Koronavirus bemorlari soni 14 nafarga ortib, jami 1692 kishini tashkil etmoqda.
21 aprel kuni koronavirusdan tuzalganlar soni yangi qayd etilgan COVID-19 holatlaridan ko‘proq bo‘ldi. Tibbiyot muassasalarida davolanayotgan bemorlar soni so‘nggi ikki kunga nisbatan qisqargan.
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan holatlar 21 taga ko‘payib, jami 1678 taga yetdi.
Toshkent shahridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida yana 13 nafar koronavirus bemori tuzaldi. Jami koronavirusdan tuzalgan bemorlar soni 357 kishiga yetdi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi klinikasidan koronavirus infeksiyasiga chalingan 10 bemor butkul sog‘aydi. Ularning uch nafari Rossiya, biri Turkiyadan kelgan bo‘lsa, qolganlari bemorlar bilan muloqotda infeksiya yuqtirgan. Hozirga kelib jami sog‘ayganlar soni 344 kishiga yetdi.
Toshkent shahri, Buxoro, Xorazm va Namangan viloyatlarida jami 50 nafar koronavirus bemori sog‘ayib, mamlakatda to‘liq tuzalgan bemorlar soni 334 kishiga yetdi.
Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov xususiy klinikalar COVID-19 testini o‘tkazishda ishtirok etmasligini ma’lum qildi. Avvalroq ularga bunday imkoniyat berilganligi haqida xabar qilingan edi, ammo davlatdagi laboratoriya imkoniyatlari yetarli ekanligi aytildi.
Koronavirus aniqlangan 73 yoshli (erkak) bemor yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi.
Farg‘ona viloyatida koronavirus infeksiyasi aniqlangan 5 nafar bemor to‘liq sog‘aydi. Mamlakat bo‘yicha jami tuzalganlar soni 274 nafarga yetdi.
Andijon viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida navbatdagi 8 nafar koronavirusga chalingan bemor butunlay sog‘aydi. Mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan jami 269 nafar bemor to‘liq shifo topdi.
AQSH davlat kotibi Maykl Pompeo O‘zbekistonda koronavirus pandemiyasi sharoitida fuqarolarga bepul psixologik yordam ko‘rsatuvchi resurs ishga tushirilganligini olqishladi.
O‘zbekiston koronavirusni davolashda qo‘llanilayotgan o‘pkani sun’iy shamollatish uskunasi va polimeraza zanjiri reaksiyasi moslamalarini sotib olish uchun Yaponiya hukumati grantlarini jalb qilishni rejalashtirmoqda.
O‘zbekistonda 150 mingga yaqin fuqaro koronavirus bo‘yicha testdan o‘tkazilgan. Koronavirusga testlar soni maksimal oshirilsa karantin shartlarini yumshatish mumkinligi aytilgan. O‘z o‘rnida, mamlakatda ekspress-testlar o‘tkazilmaydi.
O‘zbekistondan jo‘natilgan ikki partiyadan iborat insonparvarlik yordami Moskvaga yetib bordi. Rossiyaga jami 5 mln dona tibbiy niqob yuborish rejalashtirilgan.
Karantin choralari sababli 38,4 foiz yoki 95 mingdan ortiq yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyati to‘xtab qolgan. Ular soliq organlariga murojaat qilib, soliq yengilliklari olishlari mumkin.
Koronavirus pandemiyasi butun dunyo va O‘zbekistondagi qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligiga qanday ta’sir qiladi? Ushbu savollarga Jahon bankining O‘zbekistondagi qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha yetakchi iqtisodchi mutaxassisi Sergiy Zorya javob berdi.
20 aprel kuni O‘zbekiston bo‘ylab yangi 62 ta koronavirus bilan zararlanish holatlari aniqllanib, jami 1627 kishiga yetdi.
Tarixda birinchi marta, neftni sotish uchun xaridorga pul to‘lash kerak. WTI markali qayta ishlanmagan neftning may oyida yetkazib berish narxi 0 dollardan pastladi (-7 AQSH dollari atrofida). Neftga bo‘lgan talabning pasayishi sababli dunyo bo‘ylab 160 mln barrel neft tankerlarda turib qolgan.
Karantin vaqtida qurilish materiallari bozorida ishlab chiqarish hajmi 30−40 foizga kamaygan. «O‘zqurilishmateriallari» aksiyadorlik kompaniyasiga yil oxirigacha mahsulot ishlab chiqarishni 22 trillion so‘mga yetkazish vazifasi qo‘yildi. Prezident qurilish sohasining yangi ish o‘rinlarini yaratish uchun katta imkoniyat va zaxira ekanligini ta’kidlagan.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev koronavirus aniqlanmagan yoki epidemiologik vaziyat yaxshilangan hududlarda karantin cheklovlarini bosqichma-bosqich bekor qilish bo‘yicha topshiriq berdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting