Jahon banki iqtisodchisi Eskender Trushin O‘zbekiston iqtisodiyotining qaysi tarmoqlari jahon bozorida raqobatbardosh ekani va qanday yordamga muhtojligini tahlil qildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 2023 yilgacha avtomobil ishlab chiqarish hajmini 250 mingdan 350 ming donaga, eksport hajmini kamida 100 ming donaga yetkazish vazifasini qo‘ydi.
SMS-xabarnoma xizmati narxining 15 iyuldan oshirilishi qimmat uskunalar sotib olingani bilan izohlanmoqda.
Qanday qilib qishloq xo‘jaligidan foydalanishni muvozanatlashtirish, hosildorlik va eksportni oshirish hamda yer egaligi huquqlarini mustahkamlash mumkin? O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sohasidagi muammolar tahlili Jahon bankining qishloq xo‘jaligi bo‘yicha yetakchi iqtisodchisi Sergiy Zorya maqolasida.
«O‘zeltexsanoat» uyushmasiga avval Artel Engineering and Management kompaniyasida faoliyat ko‘rsatgan Mirziyod Yunusov rahbar bo‘ldi.
Prezident yashirin ish o‘rinlarini legallashtirish, bo‘sh turgan obyektlarda yangi korxonalar tashkil etish kabi choralar orqali byudjetga qo‘shimcha milliardlab mablag‘lar tushirilishi mumkinligini ma’lum qildi.
WebMoney Transfer tizimi O‘zbekiston bozorida ish boshladi. So‘mdagi WMY-karmonchalarini UzCard, Paynet va Oson orqali to‘ldirish mumkin.
Qashqadaryo iqtisodiy sudlari tomonidan Savdo-sanoat palatasi hududiy boshqarmalarining tadbirkorlar manfaatini ko‘zlab kiritgan arizalarining 170 tasi rad etilgan.
O‘zbekiston hududida naqd xorijiy valyutani qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimchalar kiritish haqidagi qaror davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Baholash faoliyatini yanada takomillashtirish hamda past rentabelli va faoliyat yuritmayotgan korxonalarni sotish mexanizmlarini soddalashtirish to‘g‘risidagi prezident qarori qabul qilindi.
Beloruslik investorlar Toshkentda dori vositalarini ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Loyiha manzili Toshkent vaksina va zardoblar ITI manzili bilan mos kelmoqda.
Prezident qarori bilan O‘zbekiston va «Gazprom EP Interneshnl B.V.» o‘rtasida Ustyurt mintaqasidagi Jel koni bo‘yicha imzolangan mahsulot taqsimotiga oid Bitim va 1-son Qo‘shimcha bitim tasdiqlanadi.
Hukumat qarori bilan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzurida eksperiment tariqasida Xorijiy investorlarga ko‘maklashish guruhi tashkil etildi.
Import bojxona bojlarini qayta ko‘rib chiqish taklif qilinmoqda. «Nol» bojxona boji stavkasi qo‘llaniladigan tovar pozitsiyalari ulushining 62,7 foizdan 40,1 foizgacha kamayishi kutilmoqda.
GM Uzbekistan kompaniyasi nomi UzAuto Motors`ga o‘zgartirildi. Ta’sis hujjatlariga kiritilgan o‘zgartishlar 1 iyul kuni ro‘yxatga olindi.
Sirdaryo viloyatida Biznes-akselerator o‘quv-amaliy markazi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida hukumat qarori qabul qilindi.
«O‘zbekiston havo yo‘llari» beshinchi Boeing 787−8 Dreamliner samolyotiga ega bo‘ldi. U Sietldan Toshkentga qo‘nmasdan uchib keldi.
To‘lov qobiliyatini yo‘qotgan eski namunadagi 50, 100 so‘mlik tanga va banknotlarni Markaziy bank hududiy boshqarmalarining hisob-kitob kassa markazlarida almashtirish mumkin.
«O‘zbekneftgaz» rahbari Bahodirjon Sidiqov neft-gaz sohasi xaridlar tizimida korrupsiya bo‘lganini tan oldi. Biroq hozirda barchasi shaffof, dedi u.
«Navoiy» erkin iqtisodiy zonasi hududida Angliya huquqini joriy etish rejalashtirilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting