Iqtisodiyot

Bank kreditlari tavakkalchiligiga qo‘yiladigan talablar o‘zgartirildi
19 noyabr 2024, 10:36

Bank kreditlari tavakkalchiligiga qo‘yiladigan talablar o‘zgartirildi

Markaziy bank qarz oluvchilar va bankka aloqador shaxslar uchun tavakkalchilikning eng ko‘p miqdori to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritdi.

Andijon viloyatini 2025-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish ko‘rsatkichlari belgilandi
18 noyabr 2024, 23:17

Andijon viloyatini 2025-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish ko‘rsatkichlari belgilandi

Prezident 2025-yilda Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, investitsion muhitni yaxshilashga doir yig‘ilish o‘tkazdi. Maqsadli vazifalarga ko‘ra, investitsiya hisobiga 305 ming aholi ish bilan ta’minlanib, 1 mlrd dollar eksport qilinadi. Qir-adirlar toifasi o‘zgartirilib, foydalanishga topshiriladi.

Uy sharoitida tirik pilla yetishtirayotganlar daromad solig‘idan ozod qilinadi
18 noyabr 2024, 11:08

Uy sharoitida tirik pilla yetishtirayotganlar daromad solig‘idan ozod qilinadi

Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan uy sharoitida tirik pilla yetishtirayotganlar daromad solig‘idan ozod qilinishi belgilandi. Kasanachilar mehnatiga haq to‘lashga yo‘naltiriladigan mablag‘lar esa ijtimoiy soliqdan ozod qilinadi.

Endi reytingi yuqori tadbirkorlik subyektlariga nisbatan soliq tekshiruvlari o‘tkazilmaydi
16 noyabr 2024, 15:51

Endi reytingi yuqori tadbirkorlik subyektlariga nisbatan soliq tekshiruvlari o‘tkazilmaydi

Soliq kodeksiga kiritilgan yangi qo‘shimchalarga ko‘ra endi barqarorlik reytingi bo‘yicha “AAA” toifadagi tadbirkorlik subyektlariga nisbatan esa soliq tekshiruvlari o‘tkazilmaydi. Shu toifadagi tadbirkorlik subyektlariga QQS summasi o‘rnini qoplash tekshiruvlar o‘tkazilmasdan 1 kunlik muddatda amalga oshiriladi.

Qozog‘istonning Kaspi kompaniyasi Humo’ni xususiylashtirish jarayonida ishtirok etmaslikka qaror qildi
16 noyabr 2024, 12:42

Qozog‘istonning Kaspi kompaniyasi Humo’ni xususiylashtirish jarayonida ishtirok etmaslikka qaror qildi

Qozog‘istonning Kaspi kompaniyasi O‘zbekistonda Humo to‘lov tizimini xususiylashtirish jarayonida ishtirok etmaslikka qaror qildi.

SSV huzurida Xaridlar markazi tashkil etilib, dorilar 15 oylik talab asosida xarid qilinadi
15 noyabr 2024, 12:31

SSV huzurida Xaridlar markazi tashkil etilib, dorilar 15 oylik talab asosida xarid qilinadi

SSV huzurida dorilarini ishlab chiqaruvchilardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarid qilish hamda ularni hududlarga yetkazib berish imkoniyatini beruvchi Xaridlar markazi tashkil etilmoqda. Shifoxonalar uchun dorilar 15 oylik talabdan kelib chiqib sotib olinadi, yaroqlilik muddati yaqin qolgan dorilarni xarid qilish taqiqlanadi.

O‘zbekistonga ayrim quyosh panellari importi 2025-yildan cheklanadi
15 noyabr 2024, 10:04

O‘zbekistonga ayrim quyosh panellari importi 2025-yildan cheklanadi

2025-yildan boshlab O‘zbekistonda BNEF Tier-1 xalqaro ro‘yxatiga kirmaydigan ishlab chiqaruvchilardan quyosh panellari, invertorlar va akkumulyatorlarni olib kirishga taqiq joriy etiladi.

Ipoteka subsidiyalarini olish tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi
14 noyabr 2024, 21:58

Ipoteka subsidiyalarini olish tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi

Hukumat qarori bilan O‘zbekistonda ipoteka subsidiyalarini olish tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi. Arizalarni ko‘rib chiqish jarayoni 14 ish kunidan 5 ish kunigacha qisqartiriladi. Foiz to‘lovlarining kompensatsiyalangan qismi oshadi, subsidiya berishning ijtimoiy mezonlari ham o‘zgaradi.

Urganch va A380 trassasi o‘rtasidagi 81 km yo‘l 294 mln dollarga rekonstruksiya qilinadi
14 noyabr 2024, 21:31 1

Urganch va A380 trassasi o‘rtasidagi 81 km yo‘l 294 mln dollarga rekonstruksiya qilinadi

Xorazmdagi “Urganch — Xonqa — Hazorasp — Toshsoqa — Amudaryo — A380” avtoyo‘li rekonstruksiyasi uchun 294 mln dollar mablag‘ sarflanadi. Loyihani moliyalashtirish uchun YeTTBning 238 mln dollar miqdoridagi krediti jalb etildi. Shuningdek, yo‘l bo‘ylab 30 ming tup daraxt ekish rejalashtirilmoqda.

Germaniya O‘zbekistonga “yashil” sanoatlashtirish uchun yana 3 mln yevro grant ajratadi
14 noyabr 2024, 14:52

Germaniya O‘zbekistonga “yashil” sanoatlashtirish uchun yana 3 mln yevro grant ajratadi

O‘zbekiston Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ)dan “yashil” sanoatlashtirishda xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash loyihasi doirasida yana 3 mln yevro miqdorida grant oladi.

Oktabrda yengil avtomobillar savdosi o‘tgan oyga nisbatan 6 foizga kamaydi
14 noyabr 2024, 12:43

Oktabrda yengil avtomobillar savdosi o‘tgan oyga nisbatan 6 foizga kamaydi

Oktabr oyida O‘zbekistonda yengil avtomobillar savdosi o‘tgan oyga nisbatan 6 foizga kamaydi (95,4 ming dona). Sotuvlar o‘tgan yilning shu davriga nisbatan sezilarli pasaygan (-43,3 foiz). Oy davomida ikkilamchi bozorda o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2 baravar kam avtomobil sotildi.

Piskentdagi avtopoligonda import avtomobillarni sinovdan o‘tkazish uchun navbat yuzaga keldi. Sabablar
14 noyabr 2024, 10:24

Piskentdagi avtopoligonda import avtomobillarni sinovdan o‘tkazish uchun navbat yuzaga keldi. Sabablar

1-noyabrdan O‘zbekistonga olib kelinadigan avtomobillar bojxonada emas, balki Piskentdagi poligonda texnik ko‘rikdan o‘tkazilmoqda. Jarayon ko‘p vaqt talab etadi, sertifikat narxi esa 3,5 barobarga oshdi (keyinchalik narx biroz pasaytirildi). “Gazeta.uz” texnik ko‘rik o‘tkazuvchi UzTest bilan suhbat qildi.

“O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJning 35 foiz aksiyalari 200 mlrd so‘mga sotildi
13 noyabr 2024, 14:40

“O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJning 35 foiz aksiyalari 200 mlrd so‘mga sotildi

Davaktiv “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tarkibiga kiruvchi “O‘ztemiryo‘lkonteyner” korxonasining 35 foiz ulushi sotilganini e’lon qildi. Kelishuv 200 mlrd so‘mga baholangan. Xaridor Cotton Logistics bo‘ldi.

Toshkentda pulli “parkovka”lar tashkil etish uchun auksion o‘tkaziladi
13 noyabr 2024, 14:37

Toshkentda pulli “parkovka”lar tashkil etish uchun auksion o‘tkaziladi

Toshkent shahri hokimligi pulli to‘xtash joylarini boshqarish huquqi uchun auksion o‘tkazadi. Maydonlarning umumiy hajmi 262,8 ming kvadrat metrni tashkil etadi. Barcha to‘xtash joylari bir lot sifatida sotilmoqda.

Uy-joy bozori savdolarida so‘nggi ikki oydagi pasayish to‘xtadi — ITIM
13 noyabr 2024, 11:56

Uy-joy bozori savdolarida so‘nggi ikki oydagi pasayish to‘xtadi — ITIM

Oktabr oyida uy-joy bozori savdolarida biroz o‘sish ko‘zatilib, so‘nggi ikki oydagi pasayish to‘xtadi. Ikkilamchi bozorda narxlar deyarli o‘zgarmadi, uy-joy ijara bozoridagi vaziyat ham barqarorlashdi. Toshkentda eng arzon uy-joy ijarasi Bektemir va Sergeli tumanlarida kuzatilmoqda (1 kv metr uchun 6 dollar).

Masdar O‘zbekistonda yana bir shamol elektr stansiyasi quradi
13 noyabr 2024, 10:09

Masdar O‘zbekistonda yana bir shamol elektr stansiyasi quradi

Energetika vazirligi va Masdar (BAA) o‘rtasida COP29 sammiti davomida Uchquduq tumanida 1000 MVt quvvatga ega shamol elektr stansiyasini qurish bo‘yicha shartnoma imzolandi. Loyiha yiliga 3,5 mlrd kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkonini beradi.

O‘zbekiston 2030-yilgacha Yevropaga 10−15 mlrd kVt/s elektr energiyasi eksport qilishi mumkin — energovazir o‘rinbosari
12 noyabr 2024, 22:45

O‘zbekiston 2030-yilgacha Yevropaga 10−15 mlrd kVt/s elektr energiyasi eksport qilishi mumkin — energovazir o‘rinbosari

Yevropaga “yashil energetika yo‘lagi"ning qiymati 2 mlrd dollardan ortiqqa baholanmoqda, dedi energetika vaziri o‘rinbosari Umid Mamadaminov. Unga ko‘ra, 2030-yilga borib O‘zbekiston Yevropa davlatlariga 10−15 mlrd kVt/soat elektr energiyasi eksport qila oladi.

Haydalgan avtomobillar narxlari oktabr oyida qanday o‘zgardi?
12 noyabr 2024, 13:13

Haydalgan avtomobillar narxlari oktabr oyida qanday o‘zgardi?

Oktabrda ikkilamchi bozorda Chevrolet Lacetti, Damas va Labo avtomobillarining narxi pasayishda davom etdi, deyiladi MHTI sharhida. Spark`ning o‘rtacha narxi biroz oshdi, Cobalt va Nexia`niki esa deyarli o‘zgarmadi. O‘rtacha va ko‘p masofa bosib o‘tgan Equinox va BYD Han narxlari mos ravishda keskin pasaydi.

2027-yilga borib O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi 20 mlrd dollarga yetishi mumkin
11 noyabr 2024, 22:48

2027-yilga borib O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi 20 mlrd dollarga yetishi mumkin

2024-yil oxirigacha O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi 15 mlrd dollargacha, 2027-yilga borib esa 20 mlrd dollargacha o‘sishi mumkin. Yuqori daromadli mamlakatlardan o‘tkazmalar hisobiga pul oqimlari manbalari yanada diversifikatsiya qilinishi kutilmoqda.

Navoiyda yonuvchi slanetslarni qazib olish va qayta ishlash bo‘yicha 8 mlrd dollarlik loyiha amalga oshiriladi. U haqda nimalar ma’lum?
11 noyabr 2024, 18:02

Navoiyda yonuvchi slanetslarni qazib olish va qayta ishlash bo‘yicha 8 mlrd dollarlik loyiha amalga oshiriladi. U haqda nimalar ma’lum?

Navoiy viloyatiga tashrif chog‘ida prezidentga umumiy qiymati 8 mlrd dollarga baholangan yonuvchi slanetslarni qazib olish va qayta ishlash bo‘yicha loyiha taqdim etildi. Unda neft, gaz va elektr energiyasi ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Avvalroq, bu kabi loyiha Surxondaryoda ham amalga oshirilishi aytilgandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting