«O‘zbekneftgaz» ilk bor gaz eksporti tafsilotlarini e’lon qildi. Joriy yilda kompaniya xorijga yetkazib berilayotgan gaz hajmini 15 mlrd kub metrga oshirishni rejalashtirmoqda.
Markaziy bank AQSH g‘aznachilik vekseli hamda boshqa davlatlar, jumladan Xitoyning qarz majburiyatlarini xarid qilishni rejalashtirmoqda, mamlakat zaxiralaridagi oltin ulushi esa qisqaradi.
Proteksionizmning tariflar, kvotalar, subsidiyalar, sertifikatlash, milliy mahsulotlardan foydalanish talablarini joriy qilish, ma’muriy to‘siqlar, antidemping va valyuta kurslarini boshqarish kabi usullari keng qo‘llaniladi.
«O‘zbekiston pochtasi» kompaniyasiga Yevgeniy Birger o‘rniga Alisher Fayzullayev rahbar bo‘ldi. O‘tgan yili kompaniya 27,8 mlrd so‘m zarar ko‘rdi, 2017 yildagi sof foydasi esa 274,3 mln so‘mni tashkil etgan edi.
AQSHning «Alfa Eco Corporation» MCHJ kompaniyasi Jizzax viloyati Zafarobod, Forish, Baxmal tumanlarining birida sement zavodi qurmoqchi.
«O‘zbekneftgaz» Qoraqalpog‘istonda ikkita, Farg‘ona vodiysida bitta konda sanoat miqyosidagi gaz oqimlari olinganini ma’lum qildi.
O‘zbekistonda energiyadan ratsional foydalanish, issiqxona gazlarini chiqarishni kamaytirish va ifloslanish darajasini minimallashtirish bo‘yicha davlat dasturi qabul qilinadi.
O‘zbekiston bu yil yana dollarda yevrobondlar chiqarishi mumkin, deya ma’lum qildi Markaziy bank rahbari Mamarizo Nurmuratov Bloomberg agentligiga.
«O‘zbekiston havo yo‘llari» Toshkentdan Qarshiga samolyotlar qatnovini qayta tiklamoqda. Andijonga esa hozircha parvozlar yo‘lga qo‘yilmaydi.
Import kiyimlar va boshqa kiyim-kechak mahsulotlarini sertifikatlash taklif qilinmoqda. Tegishli markirovkasiz mahsulotlarni sotishga yo‘l qo‘ymaslik rejalashtirilmoqda.
Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziyalar berish uchun elektron auksion o‘tkazish tartibi belgilandi.
Prezident qarori bilan neft-gaz tarmog‘ini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha respublika ishchi komissiyasi tuzildi.
O‘zbekistonda chet elliklar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i uchun to‘langan pullarni qaytarib berish tizimini (Tax Free) joriy etish rejalashtirilmoqda.
Mahalliy avtomobillar narxi qimmatlashmasligi uchun mahalliylashtirish darajasini oshirish hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilarni aksiz soliqlari va avtotransport yig‘imlaridan ozod qilish rejalashtirilmoqda.
Ishga tushgan Katta Farg‘ona kanali kichik GESlar kaskadining umumiy quvvati 12 MVtga teng bo‘lib, yiliga 72,89 million kVt.soat elektr toki ishlab chiqaradi.
Kartoshka, baqlajon va pomidorga zarar yetkazadigan Kolorado qo‘ng‘iziga qarshi kurashish bo‘yicha tavsiyalar taqdim etildi.
Yoqilg‘i-energetika sohasida o‘zaro hisob-kitoblarni yanada takomillashtirish va moliyaviy barqarorlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident farmoni qabul qilindi.
Avtosanoat korxonalari uchun QQS imtiyozlarining bekor qilinishi byudjetga soliq tushumini 443 mln dollarga oshiradi. «O‘zavtosanoat» rahbari Shavkat Umurzoqov kompaniyaning moliyaviy ahvoli haqida ma’lumot berdi.
«O‘zbekiston 24» telekanali lavhasida UzAuto Motors kompaniyasining yangi Shevrolet Onix sedani va boshqa modellarini mahalliylashtirish darajasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar namoyish qilindi.
Buxoro shahrida «Bukhara City» zamonaviy ishbilarmonlik va turar joylar markazini barpo qilishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting