Raqobat qo‘mitasi Payariq Claster MJCH paxta mahsulotlarini birjaga qo‘ymay, to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida sotganini aniqladi. Oqibatda narxlar yuqori qo‘llanib, yog‘, shrot, sheluxa kabi mahsulotlarda 1,9 mlrd so‘mlik tavofut yuzaga kelgan. Korxona narx manipulyatsiyasiga yo‘l qo‘ygani uchun jazolandi.
“O‘zavtosanoat” raisi prezidentga 2025-yilga mo‘ljallangan rejalar haqida ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, 450 ming mashina ishlab chiqarib, eksportni 700 mln dollarga yetkazish, Jizzaxdagi BYD zavodining modellar qatorini kengaytirish ko‘zda tutilmoqda.
Toshkentdagi 1,83 ga maydonga ega Askiya bozori mulki va hududi auksionga chiqarildi. Obyektning boshlang‘ich qiymati 214,8 milliard so‘mga (taxminan $16,8 mln) baholangan. Avvalroq Yakkasaroy tumani hokimligi bozor o‘rnida mehmonxona va savdo markazi qurilishini ko‘zda tutuvchi loyihani taqdim etgandi.
Yandex Go ilovasida Lavka tezkor oziq-ovqat yetkazib berish xizmatini ishga tushdi. Buyurtmalar, jumladan, qahva, fastfud, yangi sabzavot va mevalar oshxonalari bo‘lgan uchta ombordan yetkazib beriladi. Lavka 2025-yil oxirigacha shaharda 12 tagacha shunday darkstorlar ochishni rejalashtirmoqda.
Poytaxtda umumiy uzunligi 111,6 km bo‘lgan 86 ta uchastkada pulli avtoturargohlar tashkil etish huquqini beruvchi kim oshdi savdosi yakunlandi. Unda boshlang‘ich bahodan 2 baravar yuqori — 120,1 mlrd so‘m taklif etgan Balcomuz kompaniyasi g‘olib deb topildi. Kompaniya haqida nimalar ma’lum?
Qonunchilik palatasida bo‘lib o‘tgan qo‘mitalar yig‘ilishlarida 2025-yil uchun davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasi qo‘mitalar faoliyati yo‘nalishlaridan kelib chiqib muhokama qilindi va konseptual jihatdan ma’qullandi.
Prezident farmoni bilan qonunchilikka tadbirkorlar faoliyatini tekshirish jarayonida biznes ombudsmanni xabardor qilish talabi kiritilmoqda. Xavf darajasi past bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshiruvlar o‘tkazilmaydi.
O‘zbekistonda 2025-yildan BNEF Tier-1 ro‘yxatiga kirmagan korxonalardan quyosh panellari, invertorlar, akkumlyatorlar import qilish taqiqlanadi. Bu prezident farmonida ko‘zda tutilgan. “Gazeta.uz” soha ekspertlari bilan buning bozorga ta’siri, monopoliyalar va importni tartibga solish haqida suhbatlashdi.
Toshkentda ko‘p qavatli uy-joy qurilishiga yo‘naltirilgan investitsiya daromadliligi tushib bormoqda. Fevral oyida ko‘chmas mulkka investitsiyalarning rentabelligi o‘rtacha 32,4 foizni tashkil etgan bo‘lsa, oktabr oyida u 12,2 foizga tushdi, deya qayd etadi MHTI.
Toshkentda O‘zbekiston va Kuvayt delegatsiyalari Savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning birinchi majlisini o‘tkazdi. Tomonlar savdo tartib-qoidalarini soddalashtirishga kelishib oldi va imtiyozli savdo bitimini imzolash imkoniyatlarini muhokama qildi.
Prezident Yangihayot tumanida qurilayotgan “Yangi avlod” maxsus sanoat zonasiga bordi. Zonani boshqarish, investorlarni jalb qilish va infratuzilmani rivojlantirish Xitoyning CAMCE kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi. Shuningdek, JAC Motors zavodi va boshqa qator loyihalarni yo‘lga qo‘yish reja qilingan.
Surxondaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga oid rejalarga ko‘ra, kelasi yilda 425 ming aholini ishli qilib, 320 mln dollar eksport qilish ko‘zda tutilmoqda. Xususan, xitoylik investorlar mis va kumush konlariga investitsiya kiritish orqali ikki ming ish o‘rni yaratishni taklif qilmoqda.
Prezident huzurida 2025-yilda Xorazm viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari muhokama qilindi. 1,5 mlrd dollar investitsiya jalb qilish, bu orqali ish o‘rinlari va korxonalar yaratish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, 44 ta maktab va bog‘cha ta’mirlanib, DXSh asosida yangilari quriladi.
Qirg‘iziston YOIIdan tashqariga ko‘mir eksportiga olti oylik taqiq joriy qildi. Cheklov “O‘zkimyoimpeks” 2023-yilda ko‘mirni to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazish bo‘yicha kelishuvga erishgan “Qirg‘izko‘mur"ga ta’sir qilmaydi. Mamlakat toshko‘mir eksportining 85%, qo‘ng‘ir ko‘mirning 95,7% qismi O‘zbekiston hissasiga to‘g‘ri keladi.
BYD kompaniyasi Toshkentdagi festival doirasida o‘zining avtomobillari ko‘rgazmasi hamda O‘zbekiston bozori uchun yangi modellarini taqdim qildi. Ular 2025-yilda sotuvga chiqishi reja qilinmoqda. Namoyish 25-noyabrgacha davom etadi. Foto.
Yil boshidan buyon O‘zbekistonga gaz importi 1,36 mlrd dollarni tashkil etdi, bu 2023-yil 10 oyidagi ko‘rsatkichdan 2,4 baravar ko‘p, deya xabar berdi Statagentlik. “Ko‘k yoqilg‘i” eksporti 540,4 mln dollargacha (+17,9%) oshdi. Hukumat avvalroq 2025-yilda gaz eksportini to‘xtatish rejasini e’lon qilgan edi.
Oktabr oyida O‘zbekistonda gaz qazib olish ko‘rsatkichi pasayishda davom etib, 3,6 mlrd kubometrga yetdi (2023-yil oktabr oyiga nisbatan 5% kam). Benzin ishlab chiqarish ketma-ket uchinchi oy qisqarmoqda. Quyosh va shamol stansiyalari hisobiga elektr quvvati ishlab chiqarish ko‘paydi.
Energetika vazirligi issiqxona xo‘jaliklariga gaz yetkazib berishda cheklovlar mavjudligini rad etdi. “Issiqxona egalari belgilangan to‘lovlarni amalga oshirgan holda tabiiy gazdan foydalanish imkoniyatiga ega”, — deyiladi xabarda.
O‘zbekiston hukumati 2025-yilda 200 mingdan ortiq fuqaroni ish haqi yuqori bo‘lgan mamlakatlarga ishga joylashtirishni rejalashtirmoqda. Bosh vazir Abdulla Aripov kasbiy mahorat va chet tillariga o‘qitish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilishini ta’kidladi.
UzAuto Motors 22-noyabr kuni soat 10:00 da Cobalt Style va Midnight modifikatsiyalari uchun onlayn shartnoma ochilishini e’lon qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting