«O‘zbekiston havo yo‘llari» 2018−2019 yillar qishki navigatsiya davridan Toshkent-Jidda-Toshkent reysini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.
2 iyuldan 50, 100, 200 va 500 so‘mlik yangi tangalar muomalaga chiqariladi. MB tangalar dizaynini e’lon qildi.
Prezident «Yoshlar — kelajagimiz» Davlat dasturini tasdiqladi. U yoshlar biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
O‘zbekistonning tashqi qarzi 1,3 foizga oshib, 14,7 mlrd dollarga yetdi.
«O‘zbekiston havo yo‘llari» dekabrda ikkita Airbus A320 Neo, 2019−2020 yillarda esa uchta Boeing 787 Dreamliner samolyotini xarid qiladi.
Soliq organlariga jismoniy shaxslar hisoblaridan soliq qarzdorligini yechib olish va yuridik shaxslar bank hisob raqamlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatishga ruxsat berildi.
«O‘zavtosanoat» rahbari faoliyatidagi kamchiliklar va sohadagi korrupsiya sababli ishdan bo‘shatildi, Shavkat Umurzoqov kompaniyaga rahbar bo‘ldi.
Samarqand viloyatida qurilayotgan quyosh stansiyasi qurilishi to‘xtatildi, deya tasdiqladi «O‘zbekenergo» vakili.
O‘zbekistonda qurilishi rejalashtirilayotgan AES ikkita energoblokni o‘z ichiga olib, umumiy quvvati 2400 MVt bo‘ladi. Qurilish joyi aniqlashtirilmoqda.
Toshkent hokimiyati investorlarni Seul ko‘chasini rekonstruksiya qilish bo‘yicha tenderda ishtirok etishga taklif qildi.
O‘zbekistonning Malayziyadagi elchixonasida ikki davlat o‘rtasidagi savdo-investitsiya hamkorligining rivoji muhokama qilindi.
Milliy aviakompaniya Olmaota va Ostonaga bo‘ladigan reyslarni haftasiga 32 tagacha oshirmoqchi.
Birinchi chorakda O‘zbekistonga Rossiyadan 726 mln dollar jo‘natildi.
Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Jahongir Ortiqxo‘jayev davlat xizmatlarining katta qismini autsorsingga yoki xususiy sektorga berish g‘oyasi haqida gapirdi.
Saudiya Arabistonining Ajlan & Brothers Group kompaniyasi O‘zbekistonning ipakchilik, paxta va to‘qimachilik sanoatiga 2 mlrd dollar investitsiya kiritishni mo‘ljallamoqda.
Hyundai Motor Group prezidenti Song Kvon Xan boshchiligidagi kompaniya delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyuradi.
Toshkent ikkilamchi kvartira bozoridagi o‘rtacha narxlar may oyida 2 foizga qimmatlashdi.
Toshkent xalqaro aeroportida yangi uchib kelish zali ochildi. Bu yerda «yashil» va «qizil» yo‘laklar, 24 ta pasport nazorati punkti va viza ta’minoti punkti ishlamoqda.
2018−2019 yillarda Chirchiq shahrini rivojlantirish dasturi doirasida 186 ta ko‘p kvartirali uy quriladi, 1300 dan oshiq yangi ish o‘rni yaratiladi.
Yashash minimumi va iste’mol savatchasini hisob-kitob qilish tartiblari to‘g‘risidagi hujjat loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting