheklovlarni bekor qilmoqda.

«Ma’lum bir miqdorda jarima to‘lash bilan qutulishi yetarli emas» — senator artistlar haqida
17 sentabr 2020, 16:10

«Ma’lum bir miqdorda jarima to‘lash bilan qutulishi yetarli emas» — senator artistlar haqida

Senator Baxtiyor Sayfullayev to‘y o‘tkazishda karantin qoidalarini buzgan artistlar faqatgina jarima bilan qutulib ketmasliklari kerak, deb hisoblaydi. Madaniyat vazirligiga senator so‘rovi yuborildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting