Britaniyaning Kembrij universiteti keyingi o‘quv yilini ham to‘liq onlayn shaklga o‘tkazishga qaror qilgan dunyodagi birinchi oliy ta’lim muassasasi bo‘ldi.
Koronavirus bemorlari soni 25 nafarga ortib, jami 2880 kishini tashkil etmoqda. Respublikada infeksiyadan 529 kishi davolanmoqda, ulardan 6 nafarining ahvoli og‘ir, deb baholanmoqda. Ayni paytda 48 mingdan ortiq fuqaro karantin tadbirlari bilan qamrab olingan va 528 mingtadan ortiq test sinovlari o‘tkazilgan.
Markaziy Osiyo davlatlari qishloq xo‘jaligi vazirlari onlayn yig‘ilishda pandemiya davrida oziq-ovqat xavfsizligi va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.
Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov joriy yilda maktablarda yakuniy imtihonlar o‘tkazilmasligini ma’lum qildi. Maktablarga o‘quv yili davomidagi o‘zlashtirishga qarab yakuniy baholarni qo‘yish tavsiya etildi.
O‘zbekistonda kun davomida 64 ta yangi koronavirus holati qayd etilib, jami 2855 taga yetdi.
25 maydan Bishkekdagi jamoat transporti o‘z ishini qaytadan boshlaydi. Yo‘lovchilar masofa saqlashlari va niqob kiyishlari kerak.
Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayib, hukumat boshqaruviga qaytdi.
O‘zbekistonda yana 23 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlanib, jami holatlar soni 2825 taga yetdi.
Dezinfeksiyalovchi vositalarni ko‘cha va yopiq binolarga sepish koronavirusga qarshi kurashda samarasiz, deb hisoblamoqda JSST. Aksincha, bunday amaliyot ko‘z, nafas olish organlari va teriga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
XVJ koronavirus pandemiyasining iqtisodiyotga salbiy ta’sirlarini yumshatish uchun O‘zbekistonga 375 mln dollar miqdorida imtiyozli kredit ajratilishini ma’qulladi.
Koronavirus bemorlari soni 11 nafarga ortib, jami 2802 kishini tashkil etmoqda. Respublikada infeksiyadan 475 kishi davolanmoqda, ulardan 6 nafarining ahvoli og‘ir, deb baholanmoqda. Ayni paytda 48 mingdan ortiq fuqaro karantin tadbirlari bilan qamrab olingan va 515 mingtadan ortiq test sinovlari o‘tkazilgan.
Prezident farmoni bilan koronavirus pandemiyasi davrida aholi va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlarni tasdiqladi. Unga ko‘ra kichik biznes mol-mulk va yer solig‘i to‘lashdan ozod qilinadi, ijtimoiy soliq stavkasi 1 foizga tushiriladi va boshqalar.
Bosh prokuratura Samarqand viloyatida 34 kishiga koronavirus yuqishiga sabab bo‘lgan shifokorga nisbatan ochilgan jinoyat ishini bekor qilib, barcha holatlar to‘liq tekshirilmasdan, shoshma-shosharlik bilan barvaqt jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini tan oldi.
Respublika maxsus komissiyasi yo‘lovchilar uchun koronavirus testi natijalari «salbiy» ekani haqidagi ma’lumotnoma talabini bekor qildi. Bunda karantin sharoitida aholining iqtisodiy holati hisobga olindi. Qolaversa, fuqarolarning hududlararo harakatlanishida noqulaylik tug‘dirmaslik maqsadida ushbu qaror qabul qilindi.
Osiyo taraqqiyot banki koronavirus tarqalishiga qarshi kurashdagi sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tibbiy uskunalar va vositalarni sotib olish uchun O‘zbekistonga 1,36 million dollar miqdorida grant ajratdi.
Yaqin ikki yil ichida Xitoy koronavirusdan qattiq zarar ko‘rgan davlatlarga, birinchi navbatda rivojlanayotgan mamlakatlarga, yordam sifatida 2 mlrd dollar ajratishini ma’lum qildi. Shuningdek, Xitoy “Katta yigirmatalik” (G-20) tomonidan qashshoq davlatlarning qarzlarini to‘lashga moratoriy joriy etish g‘oyasini ilgari surishini aytdi.
O‘zbekistonda havo va temir yo‘l aloqalari qisman ochildi. Yo‘lovchilar koronavirus yo‘qligi to‘g‘risidagi guvohnomani taqdim etishlari kerak. Qayerda test topshirish mumkin va narxi qancha? Sanitariya-epidemiologiya agentligi ma’lumotlari.
Koronavirus infeksiyasiga chalingan samarqandlik bemor yurak qon-tomir va o‘tkir nafas yetishmovchiligidan vafot etdi. O‘zbekistonda COVID-19 qurbonlari soni 13 kishiga yetdi.
Rossiyada bo‘lib turgan birinchi 202 nafar o‘zbekistonlikka 1,2 mln rubllik yordam puli tarqatildi.
Koronavirus bemorlari soni 9 nafarga ortib, jami 2762 kishini tashkil etmoqda. Respublikada infeksiyadan 494 kishi davolanmoqda. Ayni paytda 49 mingdan ortiq fuqaro karantin tadbirlari bilan qamrab olingan va 502 mingtadan ortiq test sinovlari o‘tkazilgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting