Iqtisodiyot

Bojxonachilar yil boshidan buyon 888 kg giyohvandlik vositalari aylanmasiga chek qo‘ydi
22 oktabr 2024, 14:06

Bojxonachilar yil boshidan buyon 888 kg giyohvandlik vositalari aylanmasiga chek qo‘ydi

2024-yilning 9 oyi davomida bojxona organlari xodimlari tomonidan 888 kg giyohvandlik vositalari, 406 ming dona psixotrop va kuchli ta’sir etuvchi moddalar ushlab qolindi.

O‘zbekiston gaz eksportini ko‘paytirmoqda, import ham o‘sib, qazib olish kamaymoqda
21 oktabr 2024, 19:54

O‘zbekiston gaz eksportini ko‘paytirmoqda, import ham o‘sib, qazib olish kamaymoqda

O‘zbekistonga gaz importi yanvar-sentabr oralig‘ida 1,28 mlrd dollarni tashkil etdi, bu 2023-yil to‘qqiz oyidagi ko‘rsatkichdan 3,6 barobar ko‘p, deya xabar berdi Statagentlik. “Ko‘k yoqilg‘i” eksporti 479,5 mln dollargacha (+16,5 foiz), sentabr uchun esa (bir yil avvalgidan) 2,2 baravar oshdi.

O‘zbekistonda sakkizta chiqindi yoqish zavodi qurish rejalashtirilmoqda, prezident ushbu sonni ko‘paytirishni buyurdi
21 oktabr 2024, 19:14

O‘zbekistonda sakkizta chiqindi yoqish zavodi qurish rejalashtirilmoqda, prezident ushbu sonni ko‘paytirishni buyurdi

O‘zbekiston sakkizta chiqindi yoqish zavodi qurish va Ohangaron poligonida chiqindi gazini qayta ishlashni rejalashtirmoqda, loyihalarga qariyb 1,3 mlrd dollar investitsiya kiritish kutilyapti. “Bular shunchaki zavod emas, hayot-mamotimizni hal qiladigan masalalardan biri”, — dedi prezident.

Antikorrupsiya agentligi 4 vazirlikning 160 nafar xodimi tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotganini aniqladi
21 oktabr 2024, 17:58

Antikorrupsiya agentligi 4 vazirlikning 160 nafar xodimi tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotganini aniqladi

Ekologiya, Tog‘-kon sanoati va geologiya, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar, Energetika vazirliklarining 160 nafar boshqaruv xodimi 170 ta tadbirkorlik subyektida ta’sischilik asosida faoliyat yuritmoqda.

Ohangaron poligonida chiqindi gazini qayta ishlash rejalashtirilmoqda
21 oktabr 2024, 17:50

Ohangaron poligonida chiqindi gazini qayta ishlash rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda qariyb 1 milliard 300 million dollarlik investitsiyalarni jalb etgan holda, 8 ta chiqindi yoqish zavodi qurish hamda Ohangaron poligonida chiqindi gazini qayta ishlash rejalashtirilmoqda.

Afg‘onistonda o‘zbek haydovchilaridan undiriladigan yig‘imlar miqdori kamaytirildi
21 oktabr 2024, 17:43

Afg‘onistonda o‘zbek haydovchilaridan undiriladigan yig‘imlar miqdori kamaytirildi

Afg‘onistonda o‘zbek haydovchilaridan undiriladigan yig‘im va to‘lovlar jami taxminan 99 dollarga (6,5 ming afg‘oni miqdorida) kamaytirildi. Bunda yuk avtomobilining Afg‘oniston hududiga kirishi (3 ming afg‘oni) va Amudaryo ko‘prigidan o‘tish uchun yig‘im (7 ming afg‘oni) etib belgilandi.

O‘zbekistonda gaz qazib olish qisqarishi davom etmoqda, benzin va dizel ishlab chiqarish kamaydi
21 oktabr 2024, 17:33

O‘zbekistonda gaz qazib olish qisqarishi davom etmoqda, benzin va dizel ishlab chiqarish kamaydi

Sentabrda O‘zbekistonda gaz qazib olish hajmi pasayishda davom etdi va 3,55 mlrd kub metrgacha kamaydi (2023-yil sentabriga nisbatan -5,8 foiz). Benzin ishlab chiqarish hajmi 99,2 ming tonnagacha (-11,1 foiz), dizelniki esa 72 ming tonnagacha (-5,5 foiz) pasaydi.

Raqamli texnologiyalar vazirligiga 50 mln dollar miqdorida foizsiz kredit ajratiladi
21 oktabr 2024, 10:44

Raqamli texnologiyalar vazirligiga 50 mln dollar miqdorida foizsiz kredit ajratiladi

Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish uchun 2025-yil 1-yanvardan boshlab Raqamli texnologiyalar vazirligiga 5 yil muddatga 50 million AQSh dollari miqdorida foizsiz kredit ajratilishini ta’minlaydi.

Malayziya eksport-import banki O‘zbekistonning islom bank bozoriga kirish masalasini muhokama qilmoqda
19 oktabr 2024, 16:23

Malayziya eksport-import banki O‘zbekistonning islom bank bozoriga kirish masalasini muhokama qilmoqda

Malayziya eksport-import banki rahbari va O‘zbekiston elchisi bankning O‘zbekiston Islom banking va sug‘urta (takaful) bozoriga kirishi, shuningdek, mamlakat banklariga moliyaviy resurslar ajratilishini muhokama qildi.

Janubiy Koreyaning HAEAHN kompaniyasi Yangi Toshkentdagi 500 mln dollarlik tibbiy klaster bosh rejasini ishlab chiqdi
18 oktabr 2024, 22:06

Janubiy Koreyaning HAEAHN kompaniyasi Yangi Toshkentdagi 500 mln dollarlik tibbiy klaster bosh rejasini ishlab chiqdi

Janubiy Koreyaning HAEAHN Architecture kompaniyasi Yangi Toshkentda 420 gektar maydonda tibbiy klaster bosh rejasini ishlab chiqdi. Uning qiymati 500 mln dollarga baholanmoqda. 2007-yilda kompaniya hozirgi Toshkent shahri o‘rnida biznes majmuasi loyihasini ham ishlab chiqqandi.

Vazirlarda raqamlashtirish va xususiylashtirish bo‘yicha o‘rinbosarlar paydo bo‘ladi — Davaktiv rahbari
18 oktabr 2024, 19:53

Vazirlarda raqamlashtirish va xususiylashtirish bo‘yicha o‘rinbosarlar paydo bo‘ladi — Davaktiv rahbari

2025-yil O‘zbekistonda barcha sohalarga xususiy sektorni jalb qilish yili bo‘ladi, dedi Davaktiv rahbari Akmalxon Ortiqov prezidentga tayanib. Unga ko‘ra, davlat rahbari vazirlarning raqamlashtirish va xususiylashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlarini tayinlash bo‘yicha topshiriqlar bergan.

O‘zbekiston 2030-yilgacha YIMni 160 emas, 200 mlrd dollarga yetkazmoqchi
18 oktabr 2024, 12:55

O‘zbekiston 2030-yilgacha YIMni 160 emas, 200 mlrd dollarga yetkazmoqchi

2030-yilgacha O‘zbekiston YIMni 200 mlrd dollarga yetkazish rejalashtirilgan, bu avvalgi (160 mlrd dollar) prognozdan ko‘proq, dedi Iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi o‘rinbosari. Inflyatsiyani 5 foizgacha pasaytirish maqsadiga 2027-yilda erishilishi kutilmoqda, bu esa Markaziy bank prognozidagidan kechroq.

“Budjetga tushumlarni oshirish bilan birga xarajatlarni optimallashtiramiz”. Prezident 2025-yilgi davlat budjeti haqida gapirdi
18 oktabr 2024, 11:38

“Budjetga tushumlarni oshirish bilan birga xarajatlarni optimallashtiramiz”. Prezident 2025-yilgi davlat budjeti haqida gapirdi

Prezident 2025-yilgi budjet parametrlarini muhokama qildi. Unda raqamlashtirish, sun’iy intellekt yordamida xarajatlarni optimallashtirish va daromadni oshirish muhimligi aytildi. Eksportni 25 foizga yetkazish, mahalliylashtirish dasturini tasdiqlash reja qilindi. Yangi yilda 78 tuman o‘zini o‘zi qoplashga o‘tadi.

O‘zini o‘zi band qilganlar IT park rezidentiga aylanishi mumkin bo‘ladi
17 oktabr 2024, 22:11

O‘zini o‘zi band qilganlar IT park rezidentiga aylanishi mumkin bo‘ladi

O‘zbekistonda 2028-yilgacha raqamli texnologiyalar sohasida o‘zini o‘zi band qilganlarni qo‘llab-quvvatlash dasturi amalga oshiriladi. Dastur ishtirokchilari IT park rezidenti maqomini oladi va boshqa IT kompaniyalari kabi tibbiy xizmatlar, sport zallari va ofis maydonlaridan foydalanishi mumkin bo‘ladi.

Investitsiyalar vazirining sobiq o‘rinbosari Dilshod Axmedov “O‘zmetkombinat”ga rahbar bo‘ldi
17 oktabr 2024, 20:46

Investitsiyalar vazirining sobiq o‘rinbosari Dilshod Axmedov “O‘zmetkombinat”ga rahbar bo‘ldi

Bungacha Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Dilshod Axmedov “O‘zmetkombinat” bosh direktori etib tayinlandi.

QQS va bojxona to‘lovlarini bo‘lib to‘lash muddatlari qisqartirilmoqda
17 oktabr 2024, 20:26

QQS va bojxona to‘lovlarini bo‘lib to‘lash muddatlari qisqartirilmoqda

Prezident farmoni bilan tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha valyuta nazorati siyosatiga o‘zgartirishlar kiritildi. Muddati o‘tgan debitor qarzdorligi bo‘lgan tadbirkorlarga berilgan qator yengilliklar bekor qilinmoqda, QQS va bojxona to‘lovlarini bo‘lib to‘lash muddatlari ham qisqartirilmoqda.

O‘zbekiston Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasida eng tez o‘sayotgan uch iqtisodiyotdan biri — Jahon banki
17 oktabr 2024, 17:46

O‘zbekiston Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasida eng tez o‘sayotgan uch iqtisodiyotdan biri — Jahon banki

Jahon banki 2024-yilda Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasida iqtisodiyoti eng tez o‘sayotgan mamlakatlar Gruziya, Tojikiston va O‘zbekiston ekanini qayd etdi. Mintaqada bir qator inqirozlardan so‘ng iqtisodiy o‘sish barqarorlashmoqda, ammo ko‘rsatkichlar 2000-yillar boshiga nisbatan ancha past darajada qolmoqda.

Ajemo‘g‘li, Jonson va Robinsonga nega Nobel mukofoti berildi? Iqtisodchi Behzod Hoshimov tushuntiradi
17 oktabr 2024, 15:37

Ajemo‘g‘li, Jonson va Robinsonga nega Nobel mukofoti berildi? Iqtisodchi Behzod Hoshimov tushuntiradi

Iqtisodiyot bo‘yicha 2024-yilgi Nobel mukofoti siyosiy institutlarning farovonlikka ta’sirini o‘rganishga doir tadqiqotlari uchun Daron Ajemo‘g‘li, Saymon Jonson va Jeyms Robinsonga berildi. Iqtisodchi Behzod Hoshimov “Gazeta.uz” bilan suhbatda mukofotga nega aynan ular loyiq ko‘rilganini tushuntirdi.

Sun’iy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasi tasdiqlandi
17 oktabr 2024, 12:31

Sun’iy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasi tasdiqlandi

Prezident qarori bilan sun’iy intellekt asosida yaratilgan dasturiy mahsulotlar va ko‘rsatiladigan xizmatlar hajmini 1,5 mlrd dollarga yetkazish ko‘zda tutilmoqda.

Markaziy bank asosiy stavkani ko‘rib chiqish uchun yig‘ilishni keyinga qoldirdi
17 oktabr 2024, 12:30

Markaziy bank asosiy stavkani ko‘rib chiqish uchun yig‘ilishni keyinga qoldirdi

Markaziy bank xalqaro tashkilotlarning yangilangan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari oktabr oyining ikkinchi yarmida e’lon qilinishini kutmoqda. Shu munosabat bilan regulyator asosiy stavkani ko‘rib chiqish uchun yig‘ilishni bir haftaga qoldirishga qaror qildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting