Epidemiologik vaziyat yomonlashganligi sababli COVID-19 ga qarshi kurash tadbirlari uchun ajratiladigan mablag‘lar miqdori qayta ko‘rib chiqildi va ko‘zda tutilgan 3 trln so‘mdan 4,3 trln so‘mga yetkazildi. Qo‘shimcha mablag‘lar respublika budjetidan ajratib kelinmoqda.
Markaziy bank o‘tkazgan so‘rovnomada qariyb 70 foiz ishtirokchi daromadlarining asosiy manbai oylik ish xaqiga to‘g‘ri kelishini ta’kidladi. 28 foiz respondent jamg‘armalari 1 oygacha, 16 foizi 1−3 oyga yetishini ma’lum qilgan bo‘lsa, 42 foiz qatnashchi damg‘armalari mavjud emasligini bildirdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 2022 yildan 40 yoshdan oshgan barcha fuqarolar yiliga kamida bir marta manzilli skriningdan o‘tkazilishini ma’lum qildi. Yurak-qon tomir kasalliklar aniqlangan aholining yagona elektron reyestri yuritiladi. Tumanlardagi har bir mahallada «gipertoniya salomatlik maktablari»ni tashkil etiladi.
1 — 7 noyabr kunlari onlayn auksion orqali jami 9,4 mlrd so‘mlik 3663 ta avtoraqam sotildi. Shuningdek, birja savdolari orqali jami 1 trln 442,3 mlrd so‘mlik tovar resurslari sotilgan.
Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 12,91 so‘mga pasayib, 10 680,09 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari esa ko‘tarildi.
Buxoro viloyatida elektromobillarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda. Loyiha Koreyaning Songuo Mobility Innovation kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. Loyiha qiymati 1 mlrd 210 mln dollarga teng.
Shavkat Mirziyoyev inauguratsiya marosimidagi nutqida O‘zbekiston iqtisodiyotining rivojlanishi va barcha sohalarda Germaniya tajribasidan foydalanish bo‘yicha rejalar haqida gapirdi. «Nima uchun men Karl Marksni ko‘p o‘rganaman?.. Qanday inqirozlarga duch kelishidan qat’i nazar, ta’lim bor, bilim bor, ilm bor. Ilm natijasida, mana, Germaniyaning iqtisodiyoti inqirozda qanchalar tik turibdi», — deya ta’kidladi prezident.
«O‘zaviatsiya» agentligi Rossiyaning iFly Airlines aviakompaniyasining O‘zbekistonga parvozlariga vaqtinchalik taqiq qo‘ydi. Avvalroq kompaniya agentlikdan tegishli ruxsatnoma olmasdan turib aviachiptalarni sotgan.
Yil boshidan buyon O‘zbekistonda 4,5 trln so‘mlik (420 mln dollardan ortiq) 619 ta davlat aktivlari sotildi. 2022 yilda 32 ta yirik obyektni davlat ulushi bilan sotish, «O‘zsanoatqurilishbank»ni xususiylashtirish rejalashtirilmoqda.
Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 12,26 so‘mga pasayib, 10 693 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari esa ko‘tarildi.
«O‘zkomnazorat» qonunda belgilangan talabni bajardi, shunga qaramasdan, regulyator rahbari ishdan bo‘shatildi, qonunbuzarlar ro‘yxatidan esa barcha ijtimoiy tarmoqlar ham chiqarib tashlangani yo‘q. Misol uchun, «VKontakte», Twitter, WeChat, TikTok va Skype hanuz qora ro‘yxatda. «Kelishilmagan harakatlar» ortidan ijtimoiy tarmoqlarning bloklanishi va javobsiz qolayotgan savollar haqida mutaxassislar fikri.
Davlat staistika qo‘mitasiga ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistonga qiymati 104 mln dollarga teng bo‘lgan 289 mln litr avtomobil benzini import qilingan. Avtomobil benzini importi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 137 mln litrga oshgan.
9 oy ichida O‘zbekistonga 1,2 mln nafarga yaqin xorijiy sayyohlar tashrif buyurgan, 273 mln dollarlik turizm xizmatlari ko‘rsatilgan. Shuningdek, ushbu davrda turizm sohasidagi tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash uchun 6,5 mlrd so‘m miqdorida subsidiya ajratilgan.
2020 yil yakuniga ko‘ra, «O‘ztransgaz» tomonidan iste’molchilarga yetkazib berilayotgan 1000 kub metr tabiiy gazning qiymati gazning o‘rtacha narxidan 90 ming so‘mga qimmatroq bo‘ldi. Buning oqibatida 3,6 trln so‘mlik zarar vujudga kelgan. Shu munosabat bilan davlat budjetidan 1 trln so‘mlik subsidiya ajratilmoqda, deya tushuntirdi Energetika vazirligi.
Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 24,86 so‘mga ko‘tarilib, 10 705,26 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham ko‘tarildi.
«O‘zbekneftgaz» noyabr oyida London fond birjasiga 700 mln dollarlik qiymatdagi xalqaro obligatsiyalarni joylashtiradi. Undan tushgan mablag‘lar esa jamiyat ehtiyojlariga sarflanadi.
Davlat korxonalari davlat budjeti orqali o‘tmagan o‘z mablag‘lari hisobidan yo‘llarni ta’mirlash, ijtimoiy obyektlar qurish orqali «ijtimoiy yuk»ni o‘z zimmasiga olmoqda. Bu amaliyot mamlakatning real budjeti va xarajatlarini hisoblashga imkon bermaydi, deb yozadi iqtisodchi Behzod Hoshimov.
Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 14,66 so‘mga pasayib, 10 680,40 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ham pasaydi, rubl kursi esa ko‘tarildi.
Yevropa komissiyasi 2021−2024 yillarda O‘zbekistonga 83 mln yevro miqdorida maqsadli grantlar ajratish, shuningdek, Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish maqsadida «Team Europe» tashabbusi doirasida Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar bilan birgalikda moliyaviy va texnik hamkorlikni kengaytirishni rejalashtirmoqda.
YeTTB 2021 yilda O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti o‘sishi prognozini 5,6 foizdan 6,8 foizga oshirdi. Shu bilan birga, bank hisobotida COVID-19 tarqalishi bilan bog‘liq xavflar va boshqa omillar tufayli butun mintaqa uchun prognozlar noaniqligi haqida ham aytilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting