Iqtisodiyot

Transafg‘on temir yo‘li loyihasi 8,2 mlrd dollarga baholandi
6 dekabr 2022, 19:26

Transafg‘on temir yo‘li loyihasi 8,2 mlrd dollarga baholandi

Pokiston «Termiz — Mozori Sharif — Kobul — Peshovar» transafg‘on temir yo‘li qurilishi loyihasini 8,2 mlrd dollarga baholadi. Bu O‘zbekiston hisob-kitoblaridan ancha yuqori.

Sug‘urta polislarini ro‘yxatga oluvchi va aylanmasini nazorat qiluvchi yagona axborot tizimi yaratiladi
6 dekabr 2022, 14:28

Sug‘urta polislarini ro‘yxatga oluvchi va aylanmasini nazorat qiluvchi yagona axborot tizimi yaratiladi

Hukumat qarori bilan yil yakuniga qadar sug‘urta polislarini ro‘yxatga oluvchi va ularning aylanmasini nazorat qiluvchi yagona axborot tizimi joriy etiladi. Shu bilan birga, 1 iyulgacha «Qishloq xo‘jaligi tavakkalchiliklarini sug‘urtalash to‘g‘risida»gi qonun loyihasi ishlab chiqiladi.

«O‘zbekneftgaz» o‘z AYOQSHlarida AI-80 benzin narxi oshganini rad etdi
6 dekabr 2022, 11:51

«O‘zbekneftgaz» o‘z AYOQSHlarida AI-80 benzin narxi oshganini rad etdi

«O‘zbekneftgaz» AI-80 benzini narxi oshirilmagani va uning 1 litri 6800 so‘mligicha saqlanib qolayotganini ma’lum qildi. Shuningdek, kompaniya respublika NQIZlarida sutkasiga 4000 tonnadan benzin ishlab chiqarilayotgani va avtomobillar uchun bu turdagi yoqilg‘i zaxirasi yetarli ekanini qayd etdi.

«Aeroflot» kompaniyasi Sankt-Peterburgdan Toshkent va Samarqandga muntazam reyslarni yo‘lga qo‘yadi
6 dekabr 2022, 10:18

«Aeroflot» kompaniyasi Sankt-Peterburgdan Toshkent va Samarqandga muntazam reyslarni yo‘lga qo‘yadi

«Aeroflot» kompaniyasi Sankt-Peterburgdan Toshkent va Samarqandga muntazam reyslarni yo‘lga qo‘yadi. Parvozlar Boeing 738 samolyotlarida haftasiga uch marta — chorshanba, juma va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.

Banklarda dollarning sotish kursi 11 330 so‘mgacha ko‘tarildi
6 dekabr 2022, 09:41

Banklarda dollarning sotish kursi 11 330 so‘mgacha ko‘tarildi

6 dekabr kuni tijorat banklari dollarni 11 250−11 310 so‘m oralig‘ida sotib olmoqda, sotish kursi esa — 11 330 so‘m.

O‘zbekistonda ishlab chiqaruvchilarga «yashil sertifikatlar» berish boshlanadi
5 dekabr 2022, 20:53

O‘zbekistonda ishlab chiqaruvchilarga «yashil sertifikatlar» berish boshlanadi

2023 yil 1 iyundan boshlab O‘zbekistonda mahsulotlarni ishlab chiqarishda ekologiyaga ta’sirni cheklash bo‘yicha talablar asosida «yashil sertifikatlar» tizimi joriy etiladi. 2024 yildan esa quvvati 1 MVtdan yuqori quyosh va shamol elektr stansiyalarida energiyani saqlash tizimi majburiy tartibda joriy etiladi.

O‘zbekistonda daromadlar tengsizligi: ta’lim va tibbiyot sohasi vakillari jamiyatning eng past daromadli qatlami bo‘lib qolmoqda
5 dekabr 2022, 12:05

O‘zbekistonda daromadlar tengsizligi: ta’lim va tibbiyot sohasi vakillari jamiyatning eng past daromadli qatlami bo‘lib qolmoqda

Eng past daromadga ega aholi guruhining umumiy daromadlardagi ulushi yildan-yilga qisqarib bormoqda. Iqtisodchi Mirkomil Xolboyev daromadlar tengsizligiga bag‘ishlangan maqolasining ikkinchi qismida sohalar va turli daromad guruhlari o‘rtasidagi daromadlar tengsizligining sabablarini haqida fikr yuritadi.

UzAuto Motors Gentra ishlab chiqarishni to‘xtatib, Cadillac savdosini boshlashni rejalashtirmoqda
3 dekabr 2022, 19:41

UzAuto Motors Gentra ishlab chiqarishni to‘xtatib, Cadillac savdosini boshlashni rejalashtirmoqda

UzAuto Motors 2023 yil oxirida Chevrolet Gentra (Lacetti) modelini ishlab chiqarishni to‘xtatishni rejalashtirmoqda. Shu bilan birga, O‘zbekistonda Cadillac rusumli avtomobillar hamda yangilangan Equinox va Traverse krossoverlari savdosini boshlashni rejalashtirmoqda.

Toshkentda kvartiralarning 1 kv. metri narxi $1000 dan oshdi — PMTI
3 dekabr 2022, 19:12

Toshkentda kvartiralarning 1 kv. metri narxi $1000 dan oshdi — PMTI

Toshkentda kvartiralarning 1 kv. metrining o‘rtacha narxi yil davomida 27 foizga o‘sib, o‘rtacha 1078 dollarga yetdi, deya xabar bermoqda PMTI tahlilchilari. Poytaxtning beshta tumanida ko‘chmas mulk narxi shahardagi o‘rtacha narxlardan ancha yuqori.

O‘zbekistonda yangi Chevrolet Cobalt ishlab chiqarilishi mumkin
2 dekabr 2022, 21:39

O‘zbekistonda yangi Chevrolet Cobalt ishlab chiqarilishi mumkin

UzAuto Motors kompaniyasi Chevrolet Cobalt avtomobilining yangilangan prototipini O‘zbekistonga olib keldi. Ushbu versiya 2024 yildan ishlab chiqarilishi mumkin.

O‘zbekistonda daromadlar tengsizligi: o‘rtacha toshkentlik o‘rtacha farg‘onalikdan salkam uch karra boyroq
2 dekabr 2022, 19:29

O‘zbekistonda daromadlar tengsizligi: o‘rtacha toshkentlik o‘rtacha farg‘onalikdan salkam uch karra boyroq

Faol ijtimoiy siyosatga qaramay, O‘zbekistonda daromadlar tengsizligi sezilarli o‘smoqda. Iqtisodchi Mirkomil Xolboyev shu mavzudagi maqolasining birinchi qismida hududlararo daromadlar tengsizligining sabablarini tushuntiradi. Uning fikricha, bunday keskinlashuvga hukumat ham bevosita hissa qo‘shyapti.

Rossiya bosh vaziri O‘zbekistonda AES loyihasini amalga oshirishni tezlashtirishga chaqirdi
2 dekabr 2022, 18:26

Rossiya bosh vaziri O‘zbekistonda AES loyihasini amalga oshirishni tezlashtirishga chaqirdi

Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin Samarqandda O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov bilan uchrashuvda atom elektr stansiyasini qurish loyihasi bo‘yicha kelishuvlarni amalga oshirishni tezlashtirishga chaqirdi.

Toshkent dunyoning eng qimmat shaharlari reytingida 168-o‘rinni egalladi
2 dekabr 2022, 16:35

Toshkent dunyoning eng qimmat shaharlari reytingida 168-o‘rinni egalladi

Toshkent bu yil dunyoning eng qimmat shaharlari reytingida o‘tgan yilga nisbatan (2021 yilda 171-o‘rin edi) o‘z o‘rnini biroz yaxshilagan holda 168-o‘rinni egalladi. Bu yil yashash uchun eng qimmat shaharlar Singapur va Nyu-York bo‘ldi.

Gaz quyish shoxobchalaridagi cheklovlar metan narxining oshishiga sabab bo‘la olmaydi — Antimonopoliya qo‘mitasi
2 dekabr 2022, 16:08

Gaz quyish shoxobchalaridagi cheklovlar metan narxining oshishiga sabab bo‘la olmaydi — Antimonopoliya qo‘mitasi

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi metan gaz narxlari nazoratga olinganini ma’lum qildi. Qo‘mita narxlarini sun’iy ravishda oshirish holati aniqlangan taqdirda mansabdor shaxslarga belgilangan tartibda tegishli chora ko‘rilishini eslatib o‘tdi.

Tijorat banklarida dollar kursi ko‘tarildi
2 dekabr 2022, 09:47

Tijorat banklarida dollar kursi ko‘tarildi

Banklar 2 dekabr kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 175 — 11 285 so‘mdan sotib olmoqda, aholiga sotish kursi esa 11 285 so‘m etib belgilandi.

Soliq tizimi faoliyati yanada shaffoflashadi — Sherzod Kudbiyev
1 dekabr 2022, 10:57

Soliq tizimi faoliyati yanada shaffoflashadi — Sherzod Kudbiyev

DSQ raisi Sherzod Kudbiyev 1 dekabrdan boshlab soliq organlari jarayonlarni avtomatlashtirish hisobiga olingan ma’lumotlarni ochiq e’lon qilishga tayyor ekanini ma’lum qildi.

Shavkat Mirziyoyev yerlarni auksion orqali sotishni soddalashtirish chora-tadbirlarini tasdiqladi
1 dekabr 2022, 10:23

Shavkat Mirziyoyev yerlarni auksion orqali sotishni soddalashtirish chora-tadbirlarini tasdiqladi

Prezidentga yerlarni auksion orqali sotishni soddalashtirish uchun savdoga qo‘yish bosqichlari va muddatlarini qisqartirish, bu jarayonga kadastr organlari xodimlarini jalb etish hamda xususiylashtirish bo‘yicha yig‘im miqdorini kamaytirish taklif etilmoqda. Davlat rahbari ushbu chora-tadbirlarni tasdiqladi.

1 dekabrda aksar banklarda dollarning sotish kursi 11 260 so‘mgacha tushdi
1 dekabr 2022, 09:41

1 dekabrda aksar banklarda dollarning sotish kursi 11 260 so‘mgacha tushdi

Tijorat banklari 1 dekabr uchun dollarning sotish va sotib olish bo‘yicha yangi qiymatini e’lon qildi.

«Ipak yo‘lida turizm» 27-Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi ish boshladi
30 noyabr 2022, 20:59

«Ipak yo‘lida turizm» 27-Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi ish boshladi

30 noyabr-2 dekabr kunlari «Ipak yo‘lida turizm» Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi bo‘lib o‘tadi. Unda dunyoning 30 ta davlatidan 300 nafardan ziyod soha mutaxassislari ishtirokida forum va sessiyalar, modalar namoyishi, B2B uchrashuvlari, gastrobozor, xalqaro oshpazlarning mahorat darslari o‘tkaziladi.

Bosh prokuratura hindistonlik investorning Toshkent hokimiga qarshi ayblovlarini tekshirmoqda
30 noyabr 2022, 18:52

Bosh prokuratura hindistonlik investorning Toshkent hokimiga qarshi ayblovlarini tekshirmoqda

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi avvalroq Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevni shantajda ayblagan hindistonlik tadbirkor Murari Lal Jalanning bayonotini tekshirishga kirishdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting