O‘zbekistonda sut mahsulotlariga ishlab chiqarishda tabiiy yoki quruq sutdan foydalanilganini ko‘rsatuvchi markirovka joriy etish rejalashtirilmoqda. Shu maqsadda uchta hududda sinov laboratoriyalari tashkil etiladi.
Prezident qandolat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga kokos va palma yog‘i importi bo‘yicha imtiyozlarni uzaytirishni ma’qulladi. Alkogolsiz ichimliklar va sharbatlar ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tropik mevalar va apelsin sharbati konsentrati importi bojxona to‘lovlaridan ozod qilinadi.
Toshkent shahridagi Yunusobod bozori o‘rnida ekobozor, savdo markazi, ofislar, yerosti avtoturargohi, tomida restoranlar va yashil hudud mavjud bo‘lgan uch qavatli majmua quriladi. Prezident bozor uzluksiz ishlashi uchun qurilishni bosqichma-bosqich tashkil etish bo‘yicha topshiriq berdi. Foto.
Deputatlar fuqaroga o‘ziga kredit ajratilishini taqiqlash huquqini beruvchi qonun loyihasini birinchi o‘qishda ma’qulladi. Ushbu xizmat kredit olish yoki mijozning pul mablag‘lari bilan operatsiyalarni amalga oshirish imkoniyatini cheklashga mo‘ljallangan.
Prezident bosh vazir o‘rinbosariga o‘simlik yog‘i eksportiga qo‘yilgan taqiqni bekor qilish taklifini o‘rganishni topshirdi. Shuningdek, kichik yog‘-moy sexlari ishini qonuniylashtirish ko‘zda tutilgan. Xalqaro standartlarni joriy etish hisobiga kolbasa mahsulotlarining yaroqlilik muddatini oshirish rejalashtirilgan.
Senat kengashi prezident taqdimnomasiga muvofiq Markaziy banki boshqaruvi raisi lavozimiga Timur Ishmetovni tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qildi. U bungacha prezident maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.
Prezident Markaziy bank boshqaruvi raisi lavozimi uchun Senatga Timur Ishmetov nomzodini taqdim etdi. Avvalroq Mamarizo Nurmuratov bu lavozimidan ozod etilgandi. Bungacha Ishmetov prezident maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.
O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayonini 2026-yilgacha yakunlash uchun tashkilotga a’zo davlatlar bilan muzokaralarni tezlashtiradi, deya ta’kidlandi ishchi guruhning 9-yig‘ilishida. JST rahbari o‘rinbosari “a’zo mamlakatlarning xavotirlariga ochiqcha javob bo‘lgan” prezident farmonini eslab o‘tdi.
Shavkat Mirziyoyev Senatga Markaziy bank boshqaruvi raisi Mamarizo Nurmuratovni egallab turgan lavozimidan ozod etish to‘g‘risida taqdimnoma kiritdi.
O‘zbekiston aholisining yoqilg‘i, energoresurslar va kommunal xizmatlar narxlari oshishi bo‘yicha kutilmalari keskin oshdi. Biznes ham ularning narxi oshishini prognoz qilmoqda, biroq tadbirkorlar kelajakda narxlar oshishining asosiy omili sifatida valyuta kursidagi o‘zgarishlarni ko‘rmoqda.
Yil oxirigacha “Xo‘jakent” vokzalidan “Chinor” bekatigacha bo‘lgan temiryo‘l loyihasi doirasida 390 metr uzunlikdagi temiryo‘l ko‘prigi qurilishini yakunlash reja qilingan, deya ma’lum qildi “Ko‘prikqurilish” kompaniyasi rahbari Zafar Maxamatov. Prezident bu ishni yil oxirigacha tugatish bo‘yicha topshiriq bergan.
MHTI mutaxassislari 2024-yilning noyabr oyida Toshkent shahrida uy-joylar uchun o‘rtacha ijara narxlarini tahlil qildi. Mazkur davrda o‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar narxlari oktabr oyiga nisbatan biroz pasaydi.
O‘zbekiston energiya resurslarining sof eksportyoridan sof importyoriga aylanib qoldi, dedi energetika vaziri. “Shu nuqtai nazardan uzoq muddatli istiqbolda biz atom energiyasini energobalansning zarur qismi sifatida ko‘rib chiqyapmiz”, — dedi u.
O‘zbekistonda Germaniya tajribasi asosida yoshlarni kasbga o‘rgatish va ish bilan ta’minlash rejalashtirilmoqda. Texnikumlar negizida amalga oshiriladigan Ausbildung dual ta’lim dasturi namuna sifatida olindi, dedi oliy ta’lim vaziri Kongratbay Sharipov.
O‘zbekistonda 2000 ta kichik GES qurish uchun istiqbolli joylar aniqlandi. Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov gidroenergetika salohiyatidan foydalanmaslikni xiyonat deb hisoblashini aytdi. Prezidentning ta’kidlashicha, Ugam daryosida kichik GES qurilishini tashkil qilganida, “hech kim ishonmagan”.
Prezident kelasi yilda Toshkent viloyatida 700 ming odamning bandligini ta’minlash, 22 ming oilani daromadli qilib, kambag‘allik darajasini hozirgi 7,2 foizdan 4 foizga kamaytirish, shuningdek, mehnat migrantlarini qaytarib, ularni ishga joylashtirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
“O‘zbekiston texnologik metallar kombinati” 2030-yilga kelib molibden ishlab chiqarishni qiymat jihatidan 3,4 barobar, volframni esa 50 barobarga ko‘paytirishni rejalashtirmoqda.
“Maxsus iqtisodiy zonalar to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Unga ko‘ra, MIZ ma’muriy kengashlari tugatilib, ularning vazifalari direksiyalar zimmasiga yuklatiladi.
O‘zbekiston hukumati Yevropa Ittifoqiga GSP+ savdo imtiyozli rejimini yana 10 yilga uzaytirishni, shuningdek, bojsiz eksport qilinadigan tovarlar ro‘yxatini kengaytirishni taklif qildi. Shuningdek, o‘zbek mahsulotlarini Yevropa standartlariga moslashtirish masalalari va boshqalar muhokama qilindi.
Energetika vazirligi gaz zapravkalar faoliyatiga cheklov kiritilgani sababli birja savdolariga chiqarilayotgan kunlik avtobenzin hajmi ikki barobar oshirilishini ma’lum qildi. Buning uchun barcha hududlarda zarur miqdorda zaxiralar yaratilgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting