Dollarning rasmiy kursi 18 so‘mga qimmatlab, jami 10 339 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham ko‘tarildi.
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bu yil O‘zbekiston YAIM hajmi 2 foizga qisqarishini kutmoqda. 2021 yilda iqtisodiy o‘sish prognozi 6,5%dan 4,5%gacha pasaytirildi.
Qoraqalpog‘istondagi 16 ta tumanning har birida 2 tadan faoliyat turi o‘ziga xos «o‘sish nuqta"si etib belgilandi. Ushbu faoliyat turlari bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub’ektlari uch yil muddatga bir qator soliqlarni to‘lashdan ozod etildi.
Prezident qarori bilan Moliya vazirligining bir qator funksiyalari Soliq maslahatchilari palatasiga o‘tkazildi. Shuningdek, soliq maslahatchilari vakolatlari kengaydi.
Dushanbeda bosh vazir Abdulla Aripov tashrifi doirasida bo‘lib o‘tgan o‘zbek-tojik biznes forumi natijasida qiymati 724 mln dollarga teng bo‘lgan 308 ta investitsiya va savdo shartnomasi imzolandi.
Toshkentda Germaniyaning Iqtisodiyotni tiklash bo‘yicha kredit institutining byurosi ochiladi.
O‘zbekistonda KIA Seltos krossoveri uchta, K5 sedani esa oltita komplektatsiyada taklif qilinmoqda. Kompaniya mazkur modellar narxlarini ham e’lon qildi.
Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining O‘zbekistonga ajratayotgan 40 mln dollarlik kreditlari kichik va o‘rta biznesni, shuningdek, tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi ayollarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.
O‘zgarayotgan aksiz solig‘i stavkalari, tadbirkorlar uchun yangi imtiyoz, kuchga kirayotgan yangi tartiblar — 1 oktyabrdan nimalar o‘zgaradi?
Suntronix konsalting kompaniyasi xalqaro ekspertiza va ilg‘or IT texnologiyalarni biznes raqamli transformatsiyasining asosi sifatida taklif etadi.
Mol-mulk va yer solig‘ini to‘lashda Xorazm, Navoiy va Namangan viloyatlari aholisi yetakchilik qilayotgani ma’lum bo‘ldi. Eng ko‘p soliq imtiyozlarini olayotganlar esa Toshkent shahri, Toshkent, Andijon va Samarqand viloyatlarida.
90 ga yaqin mamlakat jurnalistlari AQSH moliyaviy jinoyatchilik tarmog‘ining (FinCEN) maxfiy hujjatlaridan foydalanish huquqiga ega bo‘lishdi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, hujjatlarda Alisher Usmonovning kompaniyasi va O‘zbekiston milliy banki (NBU) tilga olingan.
AQSH milliy valyutasining rasmiy kursi 5 so‘mga qimmatlab, jami 10 321 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari esa pastladi.
Jismoniy shaxslar o‘lchovli yombilar va Markaziy bank tangalarini O‘zbekistondan olib chiqib ketish huquqiga ega bo‘ldi. Buning uchun tegishli sertifikatni olish lozim.
Prezident qarori bilan O‘zbekistonning barcha hududlarida tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etishni 2021 yil 1 avgustga qadar yakuniga yetkazish topshirildi. Uskunalar «Texnopark» kompaniyasi tomonidan yetkazib beriladi.
Prezident tadbirkorlik sub’ektlariga berilayotgan imtiyozlarni tabaqalashtirish kerakligini ta’kidladi. Yig‘ilishda o‘rta biznes toifasiga kirishi mumkin bo‘lgan korxonani aniqlab, Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan maqsadli mablag‘lar ajratish, mahsulotini sertifikatlash, ilm va innovatsiya xarajatlarini qisman qoplab berish kabi choralar orqali ularga ko‘maklashish muhimligi aytildi.
O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan 2,5 mlndan ortiq avtotransport vositalari mavjud, shulardan 93% yengil avtomobillar. Eng ko‘p avtotransport vositalari Toshkent shahriga, eng kami esa Sirdaryo viloyatiga to‘g‘ri kelmoqda.
ITSV huzuridagi Tarif va notarif tartibga solish kengashi to‘qimachilik sanoati texnologik uskunalari va butlovchi qismlari, shuningdek, yuk avtomobillari, quyultirilgan sut va boshqalar uchun bojxona to‘lovlari stavkalarini kamaytirish masalasini muhokama qildi.
2020 yil boshidan beri O‘zbekiston tashqi qarzining umumiy hajmi 12,7 foizga, ya’ni 3,1 mlrd dollarga oshgan va 1 iyul holatiga ko‘ra 27,6 mlrd dollarni tashkil qilmoqda. Xususiy sektor tomonidan jalb qilingan 2,1 mlrd dollarlik qarzning asosiy qismi, ya’ni 1,8 mlrd dollar banklar tomonidan olingan.
Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi dizel yonilg‘isi narxlarini pasaytirish bo‘yicha qaror qabul qildi. Unga ko‘ra, dizelning bir tonnasi zavodning o‘zida 5,6 mln so‘mgacha, «O‘zbekneftgaz» AJ neft bazalarida esa 5,5 mln so‘mgacha etib belgilandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting