O‘zbekistonda elektr energiyasidan xo‘jasizlarcha foydalanganlik uchun javobgarlik choralarini qayta ko‘rib chiqish rejalashtirilmoqda. Tadbirkorlar uchun jarimadan qarzdorligi hisobiga tarmoqdan uzish o‘rniga bo‘lib-bo‘lib to‘lash mexanizmini joriy etish taklif etilmoqda.
2024-yil O‘zbekistonda rasmiy inflyatsiya 9,8 foizni tashkil etdi, bu Markaziy bank kutilmalaridan yuqori. 1 yilda kartoshka deyarli 40 foiz, sabzi 18,3 foizga qimmatladi. Gaz tariflari o‘rtacha 2,3 baravar, elektr energiyasiniki esa qariyb 1,7 baravar, propan narxi 30,9 foizga, benzinniki 5,9 foizga oshdi.
Toshkent metropoliteni 2024-yil oxirida Rossiyada ishlab chiqarilgan uchta yangi tarkibni oldi. O‘tgan yili jami 11 ta to‘rt vagonli poyezd olib kelindi.
O‘zbekiston Turkmanistondan yuk mashinalarini olib kirish uchun yig‘imlarni 80−100 dollarga oshirdi. Yevropa Ittifoqi mamlakatlari va Ozarbayjon uchun yuk transportining bo‘lish vaqti bo‘yicha tabaqalashtirilgan tariflar joriy etildi. Eron uchun stavka nolga tenglashtirildi.
1-yanvardan Buxoro neftni qayta ishlash zavodida ishlab chiqariladigan barcha turdagi neft mahsulotlari, jumladan, benzin faqat birjada “erkin raqobat muhitida” sotiladi, deya ma’lum qildi “O‘zbekneftgaz”. Kompaniyaning ta’kidlashicha, aholini benzin bilan ta’minlash masalasi davlat nazoratiga olingan.
1-yanvardan O‘zbekistonda avvalroq xususiylashtirilgan eng yirik yonilg‘i quyish shoxobchalaridan bo‘lmish Carvon (UNG Petro) tarmog‘ida Ai-80 markali benzin 6900 so‘mdan 8150 so‘mgacha qimmatlashdi. Yillik hisobda narx deyarli 34 foizga oshdi.
O‘zbekistonda eksportchilarning transport xarajatlarini davlat budjetidan subsidiyalash amaliyoti bekor qilinmoqda. Ushbu chora JST talablariga javob berish uchun qabul qilindi. Bu maqsadlar uchun 2024-yilda 133,8 mlrd so‘m, 2023-yilda 509,9 mlrd so‘m mablag‘ ajratilgandi.
O‘zbekiston prezidenti farmoniga ko‘ra, o‘simlik yog‘i importida bojxona bojining nol stavkalari 2026-yil 1-yanvargacha amal qiladigan bo‘ldi. Shu bilan birga, parranda go‘shtini olib kirish bo‘yicha imtiyozlarning amal qilish muddatini uzaytirmaslikka qaror qilindi.
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Ozarbayjon magistral elektr tarmoqlari operatorlari “yashil” energiya koridori loyihasini amalga oshirish uchun qo‘shma korxona tashkil etdi.
2025-yil aprelidan O‘zbekistondagi barcha dorixonalar va klinikalar qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lashga o‘tadi. QQS hisobotlari soliq organlari tomonidan avtomatik shakllantirib boriladi.
Prezident farmoni bilan QQS va foyda solig‘i stavkalari 2028-yilgacha oshirilmaydi. Savdo-sanoat palatasi huzurida Tadbirkorlarga tashqi moliya bozorlariga chiqishga ko‘maklashish markazi tashkil etiladi.
Prezident Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jamoatchilik kengashi va ekspert guruhlari tarkibini tasdiqladi. 46 nafar tadbirkorlar orasida Zafar Hoshimov, Jahongir Ortiqxo‘jayev, Murod Nazarov, Click, Amirsoy ta’sischilari va boshqalar bor.
O‘zbekistonda 59 turdagi oziq-ovqat va boshqa tovarlar, jumladan, go‘sht, sut mahsulotlari, sabzavot va mevalarga import bojining nol stavkasi qo‘llanishi 2026-yil 1-yanvargacha uzaytirildi. Qaror ichki bozorda narxlar barqarorligini ta’minlashga qaratilgan.
Adliya vazirligida tergov qilish davomida aniqlangan kriptoaktivlarni olib qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bunda tergov harakatlari sohaga oid ko‘nikmalarga ega mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi.
MB ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yil davomida dollarning so‘mga nisbatan kursi qariyb 582 so‘mga (+4,71 foiz) mustahkamlandi. Milliy valyutaning devalvatsiya sur’ati 2023-yilga nisbatan pastroq bo‘ldi. Dollarning o‘rtacha yillik kursi prognozdan biroz yuqori shakllangan.
Eriell kompaniyasi xodimlari ish haqlari kechikayotgani bo‘yicha O‘zbekiston prezidentiga murojaat yo‘lladi. Ular avgust, sentabr, oktabr va noyabr oylari uchun maosh olmaganini aytmoqda.
420 mlrd so‘m hajmdagi tamaki mahsulotlarining yashirin aylanmasi muammosi asosan uning O‘zbekiston hududi orqali Qirg‘iziston va Tojikistonga tranziti bilan bog‘liq, dedi Bojxona qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari Otabek Ibragimov. U importni “oqartirish” uchun nimalar qilinganini aytdi.
Uch yil avval UzAuto Motors va UzAuto Motors Powertrain bosh direktori etib tayinlangan Bu Andersson faoliyatini yakunlamoqda. UzAuto Motors’ning ma’lum qilishicha, uning rahbarligida ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari oshgan — 2023-yilda 395 400 mashina konveyerdan chiqqan, bu avvalgi yildan 20% ko‘p.
Prezident 2024-yilgi davlat budjetiga vazirliklar xarajatlarini 9,98 trln so‘mga oshirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritishni tasdiqladi. Tashqi qarz bo‘yicha chegara 5 dan 7,3 mlrd dollargacha oshdi. Qo‘shimcha qarzlar ipoteka bozorini rivojlantirish va mudofaa qobiliyatini mustahkamlash uchun ishlatiladi.
O‘zbekiston va Misr 15 yil ichida hukumatlararo komissiyaning ilk yig‘ilishini Toshkentda o‘tkazdi. Tomonlar to‘siqlarni bartaraf etish orqali tovar ayirboshlash hajmini 500 mln dollarga (hozir qariyb $42 mln) yetkazishga, shuningdek, O‘zbekiston-Misr ishbilarmonlar kengashini tuzishga kelishib oldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting