Iqtisodiyot

O‘zbekistonliklarning valyuta kursidagi o‘zgarishlarga nisbatan inflyatsion kutilmalari ortdi
13 oktabr 2024, 09:24

O‘zbekistonliklarning valyuta kursidagi o‘zgarishlarga nisbatan inflyatsion kutilmalari ortdi

Markaziy bankning sentabr oyidagi so‘roviga ko‘ra, O‘zbekiston aholisi va tadbirkorlik vakillari yillik inflyatsiyani prognoz qilishda valyuta kursining o‘zgarishi bilan bog‘liq xavotirlari kuchaydi. Shuningdek, ular kommunal xizmatlar, yoqilg‘i-energetika resurslari narxlarining oshishini taxmin qilmoqda.

O‘zbekistonda Hyundai Rotem poyezdlari ishlab chiqarilishi mumkin
11 oktabr 2024, 22:27

O‘zbekistonda Hyundai Rotem poyezdlari ishlab chiqarilishi mumkin

Hyundai Rotem kompaniyasi O‘zbekistonda elektropoyezdlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi. Transport vazirligida bu borada muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Avvalroq Koreya kompaniyasi bilan “Toshkent-Xiva” tezyurar yo‘nalishi bo‘yicha oltita poyezd yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzilgan edi.

Namanganda AQSh ko‘magida organik mineral o‘g‘itlar zavodi ishga tushdi
11 oktabr 2024, 21:13

Namanganda AQSh ko‘magida organik mineral o‘g‘itlar zavodi ishga tushdi

Namangan viloyatida “Ifoda Agro Kimyo Himoya” korxonasi granulali organomineral o‘g‘itlar ishlab chiqaruvchi zavodni ishga tushirdi. Loyiha uchun USAID’ning o‘g‘itlardan samarali foydalanish jamg‘armasi 460 ming dollar miqdorida grant ajratdi.

O‘zbekiston elektr va gaz ulgurji bozoriga o‘tishni 2027−2028-yillarda yakunlashni rejalashtirmoqda — Jamshid Qo‘chqorov
11 oktabr 2024, 21:04

O‘zbekiston elektr va gaz ulgurji bozoriga o‘tishni 2027−2028-yillarda yakunlashni rejalashtirmoqda — Jamshid Qo‘chqorov

O‘zbekistonda elektr energiyasi ulgurji bozoriga 2027-yilda, gaz bozoriga esa 2028-yilda to‘liq o‘tish rejalashtirilgan, dedi bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov. “Biz O‘zbekiston qazib olish bozoriga ko‘proq kompaniyalar kirishini istaymiz”, — ta’kidladi u.

NKMK birinchi marta 1 mln dollarlik yevrobondlar chiqardi. Mablag‘ qanday maqsadda ishlatiladi?
11 oktabr 2024, 19:35

NKMK birinchi marta 1 mln dollarlik yevrobondlar chiqardi. Mablag‘ qanday maqsadda ishlatiladi?

Navoiy kon-metallurgiya kombinati ilk marta, ikki transhda 4 va 7 yil muddatga umumiy qiymati 1 mlrd dollarlik debyut yevroobligatsiyalarni chiqardi. NKMK mablag‘dan kapital qo‘yilmalar bo‘yicha dasturlarni moliyalashtirish, mavjud qarzni to‘lash yoki muddatidan oldin so‘ndirish va boshqa maqsadlarda foydalanmoqchi.

“Xudo xohlasa, 2025-yilda energotariflar islohotining asosiy bosqichi yakunlanadi” — bosh vazir o‘rinbosari
11 oktabr 2024, 18:23

“Xudo xohlasa, 2025-yilda energotariflar islohotining asosiy bosqichi yakunlanadi” — bosh vazir o‘rinbosari

2025-yilda elektr energiyasi va gaz tariflari islohotining asosiy bosqichini yakunlash rejalashtirilmoqda, dedi O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu ham aholi, ham korxonalar tomonidan energiya resurslaridan ratsional foydalanilishiga xizmat qiladi.

O‘zbekistonda qaysi avtomobillar eng ko‘p sotilmoqda?
11 oktabr 2024, 17:37

O‘zbekistonda qaysi avtomobillar eng ko‘p sotilmoqda?

O‘zbekistonda yil boshidan buyon mahalliy ishlab chiqaruvchilarning 300 mingdan ziyod avtomobili sotildi. UzAuto Motors`ning bu bozordagi ulushi 89,4 foizni tashkil etmoqda. Mashinalari eng ko‘p sotilayotgan brendlar o‘rtasida Chevrolet`dan keyingi o‘rinlarni Kia, BYD va Chery egalladi.

“JSTga a’zo bo‘lish uchun qoidalarning 29 foizi uyg‘unlashtirildi, oldinda hali qancha ishimiz turibdi” — prezident
11 oktabr 2024, 14:28

“JSTga a’zo bo‘lish uchun qoidalarning 29 foizi uyg‘unlashtirildi, oldinda hali qancha ishimiz turibdi” — prezident

O‘zbekiston o‘z qonunchiligini JST kelishuvlari bilan 29 foizga uyg‘unlashtirdi (yil boshida ko‘rsatkich 25 foiz edi), dedi Shavkat Mirziyoyev. Prezident 269 laboratoriya va 2000 dan ortiq mahalliy standartlarning xalqaro standartlarga muvofiq tan olinishiga erishish bo‘yicha topshiriq berdi.

Fan olimpiadalari g‘oliblari olgan pul mukofotlari va sovg‘alari daromad solig‘idan ozod etiladi
11 oktabr 2024, 11:00

Fan olimpiadalari g‘oliblari olgan pul mukofotlari va sovg‘alari daromad solig‘idan ozod etiladi

O‘zbekistonda 2025-yildan boshlab fan olimpiadalari g‘oliblariga to‘lanadigan pul mukofotlari va beriladigan sovg‘alar daromad solig‘idan ozod etiladi. Shuningdek, fan olimpiadalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar joylashtiriladigan, ularda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tiladigan maxsus sayt ishga tushiriladi.

Toshkent-Andijon pulli avtomobil yo‘li 6 yil 3 oy muddatda quriladi
10 oktabr 2024, 21:47

Toshkent-Andijon pulli avtomobil yo‘li 6 yil 3 oy muddatda quriladi

Transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev Toshkent-Andijon pulli avtomobil yo‘li qurilishi vaqti 6 yil 3 oyni tashkil etishini ma’lum qildi. Loyihaga ko‘ra, yo‘lda 10 ta tunnel bo‘ladi (jami uzunligi 33 km, eng uzuni 6,8 km). Pulli yo‘l qurilishi orqali safar vaqti 2 soat 14 daqiqaga qisqaradi.

Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi qonunchilik JST talablariga moslashtiriladi
10 oktabr 2024, 19:30

Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi qonunchilik JST talablariga moslashtiriladi

Prezidentga olib kirilgan texnik jihatdan tartibga solish sohasiga oid taqdimotga ko‘ra, xalqaro tan olinadigan laboratoriyalarni ko‘paytirish, 10 ta yangisini tashkil qilish, sohadagi qonunchilikni JST talablariga moslash rejalashtirilmoqda. Davlat rahbari kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishni buyurdi.

Sentabrda poytaxtdagi o‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar ijara narxi 2,8 foizga oshdi — MHTI
10 oktabr 2024, 18:12

Sentabrda poytaxtdagi o‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar ijara narxi 2,8 foizga oshdi — MHTI

Sentabrda Toshkentda uy-joylar uchun ijara narxlarining oshishi davom etdi. Poytaxtda o‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar uchun o‘rtacha ijara narxlari avgustga nisbatan 2,8 foizga, to‘liq ta’mirlangan xonadonlarniki esa 1,4 foizga oshdi.

Yangi Buxoro aeroporti shahar markazidan 26 km uzoqlikda, 307 gektar maydonda quriladi
10 oktabr 2024, 13:12

Yangi Buxoro aeroporti shahar markazidan 26 km uzoqlikda, 307 gektar maydonda quriladi

Yangi Buxoro xalqaro aeroportini qurish uchun 307 (ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, 380) gektar yer maydoni ajratilishi ko‘zda tutilmoqda. Majmua shahar markazidan 26 km uzoqlikda joylashadi.

Qo‘lda terilgan 1 kg paxta uchun 2500 so‘m haq to‘lanadi
10 oktabr 2024, 09:56

Qo‘lda terilgan 1 kg paxta uchun 2500 so‘m haq to‘lanadi

O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vazirligi qo‘lda terilgan paxtaning har bir kilogrammi uchun 2500 so‘mdan haq to‘lanishini ma’lum qildi. Bu uchun Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan fermerga imtiyozli kredit beriladi.

Buxorodagi yangi xalqaro aeroport o‘tkazuvchanligi ikki baravar oshiriladi
10 oktabr 2024, 00:55

Buxorodagi yangi xalqaro aeroport o‘tkazuvchanligi ikki baravar oshiriladi

Prezident Buxoro xalqaro aeroporti qurilishi rejasi bilan tanishdi. U yangi aeroportda o‘tkazuvchanlik qobiliyatini 2 barobar oshirib, soatiga 8 ta samolyot kelish-ketishiga imkoniyat yaratish zarurligini ta’kidladi.

O‘zbekiston aeroportlarida 9 oyda yo‘lovchi tashish hajmi 33 foizga oshdi
9 oktabr 2024, 22:54

O‘zbekiston aeroportlarida 9 oyda yo‘lovchi tashish hajmi 33 foizga oshdi

III chorakda O‘zbekiston aeroportlarining asosiy ko‘rsatkichlari oshdi. 2023-yilning shu davriga nisbatan yo‘lovchi tashish 33 foizga o‘sib, qariyb million kishini tashkil etdi. 82 637 ta reysga xizmat ko‘rsatildi, bu o‘tgan yilning yanvar-sentabriga nisbatan 36 foizga ko‘p.

OTB O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida elektr uzatish liniyasi qurilishi uchun 15 mln dollar grant ajratadi
9 oktabr 2024, 19:46

OTB O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida elektr uzatish liniyasi qurilishi uchun 15 mln dollar grant ajratadi

Tojikiston mamlakat energetika tizimini Markaziy Osiyo yagona energetika tizimiga qayta ulash va O‘zbekistonga yangi elektr uzatish liniyasini qurish loyihasi uchun OTBdan 15 mln dollar oladi.

“O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lganda 2−3 yillik o‘tish davri bo‘ladi” — Soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari
9 oktabr 2024, 17:14

“O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lganda 2−3 yillik o‘tish davri bo‘ladi” — Soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari

Yirik korxonalar uchun imtiyozlarni bekor qilish oqibatlarini yumshatish uchun O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lganda 2−3 yil oralig‘ida o‘tish davri oladi, dedi Soliq qo‘mitasi rahbari o‘rinbosari Mubin Mirzayev. U, shuningdek, JSTga a’zo bo‘lishning afzalliklarini qayd etdi.

Sentabrda qishloq xo‘jaligi va sanoatda biznes muhiti yaxshilandi, qurilish va xizmat ko‘rsatish sohalarida iqtisodiy faollik pasaydi
9 oktabr 2024, 15:58

Sentabrda qishloq xo‘jaligi va sanoatda biznes muhiti yaxshilandi, qurilish va xizmat ko‘rsatish sohalarida iqtisodiy faollik pasaydi

ITIM so‘rovnomasiga ko‘ra, sentabr oyida qishloq xo‘jaligi va sanoatda biznes muhiti sezilarli darajada yaxshilandi, qurilish va xizmat ko‘rsatish sohalarida iqtisodiy faollik pasayishi kuzatildi. Kompaniyalarning umidlari biroz pasaydi, eng sezilarli optimizm pasayishi qurilish va xizmatlarda ro‘y berdi.

O‘zbekistonda gaz importi 2030-yilga borib 10−11 mlrd kub metrga yetishi mumkin — Energetika vaziri
8 oktabr 2024, 17:32

O‘zbekistonda gaz importi 2030-yilga borib 10−11 mlrd kub metrga yetishi mumkin — Energetika vaziri

2030-yilga qadar O‘zbekistonda gaz qazib olishni 62 milliard kub metrga yetkazish rejalashtirilgan (lekin so‘nggi yillarda u pasaymoqda). Agar Ustyurt mintaqasida geologiya-qidiruv ishlari kutilgan natijani bermasa, import ko‘rsatilgan yilga kelib 10−11 milliard kub metrga yetadi, dedi energetika vaziri.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting