Iqtisodiyot

Mart oyida inflyatsiya yillik nisbatda 10,5 foizni tashkil qildi
1 aprel 2022, 17:19

Mart oyida inflyatsiya yillik nisbatda 10,5 foizni tashkil qildi

2022 yilning mart oyida inflyatsiya ko‘rsatkichi 1,5 foizni, yillik nisbatda (2021 yilning mart oyiga nisbtan) 10,5 foizga yetdi. Oy davomida shakar narxi 12,8 foizga ko‘tarilgan. Shuningdek, mart oyida un narxi 2 foiz, sut 2,5 foiz, kungaboqar yog‘i 3,1 foiz, paxta yog‘i narxi 2,1 foizga oshgan bo‘lsa, tuxum narxi — 0,9 foizga pasaygan.

Dollarning rasmiy kursi to‘rt kunlik pasayishdan so‘ng ko‘tarildi
1 aprel 2022, 17:11

Dollarning rasmiy kursi to‘rt kunlik pasayishdan so‘ng ko‘tarildi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 9,59 so‘mga ko‘tarilib, 11 404,61 so‘mni tashkil qildi. Yevro va rubl kurslari esa pasaydi.

YeTTB: Ukrainadagi urush tufayli O‘zbekistonda YAIM o‘sish sur’atining pasayishi kutilmoqda
1 aprel 2022, 10:03

YeTTB: Ukrainadagi urush tufayli O‘zbekistonda YAIM o‘sish sur’atining pasayishi kutilmoqda

YeTTB Ukrainadagi urush Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiyotiga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatishini prognoz qilmoqda. Bankning mintaqa mamlakatlari bo‘yicha qayta ko‘rib chiqilgan prognozlariga ko‘ra, 2022 yilda O‘zbekiston YAIM 6 foizga emas, 4 foizga o‘sishi kutilmoqda. Rossiya iqtisodiyotida yuzaga keladigan turg‘unlikning mintaqa mamlakatlari iqtisodiyotiga ta’siri 2023 yilda ham saqlanib qoladi.

Davlat organlariga yil yakunigacha avtomobil, mebel va ofis anjomlari xarid qilish taqiqlandi
31 mart 2022, 18:56

Davlat organlariga yil yakunigacha avtomobil, mebel va ofis anjomlari xarid qilish taqiqlandi

Prezident budjet xarajatlarini 10 trln so‘mga qisqartirish zarurligini ta’kidladi. Shunga ko‘ra, yil yakuniga qadar barcha hokimlik, vazirlik va idoralarga bino ta’mirlash, avtomobil, mebel, ofis anjomlari xarid qilish taqiqlandi. Qolaversa, ular moliyaviy manbasi aniq bo‘lmagan qurilishlarni boshlamasligi kerak.

Shavkat Mirziyoyev — O‘zbekiston iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlash va tashqi xatarlarni yumshatish haqida
31 mart 2022, 18:32

Shavkat Mirziyoyev — O‘zbekiston iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlash va tashqi xatarlarni yumshatish haqida

Prezident jahondagi nobarqaror vaziyatda O‘zbekiston iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlash va tashqi xatarlarni yumshatish bo‘yicha topshiriqlar berdi. Jumladan, ayrim oziq-ovqat mahsulotlari importiga aksiz solig‘i va bojxona bojlari qayta ko‘rib chiqiladi, tadbirkorlarga 10 trln so‘m «revolver» kreditlar beriladi. Yil yakunigacha Rossiya, Ukraina va Belarus bilan ishlayotganlarning debitor qarzdorligi uchun jarima va penya qo‘llanilmaydi.

OIIB O‘zbekistonga «Buxoro-Xiva» temir yo‘lini elektrlashtirish uchun 108 mln dollar ajratadi
31 mart 2022, 18:10

OIIB O‘zbekistonga «Buxoro-Xiva» temir yo‘lini elektrlashtirish uchun 108 mln dollar ajratadi

Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki O‘zbekiston bilan «Buxoro — Miskin — Urganch — Xiva» temir yo‘l liniyasini elektrlashtirishga qaratilgan 108 mln dollarlik kredit shartnomasini imzoladi.

O‘zbekiston 2 oyda 228 ta elektromobil import qildi
31 mart 2022, 13:02

O‘zbekiston 2 oyda 228 ta elektromobil import qildi

O‘zbekiston yanvar-fevral oylarida qiymati 5,9 mln dollarlik 228 ta elektromobil import qildi. Ularning 95 foizga yaqini Xitoydan keltirilgan. 2021 yilning mos davriga nisbatan 150 taga ko‘proq elektromobil olib kelingan.

O‘zbekiston va FTA sanitariya va chorvachilik loyihalari bo‘yicha ikkita shartnomani imzoladi
31 mart 2022, 11:32

O‘zbekiston va FTA sanitariya va chorvachilik loyihalari bo‘yicha ikkita shartnomani imzoladi

O‘zbekiston hukumati va Fransiya taraqqiyot agentligi o‘rtasida Navoiy va Qashqadaryoda suv ta’minoti infratuzilmasini rivojlantirish hamda chorvachilik tarmog‘iga iqlimiy investitsiyalarni moliyalashtirish bo‘yicha qo‘shma ishlarni amalga oshirishga qaratilgan ikkita bitim imzolandi.

Italiyada Alisher Usmonovning mol-mulki musodara qilindi
30 mart 2022, 23:22

Italiyada Alisher Usmonovning mol-mulki musodara qilindi

Italiyaning Sardiniya orolida rossiyalik oligarx Alisher Usmonovning mol-mulklari musodara qilindi. Jumladan, tadbirkor 17 mln yevrolik villasi va 66 mln yevrolik aktivlari bo‘lgan oltita kompaniyasidan ayrilgan. Shunindek, pulemyot va qo‘l granatalari hujumlariga bardoshli qiymati 600 ming dollardan ziyod Mercedes Maybach S650 Guard VR10 avtomobili ham olib qo‘yilgani aytilmoqda.

Rubl kursi nega ko‘tarilmoqda — iqtisodchilar fikri
30 mart 2022, 17:37 2

Rubl kursi nega ko‘tarilmoqda — iqtisodchilar fikri

30-mart kunidan amal qiluvchi kurslarga ko‘ra, 25-fevraldan boshlab hisoblaganda rublning eng ko‘p mustahkamlanish holati kuzatildi. Iqtisodchi Otabek Bakirov rubl kursining mustahkamlanishi sabablarini keltirib o‘tdi. Rus iqtisodchisi Dmitriy Polevoyning fikriga ko‘ra, rubl kursi oldingi 70+ [bir dollar uchun rubl] darajasiga qaytishi mumkin. “Buning uchun hech qanday texnik to‘siqlar yo‘q”, — dedi u.

Rublning rasmiy kursi ko‘tarilishda davom etmoqda
30 mart 2022, 17:15

Rublning rasmiy kursi ko‘tarilishda davom etmoqda

Rublning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 7,51 so‘mga ko‘tarilib, 136,08 so‘mni tashkil qildi. Shuningdek, yevro kursi ham yana ko‘tarildi. Dollar kursi esa 11 400,21 so‘mgacha arzonladi.

Uzcard kontaktsiz to‘lov kartalarini taqdim etdi, ular 5 daqiqada chiqarib beriladi
30 mart 2022, 14:40

Uzcard kontaktsiz to‘lov kartalarini taqdim etdi, ular 5 daqiqada chiqarib beriladi

Uzcard NFC texnologiyasi bo‘yicha kontaktsiz to‘lovni qo‘llab-quvvatlovchi yangi turdagi kartani taqdim etdi. Kompaniya ma’lum qilishicha, mijoz bankka murojaat qilgan vaqtdan mazkur kartani faollashtirishga qadar bo‘lgan muddat 5 daqiqani tashkil etadi. Ushbu kartalarning raqami ham odatdagidek 8600 dan emas, balki 5614 dan boshlanadi.

Sirdaryoda $7,7 mlnlik kriptovalyuta ishlab chiqargan noqonuniy mayning ferma faoliyatiga chek qo‘yildi
30 mart 2022, 11:46

Sirdaryoda $7,7 mlnlik kriptovalyuta ishlab chiqargan noqonuniy mayning ferma faoliyatiga chek qo‘yildi

DXX Boyovut tumanida xorijiy korxona va mahalliy MJCH birgalikda quyon yetishtirish niqobi ostida noqonuniy mayning ferma tashkil etganini aniqladi. Buning oqibatida fermada 2020 yilning avgustidan beri 7,7 mln dollarga teng kriptovalyuta ishlab chiqarilgani, qolaversa, katta hajmdagi elektr energiyasi uchun past narxda to‘lov qilish orqali davlat manfaatiga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazilgani aytilmoqda.

Toshkent viloyatida yangi IES ishga tushirildi, Sirdaryoda esa yana bir IES qurilishi boshlandi
30 mart 2022, 10:11

Toshkent viloyatida yangi IES ishga tushirildi, Sirdaryoda esa yana bir IES qurilishi boshlandi

Turkiyaning Cengiz Enerji kompaniyasi Toshkent viloyatida yangi issiqlik elektr stansiyasini ishga tushirdi hamda Sirdaryo viloyatida yana bir IES qurilishini boshladi. Turkiya va O‘zbekiston prezidentlari ramziy tugmani bosib, Qibray tumanidagi IESni ishga tushirdi va Xovos tumanidagi IES qurilishini boshlab berdilar.

MB rahbari o‘rinbosari — tashqi risklar va shoklar O‘zbekiston iqtisodiyotiga qanday ta’sir qilishi haqida
30 mart 2022, 02:42

MB rahbari o‘rinbosari — tashqi risklar va shoklar O‘zbekiston iqtisodiyotiga qanday ta’sir qilishi haqida

Markaziy bank rahbari o‘rinbosari Behzod Hamrayev dunyoda ro‘y berayotgan so‘nggi voqealar O‘zbekiston iqtisodiyotiga uchta kanal: valyuta kursi, inflyatsiya va moliyaviy barqarorlik orqali salbiy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidladi. U valyuta kursi va narxlarni barqarorlashtirish maqsadida regulyator qanday chora-tadbirlar ko‘rayotgani xususida ma’lumot berdi. Bundan tashqari, Markaziy bank YAIM o‘sishi, inflyatsiya va investitsiyalar oqimi bo‘yicha prognozlarini qayta ko‘rib chiqishni rejalashtirmoqda.

Sirdaryoda quvvati 1,6 GVt bo‘lgan IES qurish bo‘yicha kelishuv imzolandi
29 mart 2022, 18:16

Sirdaryoda quvvati 1,6 GVt bo‘lgan IES qurish bo‘yicha kelishuv imzolandi

O‘zbekiston EDF, Nebras Power, Sojitz Corporation va Kyuden International konsorsiumi bilan Sirdaryo viloyatida 1,6 GVt quvvatga ega issiqlik elektr stansiyasini qurish bo‘yicha davlat-xususiy sheriklik shartnomasini imzoladi.

Markaziy bank iqtisodiyotga qarz yukining o‘sganligini ma’lum qildi
29 mart 2022, 17:26

Markaziy bank iqtisodiyotga qarz yukining o‘sganligini ma’lum qildi

Markaziy bank tahlillari qarz yuki bo‘yicha O‘zbekiston moliya tizimiga ta’sir ko‘rsatishi va tizimli moliyaviy zaifliklarga olib kelishi mumkin bo‘lgan bir qator xatarlar mavjudligini ko‘rsatdi. Ular bir qarz oluvchiga to‘g‘ri keladigan kredit shartnomalari sonining ortishi, tovar va xizmatlarni muddatli to‘lov asosida xarid qilish, muammoli kreditlar va boshqa omillar bilan bog‘liq.

Dollarning rasmiy kursi yana pasaydi
29 mart 2022, 16:40

Dollarning rasmiy kursi yana pasaydi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 31,63 so‘mga pasayib, 11 442,67 so‘mni tashkil etdi. Yevro va rubl kurslari esa ko‘tarildi.

YeTTB O‘zbekistonga chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish uchun ikkita kredit ajratadi
29 mart 2022, 16:25

YeTTB O‘zbekistonga chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish uchun ikkita kredit ajratadi

YeTTB Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida yangi sanitariya poligonlarini qurish hamda qattiq maishiy chiqindilarni yig‘adigan maxsus uskunalar xarid qilish uchun umumiy qiymati 120 mln dollar miqdorida kredit ajratmoqda.

O‘zbekistonning tashqi qarzi $40 milliardga yaqinlashdi
29 mart 2022, 15:06 1

O‘zbekistonning tashqi qarzi $40 milliardga yaqinlashdi

O‘zbekistonning tashqi qarzi hajmi 2021 yilda 16% ga oshib, 40 mlrd dollarga yaqinlashdi. Bu YAIMning 57 foizini tashkil etadi. Xususan, 2021 yilda davlat tashqi qarzi 11% ga oshib, 23,7 mlrd dollarga yetgan. Xususiy tashqi qarz 2021 yilning boshiga nisbatan 24 foizga o‘sib, 15,8 mlrd dollarni tashkil etgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting