Iqtisodiyot

MB hukumatdan imtiyozli va direktiv kreditlar hajmini kamaytirishni so‘ramoqda
25 iyul 2022, 16:29

MB hukumatdan imtiyozli va direktiv kreditlar hajmini kamaytirishni so‘ramoqda

Jahondagi iqtisodiy va geosiyosiy vaziyat oqibatida qashshoqlik darajasi o‘sib borayotgani uchun imtiyozli kreditlarni bekor qilishni keyinga qoldirishga to‘g‘ri keldi, dedi MB raisi Mamarizo Nurmuratov. Shunga qaramasdan regulyator hukumatdan imtiyozli va direktiv kreditlar hajmini kamaytirishni so‘ramoqda.

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi
25 iyul 2022, 16:28

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi

AQSh dollarining so‘mga nisbatan rasmiy kursi 47,08 so‘mga qimmatlab, 10 967,06 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ham ko‘tarildi, rubl esa pasaydi.

«Humo va Uzcard integratsiyasi ma’lum qiyinchiliklar bilan ketyapti» — MB rahbari
25 iyul 2022, 15:57

«Humo va Uzcard integratsiyasi ma’lum qiyinchiliklar bilan ketyapti» — MB rahbari

Humo va Uzcard to‘lov tizimlari o‘zaro integratsiya asosida ishlamoqda, biroq jarayon ma’lum qiyinchiliklar bilan ketyapti, deya ta’kidladi MB rahbari Mamarizo Nurmuratov. Uning so‘zlariga ko‘ra, ayrim Uzcard shartlari Humo`ga tushmaydi.

Prezident 20-avgust kuni tadbirkorlar bilan muloqot qiladi
25 iyul 2022, 11:03

Prezident 20-avgust kuni tadbirkorlar bilan muloqot qiladi

20-avgust — Tadbirkorlar kunida prezident ishbilarmon doira vakillari bilan navbatdagi ochiq muloqotni o‘tkazadi. Taklif va savollar iyul oxiriga qadar qabul qilinadi.

UzAuto Motors Rossiya va Shveysariya banklari o‘rtasidagi mojaro sababchisiga aylanib qoldi
24 iyul 2022, 16:47

UzAuto Motors Rossiya va Shveysariya banklari o‘rtasidagi mojaro sababchisiga aylanib qoldi

UzAuto Motors kompaniyasiga berilgan kredit Rossiyaning Transkapitalbank (TKB) va Credit Suisse o‘rtasidagi sud jarayoniga sabab bo‘ldi. Sud Shveysariya bankining Rossiyadagi aktivlarini, jumladan 10 mln yevrodan ko‘proq mablag‘ini muzlatib qo‘ydi.

«Yevropa banklari naqd pulni O‘zbekiston banklariga xavotir bilan berishadi» — MB rahbari
23 iyul 2022, 08:29

«Yevropa banklari naqd pulni O‘zbekiston banklariga xavotir bilan berishadi» — MB rahbari

Mart oyidan Markaziy bank naqd xorijiy valyutani olib kirish va tijorat banklariga taqdim etishni boshladi. Ilgari chet el valyutasi asosan Rossiya banklaridan olib kelingan, biroq hozirda bu imkoniyat cheklangan va Yevropa banklari «naqd pul»ni «biroz xavotir va ehtiyotkorlik bilan» bermoqda, dedi MB rahbari.

5 foizlik inflyatsiya maqsadi 2024 yil oxiriga qoldirildi — Markaziy bank
22 iyul 2022, 18:29

5 foizlik inflyatsiya maqsadi 2024 yil oxiriga qoldirildi — Markaziy bank

Markaziy bank 2023 yildan 5 foizlik doimiy inflyatsiya maqsadiga erishishni 2024 yil oxiriga ko‘chirishga qaror qildi. MB rahbari Mamarizo Nurmuratov mazkur qarorni kelgusi yilda kutilayotgan yuqori inflyatsion risklar va noaniqliklar bilan izohladi.

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi
22 iyul 2022, 16:20

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi

AQSh dollarining so‘mga nisbatan rasmiy kursi 20,13 so‘mga qimmatlab, 10 919,98 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, rubl kursi ham ko‘tarildi, yevro esa pasaydi.

«Imtiyozli kreditlarni yo‘q qilish kerak». Jamshid Qo‘chqorov kreditlar talon-torojiga barham berish haqida
22 iyul 2022, 15:20

«Imtiyozli kreditlarni yo‘q qilish kerak». Jamshid Qo‘chqorov kreditlar talon-torojiga barham berish haqida

Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov kreditlar talon-toroj qilinishiga barham berish uchun imtiyozli kreditlarni yo‘q qilish va banklarni xususiylashtirish zarurligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, shundagina kredit ajratish tizimi tartibga tushadi, xususiy bank egalari esa vaziyatni o‘z nazoratiga oladi.

«O‘zMET» regulyatorga aylantiriladi, elektr energiyasi oldi-sotdisi uchun yangi kompaniya tashkil etiladi
22 iyul 2022, 14:04

«O‘zMET» regulyatorga aylantiriladi, elektr energiyasi oldi-sotdisi uchun yangi kompaniya tashkil etiladi

Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov «O‘zMET» AJ elektr energiyasi sohasida regulyatorga aylanishi, bozorda oldi-sotdi bilan shug‘ullanish uchun esa yangi PowerTrade (nomi rasman tasdiqlanmagan) kompaniyasi tuzilishini ma’lum qildi. Shu orqali davlat elektrni kafolatli sotib olishiga chek qo‘yiladi.

Samarqandda 5G tarmog‘i sinovdan o‘tkazilmoqda
22 iyul 2022, 10:19

Samarqandda 5G tarmog‘i sinovdan o‘tkazilmoqda

Samarqand turizm markazida 5G mobil aloqa tarmog‘i sinovdan o‘tkazilmoqda, deya ma’lum qildi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov.

200 ming so‘mlik banknotani inflyatsiyani to‘xtatish uchun chiqarganimiz yo‘q — Markaziy bank raisi
22 iyul 2022, 09:05

200 ming so‘mlik banknotani inflyatsiyani to‘xtatish uchun chiqarganimiz yo‘q — Markaziy bank raisi

Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov 200 ming so‘mlik banknota inflyatsiyani to‘xtatish yoki bankomatlar uchun emas, balki odamlarga qulaylik yaratish maqsadida oldinroq chiqarilganini ma’lum qildi. «Pul massasining ko‘payishi — iqtisodiyotda bo‘layotgan ijobiy o‘sish va o‘zgarishlarning mahsuli», — dedi u.

Markaziy bank O‘zbekistonning 2022 yil uchun YAIM prognozini yaxshiladi
21 iyul 2022, 18:38

Markaziy bank O‘zbekistonning 2022 yil uchun YAIM prognozini yaxshiladi

MB 2022 yilga mo‘ljallangan makroiqtisodiy prognozlarini qayta ko‘rib chiqdi — YAIM o‘sishi yiliga 5−5,5% darajasida kutilmoqda, aprel oyida prognoz 3,5−4,5%ni tashkil etdi. Inflyatsiya 12−14% koridorining quyi chegarasi yaqinida prognoz qilinmoqda. Regulyator asosiy stavkani pasaytirish qarorini tushuntirdi.

Amerika banklari 13 ta holatda O‘zbekistondagi kompaniyalar to‘lovlarini muzlatib qo‘ydi — MB
21 iyul 2022, 17:16

Amerika banklari 13 ta holatda O‘zbekistondagi kompaniyalar to‘lovlarini muzlatib qo‘ydi — MB

Amerika banklari 13 holatda O‘zbekistondagi kompaniyalarning to‘lovlarini muzlatib qo‘ydi yoki musodara qildi. Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari Botir Zaxidov qaysi hollarda kompaniyalarda tranzaksiyalar bilan muammolar yuzaga kelganini so‘zlab berdi.

O‘zini o‘zi band qilganlarning o‘rtacha daromadini aniqlash va shu asosda kredit ajratish rejalashtirilmoqda
21 iyul 2022, 16:29

O‘zini o‘zi band qilganlarning o‘rtacha daromadini aniqlash va shu asosda kredit ajratish rejalashtirilmoqda

MB raisi Mamarizo Nurmuratov o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarning o‘rtacha daromadini statistika yordamida aniqlash mezoni ishlab chiqilayotganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, shu orqali norasmiy daromad topayotgan shaxslarga kredit ajratish tizimini yo‘lga qo‘yish maqsad qilingan.

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket beshinchi bor pasaymoqda
21 iyul 2022, 16:27

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket beshinchi bor pasaymoqda

AQSh dollarining so‘mga nisbatan rasmiy kursi 8,15 so‘mga arzonlab, 10 899,85 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi va rubl kurslari ham pasaydi.

O‘zbekiston benzin va dizel eksportini chekladi
21 iyul 2022, 12:11

O‘zbekiston benzin va dizel eksportini chekladi

O‘zbekiston hukumati 15 iyuldan boshlab mamlakatda ishlab chiqarilgan benzin va dizel yoqilg‘isini eksport qilishga vaqtinchalik cheklov o‘rnatdi.

MB asosiy stavkani 15 foizga tushirdi
21 iyul 2022, 12:08

MB asosiy stavkani 15 foizga tushirdi

O‘zbekiston Markaziy banki asosiy stavkani 1 foizga pasaytirib, yillik 15 foizga tushirdi.

Oltin arzonlashayotganiga qaramasdan, O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari oshdi
20 iyul 2022, 20:08

Oltin arzonlashayotganiga qaramasdan, O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari oshdi

O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari iyun oyida qariyb 180 mln dollarga oshib, 35,58 mlrd dollarga yetdi. Zaxiralarning ko‘payishi oltin narxi pasayishi fonida sodir bo‘ldi.

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket to‘rtinchi bor pasaymoqda
20 iyul 2022, 16:27

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket to‘rtinchi bor pasaymoqda

AQSh dollarining so‘mga nisbatan rasmiy kursi 17,55 so‘mga arzonlab, 10 908,00 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ham pasaydi, rubl esa yana ko‘tarildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting