Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari tashkilotchilariga berilgan maydonlarda urug‘lik paxta xomashyosini yetishtirishni moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Moliya vazirligi paxta moyi, shulxa va chigit shroti narxining davlat tomonidan tartibga solishdan voz kechishni taklif etmoqda.
Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan turar-joy egalari o‘z uylarini qisqa muddatli ijara shartnomasiga asosan 30 kungacha bo‘lgan muhlatga ijaraga berishi mumkinligi tasdiqlandi.
Mahalliy go‘sht, baliq, kartoshka, guruch va boshqa mahsulotlar QQSdan ozod qilingan mahsulotlar ro‘yxatiga kiritildi.
Moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov vodiy viloyatlarida gaz zapravkalarida narxning oshganiga izoh berdi.
2018-yilda iste’mol sektorida inflyatsiya 14,3 foizni tashkil etdi. Oziq-ovqat mahsulotlari 14,9 foiz, nooziq-ovqat mahsulotlari 12,5 foiz va xizmatlar 15,8 foizga qimmatlashdi.
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlarini muhofaza qilish qoidalari tasdiqlandi.
«Namangan» erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi.
UMS mobil operatori rebrending o‘tkazadi. 2019 yilda kompaniya Mobiuz savdo belgisi nomi ostida faoliyat ko‘rsatadi.
9 oy davomida O‘zbekistonga 3,8 mlrd dollar pul o‘tkazmalari yuborildi, ularning 77 foizdan ortig‘i Rossiyadan.
1-yanvardan yillik tushumi 100 mln so‘mdan oshgan YATTlar 4 foizlik yagona soliq to‘lovi, 1 mlrd so‘mdan oshsa — soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni yuridik shaxslar uchun nazarda tutilgan tartibda to‘laydi.
GM Uzbekistan, SamAuto va JV MAN Auto-Uzbekistan soliq imtiyozlaridan mahrum etildi. Endilikda ular faqat QQS to‘lovidan ozod qilinadi.
Sergeli tumanida yillik aylanmasi 1 mlrd so‘mdan oshgan 430 tadbirkorlik sub’yekti umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tadi.
Qoraqalpog‘iston go‘sht yetkazib berishga ixtisoslashgan 15 mlrd. 400 mln. so‘mlik, tuxum yetkazib berish bo‘yicha esa 20 mlrd. so‘mlik parrandachilik klasterlari tashkil etiladi.
Prezident Oliy Majlisga murojaatnomasida mahsulot ishlab chiqarish hajmi va uning narxini davlat tomonidan belgilash amaliyotini butunlay qayta ko‘rib chiqish kerakligini ta’kidladi.
Ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish, sanoat tarmoqlarini texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash jarayonini jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident qarori qabul qilindi.
Prezidentning Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi.
DSQ raisining birinchi o‘rinbosari va uch rais o‘rinbosari tayinlandi.
Vobkent tumanida tikuvchilik, bo‘yoq va poyabzal ishlab chiqarish sexi ish boshladi.
«Toshkent-Urganch» tezyurar yo‘lovchi poyezdi yo‘nalishi Xivaga qadar uzaytirildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting