Iqtisodiyot

9,6 mln dollarlik Toshkent raqamli situatsion markazi tendersiz quriladi
12 noyabr 2020, 16:42

9,6 mln dollarlik Toshkent raqamli situatsion markazi tendersiz quriladi

Toshkent shahar hokimligi huzuridagi raqamli situatsion markazini qurish uchun 100 mlrd so‘m sarflanadi. Loyihaning bosh pudratchisi sifatida Power Construction Planet tanlandi. Hukumat loyihani tanlovsiz amalga oshirishga ruxsat berdi.

Prezident Shahrisabzda sintetik aralashmali ip va mato ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdi
12 noyabr 2020, 14:18

Prezident Shahrisabzda sintetik aralashmali ip va mato ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoga safarini Shahrisabzdagi Oqsaroy Vortex MCHJda sintetik aralashmali ip va mato ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishishdan boshladi.

10 oy davomida O‘zbekistondan 119,4 mingta televizor eksport qilindi
11 noyabr 2020, 16:24

10 oy davomida O‘zbekistondan 119,4 mingta televizor eksport qilindi

Joriy yilning 10 oy davomida 13,8 mln dollarlik 119,4 mingta televizor va 5,2 million dollarlik 32,4 mingta muzlatkich eksport qilindi. Bu yildan Gruziya va Turkiyaga ham ushbu mahsulotlar eksporti yo‘lga qo‘yildi.

Bojxona yig‘imlari stavkalari 20 tadan 12 taga qisqartirilmoqda
10 noyabr 2020, 12:03

Bojxona yig‘imlari stavkalari 20 tadan 12 taga qisqartirilmoqda

1 yanvardan bojxona yig‘imlari stavkalari 20 tadan 12 taga qisqartirilmoqda. Fuqarolar shaxsiy ehtiyojlari uchun olib kirayotgan tovarlar qiymatining boj to‘lanmaydigan qismidan ortig‘i uchun to‘lanadigan bojxona yig‘imlari ham kamaytiriladi.

«O‘zbekneftgaz» AI-95 benzini narxini arzonlashtirdi
9 noyabr 2020, 21:17

«O‘zbekneftgaz» AI-95 benzini narxini arzonlashtirdi

«O‘zbekneftgaz» kompaniyasining UNG yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘i orqali sotilayotgan AI-95 markali benzin narxi arzonlashtirildi.

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi
9 noyabr 2020, 13:07

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi

Dollarning rasmiy kursi 12 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 378 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham qimmatladi.

9 oy ichida davlat byudjeti daromadlari 9,1 mlrd dollarni tashkil etdi
5 noyabr 2020, 15:51

9 oy ichida davlat byudjeti daromadlari 9,1 mlrd dollarni tashkil etdi

Yanvar-sentyabr oylarida davlat byudjeti daromadlari 94,5 trln so‘mni tashkil etdi. Davlat byudjeti daromadlarining asosiy qismi soliq va bojxona tushumlariga to‘g‘ri keladi.

8 oy ichida 1 mln so‘mgacha ish haqi oluvchilar soni 5,5 foizga kamaydi
5 noyabr 2020, 13:36

8 oy ichida 1 mln so‘mgacha ish haqi oluvchilar soni 5,5 foizga kamaydi

O‘zbekistonda 1 mln so‘mgacha ish haqi oluvchilar soni 42,8 foizni, 5,5 mln so‘m va undan yuqori oluvchilar soni 6 foizni tashkil etadi.

Farg‘onada «Yevro 4» va «Yevro 5» dizel yonilg‘isi ishlab chiqarish boshlandi
5 noyabr 2020, 12:44 1

Farg‘onada «Yevro 4» va «Yevro 5» dizel yonilg‘isi ishlab chiqarish boshlandi

Farg‘ona viloyatida «Yevro 4» va «Yevro 5» dizel yonilg‘isini ishlab chiqarish boshlandi. Investitsiyaviy loyihaning umumiy qiymati 300 mln dollarni tashkil etadi.

O‘zbekiston 9 oyda 24,2 mln dollarlik sement eksport qildi
5 noyabr 2020, 09:54

O‘zbekiston 9 oyda 24,2 mln dollarlik sement eksport qildi

O‘zbekiston 9 oy davomida 7,8 mln tonna sement ishlab chiqarib, Afg‘oniston, Singapur, Rossiya, Xitoy, Turkiya kabi davlatlarga 24,2 mln dollarlik mahsulot sotdi.

O‘zbekiston va Qozog‘iston tashqi bozorlarga chiqishda hamkorlik qiladi
3 noyabr 2020, 15:43

O‘zbekiston va Qozog‘iston tashqi bozorlarga chiqishda hamkorlik qiladi

O‘zbekiston bosh vaziri Qozog‘iston hukumati vakillarini qabul qildi. Uchrashuvda Qozog‘iston O‘zbekistonga bir qator takliflarni ilgari surdi.

AQSH O‘zbekiston uchun savdo imtiyozlarini saqlab qoldi
3 noyabr 2020, 12:52

AQSH O‘zbekiston uchun savdo imtiyozlarini saqlab qoldi

AQSH Savdo vakolatxonasi O‘zbekistondagi ishchilar huquqlarini ta’minlash bo‘yicha tekshiruvlarni yakunladi va mamlakatning AQSHga umumiy imtiyozlar tizimi bo‘yicha bojsiz mahsulot jo‘natish huquqini saqlab qoldi.

Markaziy bank 5, 10, 20 va 50 grammli oltin quymalarni sotuvga chiqardi
2 noyabr 2020, 22:52

Markaziy bank 5, 10, 20 va 50 grammli oltin quymalarni sotuvga chiqardi

Markaziy bank 2 noyabrdan tijorat banklari orqali 999,9 soflikdagi oltin quymalarni maxsus himoya qadoqlarida sotuvga chiqara boshladi. Ularni xorijga olib chiqish ham mumkin.

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi
2 noyabr 2020, 12:29

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi

Dollarning rasmiy kursi deyarli 7 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 366 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari esa arzonladi.

Oktabr oyida inflyatsiya 1,4 foizni tashkil etdi
2 noyabr 2020, 11:09

Oktabr oyida inflyatsiya 1,4 foizni tashkil etdi

Oktabr oyida inflyatsiya 1,4 foizni tashkil etdi. Oziq-ovqat mahsulotlari 2,3 foizga, nooziq-ovqat mahsulotlari 0,8 foizga, xizmatlar 0,7 foizga qimmatlashdi.

Ayrim transport vositalaridan vaqtinchalik utilizatsiya yig‘imi undirilmaydi
30 oktabr 2020, 17:02

Ayrim transport vositalaridan vaqtinchalik utilizatsiya yig‘imi undirilmaydi

Ayrim transport vositalariga 2022 yil oxiriga qadar utilizatsiya yig‘imining nol stavkasi qo‘llaniladi.

O‘zbekiston oltin sotish bo‘yicha yana yetakchiga aylandi
30 oktabr 2020, 14:19

O‘zbekiston oltin sotish bo‘yicha yana yetakchiga aylandi

O‘zbekiston iyul-sentyabr oylarida 35 tonna oltin sotib, bu borada dunyoda yetakchiga aylandi. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha ikkinchi o‘rinni Turkiya egallab turibdi.

2021 yilda 2 ta, 2025 yilda 10 ta venchur jamg‘armalari tashkil qilinadi
30 oktabr 2020, 14:01

2021 yilda 2 ta, 2025 yilda 10 ta venchur jamg‘armalari tashkil qilinadi

O‘zbekistonda yetakchi investitsiya kompaniyalari bilan hamkorlikda 2021 yilda 2 ta, 2025 yilda 10 ta venchur jamg‘armalari tashkil qilinadi. Ilmiy tashkilotlar rahbarlari lavozimiga ustuvor ravishda ilm-fan tizimini boshqarish ko‘nikmasiga va iqtisodiy bilimga ega bo‘lgan yosh mutaxassislar tayinlanadi.

2021 yilgi davlat byudjeti loyihasi muhokamaga qo‘yildi. Byudjet xarajatlarini 25 foizga oshirish taklif qilinmoqda
30 oktabr 2020, 11:12

2021 yilgi davlat byudjeti loyihasi muhokamaga qo‘yildi. Byudjet xarajatlarini 25 foizga oshirish taklif qilinmoqda

Moliya vazirligi 2021 yilgi davlat byudjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasini muhokamaga qo‘ydi. Hujjatga ko‘ra, YAIM 5,1 foizga o‘sadi, inflyatsiya 10 foiz atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Konsolidatsiyalangan byudjet xarajatlari 203,8 trln co‘mni tashkil qilishi kerak, bu joriy yilda prognoz qilingan xarajatlardan 25,5 foizga va belgilangan ko‘rsatkichlardan 5,6 foizga ko‘p.

Jismoniy shaxslarga taksi xizmatlarini ko‘rsatishga yana ruxsat berilmadi
29 oktabr 2020, 19:29

Jismoniy shaxslarga taksi xizmatlarini ko‘rsatishga yana ruxsat berilmadi

Bir kun oldin imzolangan yashirin iqtisodiyotni qisqartirish to‘g‘risidagi prezident farmonida jismoniy shaxslarga o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar sifatida yo‘lovchilarga taksi xizmatini ko‘rsatish huquqini beruvchi qoidalar mavjud emas. Hujjat loyihasida esa shunday band mavjud edi. Moliya vazirligi buning uchun alohida mexanizm ishlab chiqilayotgani haqida xabar berdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting