Tashkent City`da to‘y qilgan estrada xonandasi Voxidjon Isoqov MJTKning 54-moddasiga binoan BHMning 5 baravari miqdorida jarimaga tortildi. Ushbu miqdor moddaning 1-qismi bo‘yicha, ya’ni jamoat joylarida niqobsiz bo‘lgani uchun tayinlanadi. Pandemiya boshlanganidan beri O‘zbekistonda karantin qoidalarini buzgani uchun 619 mingdan ortiq fuqaro javobgarlikka tortildi.
O‘zbekistonda kun davomida 597 ta koronavirus holati aniqlanib, jami holatlar soni 49 162 taga yetdi.
Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra dezinfeksiya tunnellari taqiqlanmoqda. Sentyabr oyining boshida Sog‘liqni saqlash vazirligi tunnellarni foydasiz degan edi. JSST bu haqda bahordayoq ta’kidlagan.
O‘zbekistonda 15 sentyabr kuni 570 kishining koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgani tasdiqlandi. Bir kun muqaddam bu ko‘rsatkich 572 tani tashkil etgan edi. Jami holatlar soni esa 48,5 mingdan oshdi.
Qashqadaryoda koronavirusga test topshirgan 855 nafar o‘qituvchi infeksiyani yuqtirganlikda gumonlanmoqda. Ularda koronavirus alomatlari mavjud emasligi va yana bir bor tekshiruvdan o‘tishi ma’lum qilindi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusdan vafot etgani aytilgan Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlaridan birida koronavirusni keltirib chiqaruvchi «SARS CoV-2» virusi aniqlanmaganini ma’lum qildi.
14 sentyabr kuni O‘zbekistonda 572 ta koronavirus holati qayd etildi. Jami aniqlangan COVID-19 holatlari soni 48 mingtaga yaqinlashdi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimidagi ikki nafar xodim koronavirus asoratlaridan vafot etdi. Qo‘shko‘pir tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i mayor D.Jabbarov 12 sentyabr kuni, Qo‘ng‘irot tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik K.Akimov 14 sentyabr kuni olamdan o‘tgan.
14 sentyabrdan boshlab Toshkent shahridagi 318 ta maktabning atigi 141 tasi o‘quv yilini an’anaviy shaklda (ro‘yxat) qayta tiklamoqda. Qolgan maktablar «Onlayn-maktab» (telekanallar va dasturlar jadvali) darslari orqali boshlaydi.
12 sentabr kuni O‘zbekistonda 578 kishining koronavirusga chalingani tasdig‘ini topdi. Jami holatlar esa 46 850 taga yetdi. Ayni paytda O‘zbekiston aniqlangan holatlar soni bo‘yicha MDH davlatlari orasida to‘rtinchi, dunyoda 57-o‘rinni egallab turibdi.
O‘zbekistonda kun davomida 593 ta koronavirus holati aniqlanib, umumiy ko‘rsatkich 46,2 mingdan oshdi.
Bolalar ta’lim tashkilotlarini ochish jarayoni 14 sentyabrdan boshlanadi. Birinchi navbatda katta va tayyorlov guruhlari, oktyabrda — o‘rta, noyabrda — kichik guruhlar ochiladi.
O‘zbekistonning 10 ta hududida 248 kishida koronavirus tasdiqlanib, umumiy ko‘rsatkich 46 mingtaga yaqinlashdi. Eng ko‘p yangi holatlar Toshkent shahri (147 ta), Samarqand viloyati (47 ta), Andijon (14 ta) va Namangan (12 ta) viloyatlarida qayd etildi.
O‘zbekistonda ketma-ket to‘rtinchi kundirki koronavirus holatlari sonida ortish kuzatilmoqda. 10 sentyabr kuni yangi aniqlangan COVID-19 holatlari 749 tani tashkil etdi. Kasallikka chalinganlarning umumiy soni esa 45679 nafarga yetdi.
Toshkent viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi bosh shifokori Guljahon Yo‘ldosheva 250 mln so‘mdan ziyod mablag‘larni talon-toroj qilish hamda mansabga sovuqqonlik bilan qarash ayblari bilan qamoqqa olindi. U Chirchiqdagi go‘zallik salonida qo‘lga olindi. Avgustda u shifoxona uchun uskunalar hamda tibbiy xodimlar uchun mukofot pullari berilmayotgani haqida ma’lum qilgan edi.
Noyabrda Jizzaxdagi yangi zavodda KIA K5 va Seltos modellarini ishlab chiqarish ishlari boshlanadi. Kelgusida jahon brendlarining boshqa moddellarini ham ishlab chiqarishi kutilayotgan ADM-Jizzakh zavodining ishlab chiqarish quvvati birinchi bosqichda yiliga 25 000 avtomobilni, keyinchalik esa 100 000 avtomobilni tashkil etishi rejalashtirilgan.
Buyuk Britaniya hukumati koronavirus holatlari soni ko‘paygani sababli olti kishidan ortiq holda guruh bo‘lib to‘planishni taqiqladi. Taqiqni buzganlar 100 funtdan 3200 funtgacha jarimaga tortiladi.
O‘zbekistonda 230 ta yangi koronavirus bilan kasallanish holati qayd etildi. Hozirda COVID-19 dan tuzalganlar ulushi 93 foizni va davolanayotganlar soni 2580 kishini tashkil etmoqda. Shu bilan birga, ikki nafar koronavirus bemori vafot etdi.
Kun davomida O‘zbekistonda 512 ta koronavirus holati qayd etildi. Bir kun avval bu ko‘rsatkich 443, ikki kun muqaddam — 312 ta edi.
Iyul oyi bo‘yicha o‘lim holatlari soni so‘nggi to‘rt yilga nisbatan O‘zbekistonda 26,4%ga, Toshkentda deyarli 166%ga, Toshkent viloyatida 43,8%ga, Navoiy viloyatida 51,7%ga o‘sdi. «Gazeta.uz» so‘nggi besh yil ichida yanvar oyidan iyul oyigacha bo‘lgan o‘lim darajasi bo‘yicha ma’lumotlarni o‘rgandi va koronavirus pandemiyasi davrida raqamlar qanday o‘zgarganligini tahlil qilib chiqdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting