Iqtisodiyot

Biznes uchun soliq ma’murchiligi soddalashtiriladi
29 iyun 2022, 09:23

Biznes uchun soliq ma’murchiligi soddalashtiriladi

1 iyuldan bo‘sh turgan ko‘chmas mulk obyektlariga nisbatan mol-mulk va yer soliqlarining oshirilgan stavkalari qo‘llanilmaydi, qolaversa, QQS ma’murchiligi ham soddalashtiriladi. 2023 yilning mart oyigacha «E-aktiv» ga ma’lumotlarni kiritish ixtiyoriy bo‘ladi.

Energetika vazirligi vakili: Energiya tizimida erkin bozor nima uchun kerak?
28 iyun 2022, 23:34

Energetika vazirligi vakili: Energiya tizimida erkin bozor nima uchun kerak?

Energetika vazirligi davlat kafolatlarini berishni qisqartirish hamda tavakkal qilib, elektr stansiyalarini quradigan xususiy investorlarni jalb qilish maqsadida energetika tizimida erkin bozor yaratmoqda, deya ma’lum qildi Energetika vazirligining loyiha boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari.

Dollar kursi o‘zining 2022 yildagi minimum qiymatigacha tushib ketdi
28 iyun 2022, 17:00

Dollar kursi o‘zining 2022 yildagi minimum qiymatigacha tushib ketdi

AQSh dollarining so‘mga nisbatan rasmiy kursi 22,97 so‘mga arzonlab, 10 800,55 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ham pasaydi, rubl esa ko‘tarildi.

O‘zbekiston 5 oy ichida Rossiyadan $2,3 mlrdlik mahsulot import qildi
28 iyun 2022, 14:59

O‘zbekiston 5 oy ichida Rossiyadan $2,3 mlrdlik mahsulot import qildi

O‘zbekiston yil boshidan beri Xitoyga $1 mlrddan ortiq qiymatdagi tovarlarni eksport qildi, keyingi o‘rinlarni Rossiya ($939,4 mln) va Turkiya ($741,4 mln) egalladi. Import ko‘rsatkichida ham Xitoy ($2,7 mlrd) va Rossiya ($2,3 mlrd) mamlakatning eng samarali hamkorlari qatorida qoldi.

«Sovkombank» sanksiyalar tufayli «O‘zagroeksportbank»ni sotib olish bo‘yicha bitimni bekor qildi
28 iyun 2022, 12:16

«Sovkombank» sanksiyalar tufayli «O‘zagroeksportbank»ni sotib olish bo‘yicha bitimni bekor qildi

Rossiyaning «Sovkombank» i O‘zbekistondan «O‘zagroeksportbank» ni sotib olish bo‘yicha bitimni bekor qildi. Bunga sabab — sanksiyalar.

Pensiyani hisob-kitob qilish uchun o‘rtacha ish haqining maksimal miqdori oshirilishi kutilmoqda
28 iyun 2022, 10:00

Pensiyani hisob-kitob qilish uchun o‘rtacha ish haqining maksimal miqdori oshirilishi kutilmoqda

O‘zbekistonda pensiyani hisoblash miqdorini oshirish taklif etilmoqda. Unga ko‘ra, hozirgacha 3,7 mln so‘m oylik olgan fuqaroga pensiya tayinlashda inobatga olingan 3,2 mln so‘mni — 3,8 mln so‘mgacha oshirish rejalashtirilgan. «Bu pensiya miqdori sezilarli oshishini ta’minlaydi», — deb hisoblaydi Pensiya jamg‘armasi.

2026 yilgacha gaz eksporti to‘xtatilishi mumkin — «O‘ztransgaz» rahbari
27 iyun 2022, 19:43

2026 yilgacha gaz eksporti to‘xtatilishi mumkin — «O‘ztransgaz» rahbari

O‘zbekiston 2025−2026 yillarga borib gaz eksportini butunlay to‘xtatishi mumkin, deya ma’lum qildi «O‘ztransgaz» rahbari Behzot Normatov. Hozir O‘zbekistonda qazib olinayotgan gazning qariyb 10 foizi Xitoyga eksport qilinmoqda.

Dollarning rasmiy kursi pasaydi
27 iyun 2022, 16:35

Dollarning rasmiy kursi pasaydi

AQSh dollarining so‘mga nisbatan rasmiy kursi 16,38 so‘mga arzonlab, 10 823,52 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari esa biroz ko‘tarildi.

Ijtimoiy infratuzilmaning energiya samaradorligini oshirishga $143 mln sarmoya kiritiladi
27 iyun 2022, 12:22

Ijtimoiy infratuzilmaning energiya samaradorligini oshirishga $143 mln sarmoya kiritiladi

O‘zbekistonda Jahon bankining 143 mln dollarlik «Binolar uchun toza energiya» loyihasi amalga oshiriladi. Imtiyozli kredit mablag‘lari hisobidan 800 dan ortiq ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalari binolari modernizatsiya qilinadi.

Tadbirkorlarning huquqlarini buzganlik bo‘yicha mingdan ortiq holat aniqlandi
25 iyun 2022, 17:37

Tadbirkorlarning huquqlarini buzganlik bo‘yicha mingdan ortiq holat aniqlandi

Biznes ombudsman o‘rganishlari natijasida Qurilish vazirligi tizimida 1326 ta holatda tadbirkorlarning huquqlari buzilgani ma’lum bo‘ldi. Kamchiliklar uchun vazirlik va uning hududiy bosh boshqarmalarining 143 nafar xodimiga nisbatan bayonnoma tuzildi.

Kriptovalyutalar bazmi tugadimi?
24 iyun 2022, 21:14

Kriptovalyutalar bazmi tugadimi?

Kriptovalyutalar kurslari keskin pasaya boshlagach, “kriptovalyutalar davrining tugagani”, ularning qaytib tiklana olmasligi haqida mish-mishlar tarqaldi. Ammo rostan ham shundaymi? “Gazeta.uz” ushbu maqolada kriptovalyutalar istiqbolini ko‘rib chiqadi.

Tashqi qarz yillar davomida birinchi marta kamaydi. Sabablar
24 iyun 2022, 18:33

Tashqi qarz yillar davomida birinchi marta kamaydi. Sabablar

O‘zbekiston tashqi qarzi 2013 yildan buyon ilk bor kamaydi. MB buni jahondagi geosiyosiy vaziyat ta’sirida davlat va xususiy sektor tomonidan yangi qarz jalb qilish sekinlashgani va asosiy qarz bo‘yicha to‘lovlarning amalga oshirilishi tashqi qarz qoldig‘ida aks etgani bilan izohladi.

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi
24 iyun 2022, 16:38

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi

AQSh dollarining so‘mga nisbatan rasmiy kursi 9,73 so‘mga qimmatlab, 10 839,90 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ham ko‘tarildi, rubl esa pasaydi

Namanganda 13 mlrd so‘mlik subsidiya va imtiyozli kredit evaziga qurilgan issiqxonalar ishlamayotgani aniqlandi
24 iyun 2022, 11:51

Namanganda 13 mlrd so‘mlik subsidiya va imtiyozli kredit evaziga qurilgan issiqxonalar ishlamayotgani aniqlandi

2020 yil Chortoq tumanida adirlikda tashkil etilgan 1000 ta issiqxonaning 95 foizi yaroqsiz holda ekani aniqlandi. 6,7 mlrd so‘m subsidiya va 6,3 mlrd so‘m imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilgan issiqxona tumandagi 1000 ta kambag‘al oila a’zolarini ish bilan ta’minlashi kerak edi.

Namangan, Andijon va Surxondaryoda muammoli kreditlar ulushi yuqori — Hisob palatasi
24 iyun 2022, 10:17

Namangan, Andijon va Surxondaryoda muammoli kreditlar ulushi yuqori — Hisob palatasi

Hisob palatasi Namangan, Andijon va Surxondaryoda muammoli kreditlar ulushi yuqoriligicha qolayotganini ma’lum qildi. Jumladan, ushbu hududlardagi jami 149,4 mlrd so‘m muammoli kredit undirilmagan. 69% muammoli kredit «umidsiz» deb tasniflanib, balansdan chiqarilgan va bank zaxira mablag‘idan qoplangan.

XVJ iyun oxirigacha davlat xizmatchilarining daromadlari deklaratsiyasi to‘g‘risidagi qonun tasdiqlanishini kutmoqda, ammo bu dargumon
23 iyun 2022, 21:19

XVJ iyun oxirigacha davlat xizmatchilarining daromadlari deklaratsiyasi to‘g‘risidagi qonun tasdiqlanishini kutmoqda, ammo bu dargumon

O‘zbekistonda davlat xizmatchilarining daromadlari va mol-mulkini deklaratsiyalash to‘g‘risidagi qonun iyun oxirigacha tasdiqlanishi rejalashtirilgan. Prezident farmonida tizimni 2022 yil 1 yanvardan joriy etish ko‘rsatmasi berilgan edi.

Termez Cargo Center`ga xalqaro xab maqomi berildi
23 iyun 2022, 13:05

Termez Cargo Center`ga xalqaro xab maqomi berildi

Prezident qarori bilan Termez Cargo Center`ga gumanitar yordam ko‘rsatish bo‘yicha xalqaro ko‘p funksiyali transport-logistika xabi maqomi berildi. Markazda endi barcha xizmatlar «bir darcha» tamoyili asosida ko‘rsatiladi, gumanitar yordamlar esa bojxona ko‘rigidan soddalashtirilgan tartibda o‘tkaziladi.

«Kvars» kompaniyasidagi davlat ulushi sotuvga qo‘yildi
23 iyun 2022, 10:26

«Kvars» kompaniyasidagi davlat ulushi sotuvga qo‘yildi

UzAssets investitsiya kompaniyasi «Kvars» AJdagi 89,78 foiz aksiyalar paketini sotuvga qo‘ydi. Shisha qadoqlari, listlar va bankalar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan korxonaning daromadi o‘tgan yili 423 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

O‘zbekiston besh oyda 615,6 ming tonna meva va sabzavot eksport qildi
22 iyun 2022, 19:14

O‘zbekiston besh oyda 615,6 ming tonna meva va sabzavot eksport qildi

Yanvar-may oylarida qiymati 335 mln dollarlik 615,6 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilindi. Bu o‘tgan yilning mos davri bilan qaraganda 44 ming tonnaga ko‘p demakdir. O‘z navbatida, ichki bozorda sabzavotlar narxi oshdi.

Rubl kursi ilk bor 200 so‘mdan oshdi
22 iyun 2022, 17:46

Rubl kursi ilk bor 200 so‘mdan oshdi

AQSh dollarining so‘mga nisbatan rasmiy kursi 48,91 so‘mga arzonlab, 10 847,08 so‘m etib belgilandi. Yevro kursi ham pasaydi, rubl esa qimmatlab, ilk bor 200 so‘mdan oshdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting