Prezident qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Hujjat 2020 yil 1 martdan kuchga kiradi.
Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki O‘zbekiston bilan hamkorlikda Afg‘onistonda transport infratuzilmalari va energetika sohalarida loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
Hindiston Qishloq xo‘jaligi va fermerlar farovonligi vazirligida o‘tkazilgan muzokara natijasida O‘zbekistondan Hindistonga 29 xil qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksport qilinishiga ruxsat olindi.
Mahsulotni eksport qilishda tashish xarajatlarini O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga kompensatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Joriy yilning avgust oyidan boshlab qishloq xo‘jaligi mahsulotlari O‘zbekistondan Xitoyga yer usti transportlarida eksport qilinishiga ruxsat berildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘tkazgan yig‘ilishda eksport, investitsiya va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish masalalari muhokama qilindi.
Adliya vazirligi va Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonda investitsiya muhitini yanada yaxshilash maqsadida xalqaro arbitraj islohotini o‘tkazadi.
Termiz shahridan «O‘zbekiston — Tojikiston — Xitoy» yo‘nalishida yangi transport koridori bo‘yicha tajriba-sinov avtokarvoni yo‘lga chiqdi.
Markaziy bank dollarning so‘mga nisbatan kursi tashqi va ichki omillar sababli keskin ko‘tarilib ketganini ma’lum qildi. 10 avgustdan yangi kurs belgilandi.
«O‘zbekiston» mehmonxonasi davlat ulushining boshlang‘ich narxi 10 foizga pasaytirilib, 29,7 mln. AQSH dollari etib belgilandi.
Oybek Tursunov va Ismoil Murodov ta’sischisi hisoblangan Promadik Invest kompaniyasi «Kapitalbank» bankining 36 foiz aksiyalarini sotib oldi.
Bojxona imtiyoziga ega bo‘lish uchun «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasiga a’zo bo‘lgan, aslida esa noqonuniy faoliyat yuritgan tadbirkorlik sub’ektlari fosh etildi.
Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan 1416 ta xo‘jalik sub’ekti joy olgan O‘zbekistonning yirik soliq to‘lovchilari ro‘yxati e’lon qilindi.
Namangan viloyatidagi To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektr stansiyasining birinchi gaz turbinasi ishga tushirildi. Noyabrdan stansiya to‘liq quvvat bilan ishga tushib, Farg‘ona vodiysining elektr energiyasiga bo‘lgan asosiy ehtiyojini qoplaydi.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi sobiq «Chorsu» mehmonxona majmuasini investitsiya majburiyatlarini bajarish sharti bilan takroran ommaviy savdolarga chiqaradi.
Sheroz Azamatov Jomboy tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.
Sug‘urta bozorini isloh qilish va uning jadal rivojlanishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident qarori qabul qilindi.
Pillachilik tarmog‘ida chuqur qayta ishlashni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi prezident qarori qabul qilindi.
Ai-91 benzini narxi 15 avgustdan birja savdolari orqali erkin belgilanadi. Hozirda bir litr Ai-91 birjada yuridik shaxslarga o‘rtacha 5500 so‘mdan sotilmoqda.
Qozog‘iston bilan chegaradan yangi Sirdaryo davlatlararo tutashuv punkti ochildi. Uning O‘zbekiston mahsulotlarini Qozog‘istonning janubiy hududlarida eksport qilinishida qulay sharoitlar yaratishi kutilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting