O‘zbekiston energetika sohasida e’lon qilingan loyihalar bo‘yicha Markaziy Osiyo davlatlari orasida 21,8 mlrd dollarlik investitsiya loyihalari hajmi bilan yetakchi bo‘ldi, deyiladi EOTB hisobotida. Shu bilan birga, bu mablag‘ning yarmi atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha avvalroq e’lon qilingan loyihaga to‘g‘ri keladi.
«O‘zbekneftgaz» AJga qarashli avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarida 26 noyabr kuni soat 20:30dan boshlab Ai-80 markadagi benzinning 1 litri 6890 so‘mdan sotuvga chiqariladi. Qayd etilishicha, respublika hududidagi «O‘zbekneftgaz»ning barcha AYOQSHlarda benzin bo‘lishi ta’minlanadi.
Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 19,47 so‘mga ko‘tarilib, 10 777,04 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ko‘tarildi, rubl kursi esa pasaydi.
“Kapitalbank” aksiyadorlik jamiyati banki 215,3 mlrd so‘mlik aksilari emissiyasini joylashtirdi. Ushbu aksiyalarni Alisher Usmonovga tegishli USM Holdings kompaniyasi sho‘ba korxonasi bo‘lgan “Telekominvest” MCHJ xarid qildi.
O‘zbekiston prezidenti va Jahon bojxona tashkiloti bosh kotibi o‘rtasidagi uchrashuvda korrupsiya, kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish sohasida raqamlashtirish mavzulari muhokama qilindi. Xalqaro standartlarni joriy etish, bojxona postlarini modernizatsiya qilish va normativ-huquqiy bazani takomillashtirish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirishning ahamiyati haqida so‘z yuritildi.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning oktabr oyida O‘zbekistonga xorijdan 55 ta elektromobil import qilingan. Ushbu xarid uchun O‘zbekiston 1,5 mln dollar sarflagan.
Uzbekistan Airports Silk Avia hududiy sho‘’ba aviakompaniyasni tashkil etmoqda. Yangi aviakompaniya viloyatlar o‘rtasida muntazam parvozlarni amalga oshirib, chipta narxlarini «temiryo‘l chiptalari bilan mos» qiladi. Uzbekistan Airports birinchi bosqichda boshqaruvchi kompaniya bo‘ladi. Keyinchalik aviatashuvchi xususiy sektorga o‘tkaziladi.
Yanvar-oktabr oylarida yirik korxonalar tomonidan 57,1 mlrd kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi 2020 yilning mos davriga nisbatan 4,9 mlrd kVt soatga yoki 9,4% ga o‘sgan. Avvalroq Energetika vazirligi suv tanqisligi tufayli mamlakat GESlarida elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi qariyb 23 foizga kamayganligini ma’lum qilgan edi.
2022 yil yakuniga umumiy davlat qarzi 33,5 mlrd dollar yoki YAIMga nisbatan 45,2 foizni tashkil etishi prognoz qilinmoqda. Shundan, davlat tashqi qarzi 30,4 mlrd dollarni yoki YAIMga nisbatan 41 foizni tashkil etadi. 2022 yilda kutilayotgan budjet taqchilligining 66 foizi tashqi manbalar hisobidan qoplanishi mo‘ljallanmoqda.
Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 19,72 so‘mga pasayib, 10 745,40 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ham pasaydi, rubl kursi esa ko‘tarildi.
Prezident qarori bilan Qoraqalpog‘istonning ayrim tumanlari va Xorazm viloyati tadbirkorlariga qator imtiyoz va preferensiyalar berildi. Mazkur hududlarda 85 ta yangi kichik sanoat zonasi tashkil etish rejalashtirilgan.
Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 9,09 so‘mga ko‘tarilib, 10 765,12 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari esa pasaydi.
O‘zbekiston yanvar-oktabr oylarida Xitoyga umumiy qiymati 601,3 mln dollarga teng 2,6 mln tonna gaz eksport qilgan. Bu O‘zbekiston 10 oy davomida eksport qilgan jami gaz narxi bilan deyarli teng.
O‘zbekiston rezidentlari kriptoaktivlar va tokenlar bilan barcha turdagi operatsiyalarni milliy valyutada (so‘mda) amalga oshirish huquqiga ega bo‘ldi. Biroq, norezidentlarga kriptoaktivlarni faqat xorijiy valyutaga sotish mumkin. Shuningdek mulkiy ta’minotga ega tokenlar emissiyasiga ham ruxsat berildi.
O‘zbekiston Buyuk Britaniyaning kengaytirilgan GSP tizimi benefitsiari maqomini oldi. Shuningdek, ushbu tizim O‘zbekistonga umumiy qiymati 437 mlrd funt sterlingdan (taxminan 585,5 mlrd dollar) ortiq iste’mol va chakana savdo bozoriga kirish imkoniyatini yaratadi.
Yanvar-oktabr holatiga O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 32,6 mlrd dollarni tashkil etib, o‘n oylik davrda 7,8 mlrd dollarlik passiv tashqi savdo balansi kuzatildi. Tashqi savdo aylanmasi hajmi 2020 yilning mos davriga nisbatan 8,5 foizga oshganiga qaramay, 2019 yildagi ko‘rsatkichga (34,3 mlrd dollar) yetib kelganicha yo‘q.
2022 yilda «snos"lar tufayli jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash maqsadida davlat budjetidan 500 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi.
Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 14,70 so‘mga ko‘tarilib, 10 756,03 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari esa pasaydi.
Prezident qarori bilan Toshkent viloyatidan poytaxt tumanlariga o‘tkazilayotgan sug‘oriladigan yer maydonlarida qishloq xo‘jaligi ekinlari plantatsiya usulida joylashtiriladi. Intensiv bog‘ va tokzorlar barpo etilib, lizing asosida 7 yil muddatga aholiga beriladi. Toshkent shahar qishloq xo‘jaligi boshqarmasi tashkil etiladi.
Surxondaryo viloyatida «Zarchob-2» kichik GESni ishga tushirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Stansiya 40 ming aholini elektr energiya bilan ta’minlash quvvatiga ega. «O‘zbekgidroenergo» raisi Abdug‘ani Sanginov kelgusida yana 2 ta loyiha — To‘palang va Mizop-Kishtut stansiyalarini ishga tushirish orqali daryo suvidan 5 marotaba foydalanish mumkinligini ta’kidladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting