Turkiyaning Akça Holding kompaniyasi Namanganda to‘qimachilik bo‘yicha $250 mlnlik investitsiya loyihasini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Korxonada ishlab chiqarilgan tekstil mahsulotlari AQSh, Braziliya, Kanada va boshqa mamlakatlarga eksport qilinadi.
Dollarlashuv darajasining yuqoriligi narxlarni barqarorlashtirishga erishishdagi pul-kredit siyosatining samaradorligini pasaytiradi, deya qayd etdi MB. Bunga qarshi kurashish uchun regulyator inflyatsiyani pasaytirish niyatida, bu esa kredit stavkalari va dollarlashuvni kamaytirishga yordam berishi kutilmoqda.
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Korporativ boshqaruvchi malaka attestatini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi. Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun BHMning 1 baravari (300 ming so‘m) miqdorida yig‘im undiriladi.
Banklarda 1 AQSh dollari 11 270 so‘mdan sotilmoqda, aholidan esa 11 195 — 11 250 so‘mdan sotib olinmoqda.
Qashqadaryoda tashkil etilganiga 3 kun bo‘lgan firma jami 2 601 000 000 so‘mlik issiqxonalar o‘rnatish bo‘yicha tanlovda noqonuniy ravishda g‘olib bo‘lgani aniqlandi. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi holat yuzasidan ish qo‘zg‘atilib, qayta tanlov o‘tkazilishini ma’lum qildi.
Tijorat banklarida 1 AQSh dollari 11 285 so‘mdan sotilmoqda, sotib olish kursi esa 11 210 — 11 270 so‘m oralig‘ida.
O‘zbekiston MB pul-kredit siyosati samaradorligini oshirish uchun hukumatni import yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish, xususiy tadbirkorlik subyektlarini temir yo‘l va havo transportiga jalb qilish, ulgurji savdoni naqd pulsiz shaklga o‘tkazish, imtiyozli va yo‘naltirilgan kreditlardan voz kechishga chaqirmoqda.
28 noyabr kuni tijorat banklari 1 AQSh dollarini 11 300 so‘mdan sotishni boshladi. Sotib olish esa 11 210 — 11 280 so‘m oralig‘ida.
O‘zbekiston va Ozarbayjon mobil telefonlarni ro‘yxatga olish sohasidagi hamkorlik doirasida yo‘qolgan va o‘g‘rilangan IMEI-kodlarning yagona «qora ro‘yxati»ni yaratishga kelishib oldi.
Navoiy aeroportining yuk terminali va «Navoiy» erkin iqtisodiy zonasi boshqaruvi Birlashgan Arab Amirliklarining ikki kompaniyasiga topshiriladi. Prezident hujjatlarni imzolash marosimida ishtirok etdi.
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan «Crypto Trade NET» va «Crypto Market» kompaniyalariga kripto-do‘kon faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berildi. Avvalroq ushbu faoliyat bilan shug‘ullanish tartibi Adliya vazirligi tomonidan oktabr oxirida ro‘yxatdan o‘tkazilgandi.
Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashi sessiyasida prezident sanoatda 186 ta loyihani amalga oshirib, 15 mingta yangi ish o‘rni yaratish zarurligini aytdi. 188 ta yaylovlarda joylashgan noruda konlarni auksionga chiqarish va 8 ta Yoshlar sanoat zonasi infratuzilmasiga 20 milliard so‘m ajratish shular jumlasidan.
25 noyabrda tijorat banklarida 1 AQSh dollari 11 280 — 11 290 so‘mdan sotilmoqda. Sotib olish 11 180 — 11 265 so‘m oralig‘ida.
O‘zbekistonda mahalliy elektromobillarni utilizatsiya yig‘imi, butlovchi, ehtiyot qismlar, asbob-uskunalar va xomashyoni esa bojxona to‘lovlaridan ozod qilish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, investorlarga ma’lum miqdordagi elektromobillarni imtiyozli shartlar asosida olib kirishga ruxsat berilishi mumkin.
Davlat geologiya qo‘mitasi, «Navoiyuran» va Fransiyaning Orano kompaniyasi o‘rtasida uran qazib olish hamda qayta ishlashni kengaytirish bo‘yicha uch tomonlama shartnoma imzolandi. Orano «bir necha yuz million yevro» miqdorida sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda.
Oktabr oyida O‘zbekistonda 112,7 mingta avtomobil sotildi. Bu sentabr oyiga nisbatan 8 foizga kam. Ikkilamchi bozorda sotuvlarning pasayishi birlamchi bozorga qaraganda kamroq keskinlashib, 1,4 foiz kamayishni qayd etdi.
Banklarda 24 noyabr kuni 1 AQSh dollari 11 180 — 11 260 so‘mdan sotib olinmoqda, sotish kursi esa 11 280 so‘mgacha ko‘tarildi.
Moliya vaziri quyi palata sessiyasida 2022 yildagi davlat budjeti hisobidan XTVga qo‘shimcha 922 mlrd so‘m ajratilishini ma’lum qildi. Shundan 106 mlrd so‘m Qoraqalpog‘iston va Xorazmda 1−4-sinf o‘quvchilarini bepul ovqatlantirish uchun, 400 mlrd so‘m esa darslik ijarasini budjetdan qoplash uchun yo‘naltiriladi.
Moliya vaziri Timur Ishmetov «2022 yil uchun Davlat budjeti to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha muhokamada budjet taqchilligi 3%dan 4%ga oshirilishini ma’lum qildi. Avvalroq hukumat limitga moslasha olmayotgani uchun deputatlardan budjet taqchilligining cheklangan miqdorini oshirishni so‘ragandi.
Fransiyaning Alstom mashinasozlik kompaniyasi Toshkentda tramvay yo‘llarini quradi. Loyiha qiymati 167,4 mln yevroga baholanmoqda. Liniyalardan biri “Do‘stlik” metro stansiyasidan boshlab, Yangi O‘zbekiston ko‘chasi bo‘ylab o‘tishi mumkin.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting