O‘zbekiston tijorat banklarida yil boshidan buyon depozitlar qoldig‘i 216,7 trln so‘mdan 204,7 trln so‘mgacha kamaydi. Aprel oyidagi ko‘rsatkichda o‘sish kuzatilganiga qaramay, may oyida omonatlar qoldig‘i yana kamaygan.
2023-yilda O‘zbekistonda 10 ta strategik qazilma koni, 40 ta oltin izlovchilar uchun uchastka hamda 500 dan ortiq noruda kon va maydonlari elektron auksion orqali tadbirkorlarga taqdim etiladi.
Qoraqalpog‘iston poytaxti Nukus shahrida Yandex Go taksi agregatori ishga tushdi. Bu O‘zbekistonning xizmat kirib borgan to‘qqizinchi shahri hisoblanadi.
Milliy gvardiya qoshidagi Ot sporti bo‘yicha respublika oliy sport mahorati maktabiga har biri 2,3 mlrd so‘mlik 10 ta ot sotib olish bo‘yicha tender e’lon qilindi. Shuningdek, maktabga 650 mln so‘mlik beda pichani xarid qilish bo‘yicha tender o‘tkazilgan, keyinroq esa bitim bekor qilingan.
Tijorat banklari 5-iyul kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 480−11 540 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 550−11 600 so‘m.
O‘zbekistonda minimal iste’mol xarajatlari iyulda e’lon qilinadi. Statistika agentligiga ko‘ra, bu yil avvalgi yildagidan farqli ravishda ko‘proq tovar va xizmatlar turlari bo‘yicha kuzatuvlar o‘tkazilgan. Ko‘rsatkichni qayta ishlash jarayoni ko‘proq vaqt olgani uchun uni yil yarmida e’lon qilish belgilangan.
O‘zbekiston madaniyat va turizm vaziri Ozodbek Nazarbekov yil oxirigacha mamlakatga 10 mln xorijiy sayyohning kelishi, 20 mln mahalliy aholi sayohatlari tashkil etilishini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 2 mlrd dollar miqdorida turizm xizmatlari eksporti amalga oshiriladi.
Kiprlik ta’sischilar, jumladan, Alisher Usmonovga aloqador “Metalloinvest” kompaniyasiga tegishli korxona “harakatsizligi” tufayli Toshkent metallurgiya kombinati bankrot bo‘lish xavfi ostida qoldi. Sud ularni loyihadan chetlashtirildi, biroq korxona 916,9 mlrd so‘m zarar va 179,7 mln yevro kredit bilan qoldi.
Tijorat banklari 4-iyul kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 475−11 530 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 570−11 595 so‘m.
O‘zbek so‘mining yangi banknotlari dizaynidan ko‘pchilik nolidi: o‘xshash ranglar va yopishib ketgan nollar sabab odamlar ularni adashtirib, qiynalyapti. Dizayner Azamat Shamuzafarov pulda dizaynning ahamiyati, tarixan bu masala qanday hal qilingani va yangi so‘mlarning kamchiliklari haqida hikoya qiladi.
O‘zbekiston hukumati suv va alkogolsiz ichimliklarni majburiy markirovkalashni yana keyinga qoldirdi. Jarayon 2022-yil oktabr oyida boshlanishi rejalashtirilgandi, biroq avval 2023-iyulga, endi esa 2024-yilning martigacha surildi.
O‘zbekiston prezidenti o‘zining avvalgi qarorlariga o‘zgartirishlar kiritib, “Sijjak” va “Chotqol” dam olish maskanlarini xususiylashtiriladigan obyektlar ro‘yxatidan chiqarib tashladi. Ilgari Gulnora Karimovaga tegishli bo‘lgan “Sijjak” maskani bir necha bor sotuvga qo‘yilgan, lekin sotilmay qolgandi.
Tijorat banklari 3-iyul kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 465−11 510 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 540−11 580 so‘m.
Iyunda O‘zbekistonda deflyatsiya qayd etildi va yillik inflyatsiya 2016-yil avgust oyidan buyon birinchi marta 9 foizga tushdi. Oxirgi oyda guruch, go‘sht va sut qimmatlashdi, deyarli barcha sabzavot va mevalar, shuningdek, un, tuxum, sariyog‘ va shakar arzonlashdi. Benzin ham qimmatlashdi. Hududlarda palov narxi oshdi.
Buxoro neftni qayta ishlash zavodida rejali ta’mirlash ishlari tufayli “O‘zbekneftgaz” korxonalarida benzin ishlab chiqarish 71,3 foizga qamaydi. Kompaniya ishlab chiqarish hajmini o‘tgan yilga nisbatan oshirishini qayd etdi. “Gazeta.uz” yil boshidan buyon benzin ishlab chiqarish bir necha bor pasayganini yozgandi.
“O‘zbekneftgaz” kompaniyasining gazni qayta ishlash va gaz-kimyo departamentini boshqarib kelayotgan Alisher Bahodirov Uzbekistan GTL sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarish zavodiga direktor etib tayinlandi.
O‘zbekiston yildan yilga elektromobillar importini oshirmoqda. 2023-yil yanvar-may oylarining o‘zidayoq 3811 ta elektromobil olib kelindi. Ko‘rsatkich 2022-yil davomida 2180 tani, 2021-yilda esa 809 tani tashkil etgandi. Eng ko‘p yetkazib beruvchi Xitoy bo‘lib turibdi.
2022-yil yakuniga ko‘ra, tadbirkorlik subyektlariga nisbatan ma’muriy bosim tekshiruvlar sonining qariyb 2 baravarga ko‘payishi hisobiga oshdi. Biznes ombudsman yuborilgan barcha arizalarning 53 foizini rad etganini va tekshirishlar soni barcha tadbirkorlarning 3 foizini ham tashkil qilmasligini bildirdi.
Ispaniyaning Talgo kompaniyasi O‘zbekiston uchun yana 4 ta Afrosiyob elektropoyezdini ishlab chiqarishi aytilgandi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” endilikda elektropoyezdlar faqat Talgo tomonidan emas, yo‘lovchilar taklifiga ko‘ra dunyodagi ko‘zga ko‘ringan boshqa kompaniyalardan ham xarid qilinishini bildirdi.
Ispaniyaning Patentes Talgo kompaniyasi rahbari Karlos Palasio Oriol O‘zbekiston elchisi Jahongir G‘aniyevga kompaniya O‘zbekiston uchun yana to‘rtta Afrosiyob elektropoyezdi ishlab chiqarishga tayyorligini ma’lum qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting