Yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekistonda jami 65,2 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarildi. Qurilish ishlarining 95,8 foizi nodavlat mulkchiligidagi korxona va tashkilotlarga to‘g‘ri keladi.
Davlat bojxona qo‘mitasi import va eksport bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalarning bank ma’lumotlariga ega bo‘lish huquqini qo‘lga kiritish uchun bank siri to‘g‘risidagi qonunga qo‘shimcha kiritishni taklif qilmoqda.
416 ta IT Park rezidentidan 52 ta IT-kompaniya shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarmaganlari uchun doimiy rezident maqomi va soliq imtiyozlaridan mahrum etildi. To‘liq ro‘yxat bilan sayt sahifasida tanishsa bo‘ladi.
Yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistonda 217 mingdan ortiq yengil hamda 2936 dona yuk avtomobillari ishlab chiqarilgan. Umumiy hajmda eng ko‘p Cobalt va Nexia avtomobillari ishlab chiqarildi.
Markaziy bank kelgusi uch yil davomida O‘zbekistonning makroiqtisodiy rivojlanishining asosiy, optimistik va xavfli ssenariylarini taqdim etdi. Optimistik ssenariy bo‘yicha rivojlanish oltin narxining pasayishiga olib kelishi mumkin.
Prezident farmoni bilan Eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etiladi. Ijobiy kredit tarixiga ega eksportchilarga kredit bo‘yicha qarzdorligi bo‘lsa ham kompensatsiya va kafilliklar taqdim etiladi. Buning uchun Eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga $100 mln ajratiladi.
9 oyda 55 ta hududiy loyiha ijrosi kechikkan, 144 ta loyihada ishlab chiqarish hajmi ta’minlanmagan. Oqibatda 720 mlrd so‘mlik mahsulot tayyorlash imkoniyati yo‘qotilgan. Davlat rahbari qolgan 3 oyda $7 mlrdlik 80 ta tarmoq va 44 ta hududiy loyihani ishga tushirish muhimligini ta’kidladi.
Banklar faollik indeksi bo‘yicha reytingda Kapital bank birinchi o‘rinni saqlab qoldi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarda Universal va Ziraat banklari, oxirgi o‘rinda esa TVS banki.
O‘zbekistonning rasmiy zaxira aktivlari ikkinchi oy ketma-ket kamayib, hozirda 33,4 mlrd dollarni tashkil qilmoqda. Agar avgust oyida zaxiradagi pasayish oltinni sotish bilan bog‘liq bo‘lsa, hozirda bu asosan valyutaga bog‘liq.
Dollarning rasmiy kursi 7 so‘mga qimmatlab, jami 10 371 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari esa pasaydi.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi UzAuto Motors kompaniyasini yopiq sud majlisi tafsilotlarini oshkor qilgan holda ahloqiy me’yorlardan chetga chiqmaslikka chaqirdi. 16 oktyabr kuni UzAuto Motors`ning Antimonopoliya qo‘mitasi maxsus komissiyasi qaroriga qarshi da’vosi bo‘yicha uchinchi sud majlisi bo‘lib o‘tdi.
Rossiyaning «Gruppa GAZ» kompaniyasi O‘zbekistonda tijorat transport vositalarini yig‘ish bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil qiladi. Birinchi bosqichda yiliga 3000 tagacha avtomobil ishlab chiqarish rejalashtirilgan.
Prezident eksport bo‘yicha tashabbus va takliflar yetishmayotgani uchun viloyatlar va tarmoqlar rahbarlarini tanqid qildi. «Uch oy vaqt qoldi yil yakunigacha. Eksport kerak. Qanday yo‘l bilan bo‘lsa ham mahsulotlarni jo‘natishimiz kerak», — deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev.
Yanvar-sentyabr oylari davomida iste’mol bozoridagi narxlar va tariflarning eng ko‘p o‘sishi aprel oyida kuzatildi, iyun va iyul oylarida narxlar pasaydi. O‘tgan yilning ushbu davriga nisbatan narxlar o‘sishi 11,7 foizni tashkil etdi.
Energetika vazirligi huzurida energiyani tejash bo‘yicha byudjetdan tashqari jamg‘arma tashkil etilmoqda. U ko‘p qavatli uylar va binolarning issiqlik muhofazasini yaxshilash bo‘yicha loyihalarni moliyalashtiradi.
Bosh vazir Abdulla Aripov yig‘ilishda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining harakatlarini populistik deb atadi. Internet foydalanuvchilari qo‘mitani qo‘llab-quvvatlashdi va o‘zlarini ham populist deb atashdi.
Yanvar-avgust oylari yakuni bo‘yicha mamlakatning tashqi savdo aylanmasi 2,45 mlrd dollardan ko‘proqni tashkil etdi. Eng ko‘p savdo aylanmasi ulushi Xitoy, Rossiya va Qozog‘istonga to‘g‘ri kelmoqda. Bu davr mobaynida eksportning 50 foizini oltin, importning 37,8 foizini mashinalar va transport asbob-uskunalari tashkil etdi.
Dollarning rasmiy kursi 24 so‘mga qimmatlab, jami 10 364 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham ko‘tarildi.
Kanadaning Condor Petroleum kompaniyasi Buxoro viloyatidagi gaz konlari ekspluatatsiyasi uchun 1 mlrd dollardan ortiq miqdorda investitsiya kiritishni rejalashtirmoqda.
Moliya vazirligi 2021 yil yanvaridan boshlab fuqarolar uchun kuryerlik jo‘natmalarini bojsiz olib kirish me’yorini har chorakda 1000 dollardan 200 dollargacha va 10 kg gacha kamaytirishni taklif qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting