O‘zbekiston va Qozog‘iston energetika vazirlari hamda «Gazprom» rahbari Sankt-Peterburgda yig‘ilish o‘tkazib, gaz sohasida uch tomonlama hamkorlikni muhokama qildi.
2022 yilda O‘zbekiston banklari 14,4 trln so‘mlik (o‘sish 46,9 foiz) ipoteka kreditlari ajratdi. Davlat dasturi doirasida moliyalashtirish 75 foizga, banklar hisobidan esa 4,4 barobarga oshdi. Mablag‘larning katta qismi yangi uy-joy sotib olishga yo‘naltirilgan. Asosiy kreditlar Toshkentda berilgan.
Yanvarning birinchi yarmida davlat budjeti defitsitining 5,5 trln so‘mga yetishi sovuqdan jabr ko‘rgan 30 ming tadbirkorning soliq qarzdorligi o‘sishi hamda ish haqi, pensiya va nafaqalarning moliyalashtirilishi bilan izohlandi. Umuman olganda, yanvarda daromadlar oshdi, deya qayd etdi Iqtisodiyot va moliya vazirligi.
Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonga 150 mln dollar miqdoridagi yangi kredit ajratdi. Bu mablag‘ fiskal xavf va davlat qarzini boshqarishni kuchaytirish, shuningdek, aholini ijtimoiy himoya qilishni kengaytirish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish, audit tizimlari samaradorligini oshirishga qaratilgan.
Tijorat banklari 9 fevral kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 315 — 11 405 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa aksariyat banklarda 11 425 so‘m.
Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida o‘tkazgan yig‘ilishda aholi o‘z xonadonida quyosh panelini o‘rnatsa, ehtiyojidan ortiq energiyani tarmoqqa sotishni taklif qildi. Bunda aholi sotgan elektr energiyasining har bir kilovatti uchun ming so‘mdan beriladi.
O‘zbekiston Markaziy banki raisi o‘rinbosari Behzod Hamroyev may oyida elektr energiyasi va gaz narxlarining erkinlashtirilishi mumkinligini ma’lum qildi. Bu chora bir necha yildan beri kechiktirib kelinadi.
2022 yilda «O‘zkimyosanoat» va tarmoqdagi korxonalarda korrupsion harakatlar, mablag‘larning talon-toroj qilinishi va qo‘shib yozishlar hisobiga 28,3 mlrd so‘mlik zarar yetkazildi. 57 ta holatda manfaatlar to‘qnashuvi aniqlandi. Tizimdagi 28 kishi jinoiy javobgarlikka tortildi, 25 nafari esa ishdan olindi.
O‘zbekiston qarzni jalb qilish qimmatga tushishi sababli katta ehtimol bilan birinchi yarimyillikda yevroobligatsiyalar chiqarmaydi, dedi Markaziy bank rahbari o‘rinbosari Behzod Hamroyev. Unga ko‘ra, qarz olish narxining oshishi hukumatni ortiqcha xarajatlardan qaytaruvchi omil bo‘lishi mumkin.
Qorao‘zak tumanida 161 million dollarlik yangi 2 katta investitsiyaviy loyiha, jumladan 50 MVt kuchlanishga ega quyosh elektr stansiyasi va 110 MVt kuchlanishga ega shamol elektr stansiyasi quriladi. Natijada 200 fuqaroning doimiy ravishda bandligi ta’minlanadi.
Turkmanistondagi «Galkinish» konida yuz bergan avariya va O‘zbekistonga gaz yetkazib berishda kuzatilgan uzilishlar sabab «Turkmangaz» konsernida bir necha kishi hibsga olingani xabar qilindi. O‘zbekiston Energetika vazirligi uzilish uchun Turkmanistondan kompensatsiya talab qilingani haqidagi xabarni rad etdi.
Tijorat banklari 8 fevral kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 285 — 11 385 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa aksariyat banklarda 11 405 so‘m.
2023 yilda O‘zbekiston barcha iqtisodiy mexanizmlarni qo‘llagan holda inflyatsiya darajasini 10 foizdan pastga tushirishni rejalashtirmoqda. Prezident oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirish, ularni «daladan dasturxongacha» yetkazib berishdagi xarajatlarni qisqartirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
Yanvarda O‘zbekistonda ulgurji iste’molchilar tomonidan 85 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq 614 ta holat aniqlandi, deb xabar qildi Energetika vazirligi. Xususan, AGTKSlarda 20 ta holat qayd etilgan bo‘lib, ularda 76,8 mlrd so‘mlik gazdan foydalanilgan.
Yanvarning 8 kunida davlat budjeti xarajatlari daromaddan 2,3 baravar ortib, defitsit 5,5 trln so‘mga yetdi. Bu 2023 yil uchun defitsit kutilmasining beshdan bir qismidan ko‘proq degani (25,1 trln so‘m). Shundan so‘ng Iqtisodiyot va moliya vazirligi daromad va xarajatlar bo‘yicha ma’lumot berishni to‘xtatdi.
2023 yilgi davlat dasturi loyihasiga ko‘ra, 1 apreldan boshlab professional ta’lim muassasasi (kollej va texnikum) o‘qituvchilarining maoshi maktab o‘qituvchilariniki bilan tenglashtirilishi mumkin.
2023 yilgi davlat dasturi loyihasiga ko‘ra, 1 martdan tadbirkorlar ilk marta huquqbuzarlik sodir etayotgan bo‘lsa, ularga moliyaviy sanksiyalar qo‘llamaslik taklif qilinmoqda. Agar savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalari buzilsa, jinoiy javobgarlik ma’muriy yurisdiksiyaga o‘tib, bekor qilinishi mumkin.
Tijorat banklari 7 fevral kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 260 — 11 355 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa aksariyat banklarda 11 400 so‘m.
Jarqo‘rg‘on tumanida Germaniyaning Graess Energy Uzde kompaniyasi 600 MVt quvvatga ega fotoelektr stansiyasini qurishni rejalashtirmoqda.
O‘zbekistonning Madriddagi elchixonasida Ispaniya sayyohlik kompaniyalaridan biri bilan ikki davlat o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri va charter reyslarini yo‘lga qo‘yish muhokama qilindi. Bu bo‘yicha bir necha soha vakillari uchun infotur tashkillashtirish masalasini ham ko‘rib chiqildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting