Iste’mol kreditlari va qarzlarining to‘liq qiymatini hisoblash tartibi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Bosh vazir qabulxonasiga yuborilgan tadbirkorlar murojaatlarini ular shikoyat qilgan tashkilotlarga topshirish taqiqlandi.
«O‘zdavkarantin» inspeksiyasi va Xitoy Bosh bojxona boshqarmasi o‘rtasida 2019−2020 yillarda o‘simliklar karantini sohasida hamkorlik qilish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi imzolandi.
Markaziy bank va Visa O‘zbekistonda raqamli to‘lov infratuzilmalarini rivojlantirishda hamkorlik qiladi.
Shavkat Mirziyoyev qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoatini yanada rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.
Humo International kartalarini Mastercard tarmog‘ida qabul qilish hamda jamoat transportida naqd pulsiz to‘lovlarni joriy etish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.
O‘zbekiston 72,93 mln yevro evaziga Ispaniyaning Talgo kompaniyasidan ikkita tezyurar poyezd xarid qiladi.
Ipoteka krediti bozorini rivojlantirish va kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida prezident farmoni qabul qilindi.
Davlat statistika qo‘mitasi 2017-yilgi YAIM ko‘rsatkichi bo‘yicha tafovutlar tarmoqlar statistikasi ma’lumotlarini qayta hisoblab chiqish natijalari bilan bog‘liq ekanini ma’lum qildi.
Valijon To‘rayev Markaziy bank Sirdaryo viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Toshkentdagi Ohangaron va Maxtumquli ko‘chalari kesishmasida O‘zbekistonda qo‘llanilmagan 3 pog‘onali yo‘l o‘tkazgich qurilishi davom etmoqda. Inshootni 2019-yilning ikkinchi yarmida foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.
Toshkent shahar hokimligida 24 nafar tadbirkorga 2,1 trln. so‘mlik investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha qarorlar topshirildi.
Hukumat qarori bilan Hayvonotga mansub mahsulot va xomashyolarni ishlab chiqarish, saqlash va sotish bo‘yicha veterinariya-sanitariya norma va qoidalari tasdiqlandi.
Xalq bankining pensionerlar uchun kartalaridan naqd pul yechib olishda komissiya undirilmaydi.
Galaxy tish pastasi tashqi tomondan Colgate mahsulotlariga almashtirib qo‘yish darajasida o‘xshagani uchun mahalliy ishlab chiqaruvchiga qarshi ish ochildi.
Indoneziya kompaniyasi rahbarlari Azam va Omon Aslanov Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodining asosiy muammolarini va korxonani yanada rivojlantirish borasidagi rejalarni oshkor qildi.
Fuqarolarning pensiyalarini hisoblash uchun zarur bo‘lgan hisoblangan ish haqini yakka tartibda hisobga olish bo‘yicha ma’lumotlarning yagona elektron axborot bazasini yaratiladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyati faollari ishtirokidagi yig‘ilishda oilalarga 486 milliard so‘m miqdoridagi imtiyozli kreditlarni to‘liq ajratish zarurligini ta’kidladi.
Janubiy Koreyaning Hyundai kompaniyasi Qo‘qonda elektromobillar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi. Loyiha qiymati 300 mln dollar bo‘lib, ilk elektromobilning 2023-yilgacha ishlab chiqarilishi kutilmoqda.
Prezident Farg‘ona viloyati investitsiya olib kelish, sanoat va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha bir yil favqulodda holatda ishlashini ma’lum qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting