«Albatta, rag‘batlantirish uchun pul tarqatish oson yo‘l. Lekin ertaga buning oqibatda nimalarga olib kelishini hali biron bir iqtisodchi bashorat qila olmayapti», — deya ta’kidlagan prezident. U «Saxovat va ko‘mak» umumxalq harakatini yo‘lga qo‘yib, tadbirkorlar o‘zi faoliyat yuritayotgan hududda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga yordam berishi taklifini ilgari surdi.
2020 yil AQSHda davlat qarzi va korporatsiyalar qarzi rekord darajagacha o‘sishi mumkin. Federal byudjet defitsiti 4 trln dollargacha yetishi kutilmoqda — bunday holat 1945 yildan beri kuzatilmagan.
20 aprel soat 18:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1604 nafarni tashkil qilmoqda.
Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida koronavirus infeksiyasiga chalingan 21 nafar bemor butkul sog‘aydi. Bemorlardan 5 nafari erkak, 16 nafari ayollardir. Mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan jami 261 nafar bemor to‘liq shifo topdi.
«O‘zbekiston pochtasi» 20 apreldan 38 ta davlatga xalqaro aviapochta jo‘natmalarini yuborishni qisman tikladi. Bungacha pochtalar faqat yer usti transporti orqali jo‘natilayotgan edi.
Toshkentda 2 nafar koronavirus bemori tuzaldi. Mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan jami 240 nafar bemor to‘liq shifo topdi.
Andijonda 2 nafar va Buxoroda 11 nafar koronavirus bemorlari tuzaldi. Mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan jami 238 nafar bemor to‘liq sog‘aydi.
Koronavirus bemorlari soni 17 nafarga ortib, jami 1582 kishini tashkil etmoqda.
Maxsus komissiya qarori bilan pensionerlarning bank kartalaridan komission to‘lovlar undirilmaydi. Karantin davrida pensiyalar faqatgina kartalarga o‘tkazib beriladi.
Harbiy-vatanparvarlik yo‘nalishiga ixtisoslashtirilgan sinflarga 6-sinfni bitirgan o‘g‘il va qizlar tanlov asosida qabul qilinadi. Nomzodlar jismoniy tayyorgarlik sinovi va test imtihonlaridan o‘tadi.
O‘zbekistonda bir qator hujjatlarning amal qilish muddati avtomat ravishda 1 iyungacha uzaytirildi. Muddati o‘tib ketgani uchun hujjat egalariga nisbatan javobgarlik choralari qo‘llanilmaydi.
O‘zbekistonda xususiy tibbiyot muassasalariga koronavirusga pulli test o‘tkazishga ruxsat berildi.
Toshkentda avtomashinada harakatlanish huquqini beruvchi stikerlarni noqonuniy qo‘lga kiritgan MCHJ rahbarlariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Koronavirus infeksiyasi aniqlangan holatlar soni o‘zgarishsiz qoldi — 1565 nafar bemor. 19 aprel kuni esa bu ko‘rsatkich 75 nafarga ko‘paygan edi. O‘tgan kun davomida 11,8 mingta test o‘tkazildi.
Respublika perinatal markazi homilador ayollardan birida koronavirus aniqlanganidan keyin karantinga yopildi.
O‘zbekistonda 43 ta yangi koronavirus holati qayd etildi (umumiy — 1543 ta).
Buxoro va Toshkentda 20 kishi koronavirusdan sog‘ayib, jami tuzalganlar soni 214 nafarga yetdi.
O‘zbekistonda tasdiqlangan koronavirus holatlari soni 1495 tani tashkil etmoqda.
Koronavirus bemorlari soni 21 nafarga oshib, 1490 kishiga yetdi.
Koronavirus aniqlangan 77 yoshli bemor ayol bronxopnevmoniya va o‘tkir nafas yetishmovchiligidan vafot etdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting