Iqtisodiyot

“O‘zbekneftgaz” 1-noyabrdan AI-80 benzini narxi oshishi haqidagi xabarlarni rad etdi
19 oktabr 2023, 18:30

“O‘zbekneftgaz” 1-noyabrdan AI-80 benzini narxi oshishi haqidagi xabarlarni rad etdi

“O‘zbekneftgaz” kompaniyasi ijtimoiy tarmoqlarda 1-noyabrdan O‘zbekistonda Ai-80 benzini narxi oshishi haqidagi xabarlarni rad etdi. Ai-80 benzinini aksiz solig‘idan ozod qilish muddati 2023-yil 31-dekabrda yakuniga yetadi.

Toshkent viloyatida xitoy kompaniyasi hamkorligida quvvati 600 MVt bo‘lgan GTES quriladi
19 oktabr 2023, 13:53

Toshkent viloyatida xitoy kompaniyasi hamkorligida quvvati 600 MVt bo‘lgan GTES quriladi

“Bir makon, bir yo‘l” uchinchi xalqaro forumi doirasida “O‘zbekgidroenergo” va China Southern Power Grid International kompaniyasi o‘rtasida Bo‘stonliq tumanida quvvati 600 MVtga teng “Yuqori Pskem” gidro to‘plash elektr stansiyasi qurish bo‘yicha shartnoma imzolandi.

Uzbekistan Airports`ning Silk Avia`dagi ulushi Uzbekistan Helicopters kompaniyasiga o‘tkaziladi
19 oktabr 2023, 10:13

Uzbekistan Airports`ning Silk Avia`dagi ulushi Uzbekistan Helicopters kompaniyasiga o‘tkaziladi

Prezident Uzbekistan Airports aksiyadorlik jamiyati tomonidan tashkil etilgan Silk Avia mintaqaviy aviakompaniyasining ustav kapitalidagi 100 foiz ulushini Uzbekistan Airways tarkibiga kiruvchi Uzbekistan Helicopters ustav kapitaliga o‘tkazish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

FeedUp fastfud tarmog‘i Akfa Group tarkibiga kirdi
18 oktabr 2023, 16:02

FeedUp fastfud tarmog‘i Akfa Group tarkibiga kirdi

Akfa Group FeedUp fastfud tarmog‘ining 50 foiz ulushini sotib oldi. Akfa Group`ning, shuningdek, KFC Uzbekistan`da ham ulushi bor.

Prezident Xitoyning qator kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashdi
18 oktabr 2023, 15:28

Prezident Xitoyning qator kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashdi

Xitoyning CAMCE kompaniyasi O‘zbekistondagi loyihalar portfelini gidrotexnik inshootlar qurish bilan kengaytirmoqchi. China Energy infratuzilmani modernizatsiya qilishda qatnashishi, State Grid esa yuqori voltli elektr uzatish liniyalarini qurishi mumkin. Mirziyoyev ushbu kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashdi.

O‘zbekistonda 2026-yil oxiridan hashamatli sayyohlik poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
18 oktabr 2023, 14:36

O‘zbekistonda 2026-yil oxiridan hashamatli sayyohlik poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Italiyaning Arsenale kompaniyasi 66 nafar yo‘lovchiga mo‘ljallangan sayyohlik poyezdini ishlab chiqadi va quradi. U 2026-yil oxiridan boshlab Toshkent−Samarqand−Buxoro−Xiva yo‘nalishida harakatlana boshlaydi.

Humo bilan terminallar orqali to‘lov qilishda muammolar kuzatilmoqda
17 oktabr 2023, 15:57

Humo bilan terminallar orqali to‘lov qilishda muammolar kuzatilmoqda

Humo terminallar orqali to‘lovlarni amalga oshirishda qiyinchiliklar kuzatilayotganini tasdiqladi. Humo mobil ilovasi va bankomatlari odatdagi rejimda ishlamoqda.

Xitoyning Amer International kompaniyasi O‘zbekistonda mintaqaviy ofisini ochmoqchi
17 oktabr 2023, 14:50

Xitoyning Amer International kompaniyasi O‘zbekistonda mintaqaviy ofisini ochmoqchi

Xitoyning Amer International industrial-sanoat xoldingi O‘zbekistonda mintaqaviy ofisini ochishi mumkin. Shavkat Mirziyoyev kompaniya raisi bilan uchrashuvda misni qayta ishlash, elektrotexnika, elektromobillar uchun akkumulyator batareyalari va yarimo‘tkazgichlar ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlikni muhokama qildi.

Andijon viloyatida 12 mln dollarlik yopiq muz kurorti qurilishi rejalashtirilmoqda
17 oktabr 2023, 10:54

Andijon viloyatida 12 mln dollarlik yopiq muz kurorti qurilishi rejalashtirilmoqda

Andijon viloyati hokimligi va xitoylik investorlar o‘rtasida Xonobodda 12 mln dollarlik yil davomida ishlaydigan yopiq muz kurortini qurish loyihasi muhokama qilindi.

“O‘ztemiryo‘lkonteyner”ning davlat ulushini xususiylashtirish to‘xtatildi
17 oktabr 2023, 09:26

“O‘ztemiryo‘lkonteyner”ning davlat ulushini xususiylashtirish to‘xtatildi

Davaktiv agentligi “O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJning davlat ulushini xususiylashtirish jarayonini to‘xtatdi. Chunki korxona “O‘zbekiston temir yo‘llari”ni isloh qilish doirasida “Temiryo‘lkargo”ga aylantirilmoqda.

O‘zbekistonda yo‘l qurilishiga xususiy sektor jalb qilinadi
16 oktabr 2023, 11:54

O‘zbekistonda yo‘l qurilishiga xususiy sektor jalb qilinadi

Prezident qarori bilan 1-yanvardan yo‘l qurilishiga sinov tariqasida xususiy sektor jalb qilinadi. Bundan tashqari, issiq kunlarda yuk mashina va avtopoyezdlarga yo‘llarda harakatlanishiga cheklovlar kiritiladi.

O‘zbekistonda dori vositalarini kafolatli xarid qilish muddati 10 yilgacha uzaytiriladi
14 oktabr 2023, 16:32

O‘zbekistonda dori vositalarini kafolatli xarid qilish muddati 10 yilgacha uzaytiriladi

Prezident mahalliylashtirishga mo‘ljallangan farmatsevtika mahsulotlarini davlat budjeti mablag‘lari hisobidan kafolatli xarid qilish muddatini 3 yildan 10 yilgacha oshirdi. Ushbu mexanizm mahalliy dori vositalarining chiqarilishini rag‘batlantirishga qaratilgan.

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari yana 1,65 mlrd dollarga, yil boshidan esa 4,73 mlrd dollarga kamaydi
14 oktabr 2023, 13:23

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari yana 1,65 mlrd dollarga, yil boshidan esa 4,73 mlrd dollarga kamaydi

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari ketma-ket oltinchi oyda kamayib, 2020-yil aprelidan beri eng past ko‘rsatkichga — 31,04 milliard dollarga yetdi. sentabr oyida zaxiralar 1,65 milliard dollarga kamaydi, yil boshidan esa mamlakatning “moliyaviy xavfsizlik yostig‘i” 4,7 milliard dollarga kamaydi.

Captiva 5 narxlari e’lon qilindi
14 oktabr 2023, 10:19

Captiva 5 narxlari e’lon qilindi

UzAuto Motors Chevrolet Captiva 5 avtomobili narxlarini e’lon qildi. Avtomobil LT1 , LT 2, va Premier komplektatsiyalarida taqdim etiladi.

O‘zbekiston prezidenti GESlarda ishlab chiqariladigan elektr energiyasi tariflarini qayta ko‘rib chiqishni topshirdi
13 oktabr 2023, 18:48

O‘zbekiston prezidenti GESlarda ishlab chiqariladigan elektr energiyasi tariflarini qayta ko‘rib chiqishni topshirdi

O‘zbekiston prezidenti “O‘zbekgidroenergo” GESlarida ishlab chiqarilgan elektr energiyasi uchun 2022-yildan boshlab amalda bo‘lgan tariflarni qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha topshiriq berdi. Tariflar ushbu kompaniyaning investitsiya dasturlarini moliyalashtirish uchun yetarli darajada bo‘lishi kerak.

Farg‘onada 431,7 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan fuqaro aniqlandi
13 oktabr 2023, 17:28

Farg‘onada 431,7 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan fuqaro aniqlandi

Marg‘ilon shahrida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib, hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga 431,7 mln so‘mdan ortiq zarar yetkazgan fuqaro aniqlandi.

“O‘zenergoinspeksiya” 9,15 mln litr sifatsiz benzin sotilishining oldini oldi
13 oktabr 2023, 15:45

“O‘zenergoinspeksiya” 9,15 mln litr sifatsiz benzin sotilishining oldini oldi

To‘qqiz oy davomida “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan O‘zbekistondagi xususiy yonilg‘i quyish shoxobchalarida o‘tkazilgan tekshiruvlar davomida 9,15 mln litr sifatsiz benzin sotilishining oldi olindi.

O‘zbekiston va Jahon banki karbonat angidrid emissiyasini kamaytirish loyihasini imzoladi
13 oktabr 2023, 15:10

O‘zbekiston va Jahon banki karbonat angidrid emissiyasini kamaytirish loyihasini imzoladi

O‘zbekiston va Jahon banki o‘rtasida 2027-yilga qadar karbonat angidrid emissiyasini 60 mln tonnaga kamaytiruvchi va energiya tariflarini liberallashtirishga yordam beradigan loyiha bo‘yicha kelishuv imzolandi. Mablag‘larning bir qismi kam ta’minlanganlarni energiya narxining oshishidan himoya qilishga sarflanadi.

Bell: Rossiya sanksiyalar fonida qo‘shni davlatlardan importni salkam 40 foizga oshirdi
13 oktabr 2023, 15:04

Bell: Rossiya sanksiyalar fonida qo‘shni davlatlardan importni salkam 40 foizga oshirdi

Sanksiyalar ostidagi Rossiya qo‘shni davlatlar, jumladan, O‘zbekistondan tovarlar importini salkam 40 foizga oshirdi, deb yozmoqda The Bell. Bunga parallel tarzda Yevropaning mintaqaga eksporti, ayniqsa, mikroelektronika, transport uskunalari, kompyuter va boshqa elektron uskunalar eksporti o‘sdi.

O‘zbekiston meva-sabzavotlar eksportida eng katta ulushni shaftoli, gilos va piyoz egalladi
13 oktabr 2023, 12:26

O‘zbekiston meva-sabzavotlar eksportida eng katta ulushni shaftoli, gilos va piyoz egalladi

Yanvar-avgust oylarida O‘zbekiston meva-sabzavotlar eksportida qiymat jihatidan eng katta ulushni shaftoli (nektarin), gilos, piyoz, uzum, mayiz, o‘rik, qovun, tarvuz hamda pomidor egalladi. Mamlakat meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozori Rossiya bo‘lib turibdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting