O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi tovar aylanmasi hajmi o‘tgan yili 302 mln dollarga oshib, avvalgi yilga nisbatan 70 foizga ko‘paydi.
Xronometraj ko‘zdan kechirishdan o‘tkazish hamda kamaytirilgan tushum summasidan soliqlarni hisoblab chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizom ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Kimyo sanoatini yanada isloh qilish va uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident qarori qabul qilindi.
O‘zbekiston va Tojikiston yengil sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish va agrosanoat majmuasi qo‘shma korxona ochadi.
Buxoro neftni qayta ishlash zavodi 22 yil ichida ilk bor modernizatsiya qilinadi. Buning uchun 553 mln dollar ajratiladi. Ishlar yakuniga yetganidan so‘ng zavod yiliga 2,5 mln tonna neft va gaz kondensatini qayta ishlay oladi.
«O‘zbekistonda yo‘lovchi tashishning yangi tartiblari: zamonaviy yondashuvlar va muammolar tahlili» mavzusidagi anjumanida litsenziyali taksilar haqida ma’lumot berildi.
Xalqaro obligatsiyalarini joylashtirishdan tushgan mablag‘lardan samarali foydalanish to‘g‘risidagi prezident qarori imzolandi.
Toshkentda tig‘iz yo‘nalishdagi jamoat transportining 80 foizi yangilandi va oraliq masofa harakat jadvaliga mos bo‘lishiga erishildi.
1 apreldan davlat xizmatchilari uchun majburiy qilib belgilangan hukumat mobil aloqasiga ilk foydalanuvchilar ulandi.
Hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi natijasida import va eksport bilan bog‘liq ikkita tartib bekor qilindi.
Odamlar baxtliroq yashashi uchun nima kerak va qanday investitsiya loyihalari eng qadrli hisoblanadi? Iqtisodchi Botir Qobilovning mulohazalari.
Buloqboshi tumanida xitoylik hamkorlar tomonidan yangi sement zavodining qurilish ishlari boshlandi.
«O‘zbekneftgaz» rahbariyati va «VTB Capital» (Rossiya Federatsiyasi) investitsiya banki vakillari hamkorlik bo‘yicha bir to‘xtamga keldi.
Medet Tleuov Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi direktorining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.
Markaziy bank ilk bor O‘zbekistonning qurol-yarog‘ va o‘q-dorilar importi xarajatlarini oshkor qildi.
Mart oyida inflyatsiya 1,2 foizni tashkil etdi. Oziq-ovqatlar o‘rtacha 1,5 foiz, nooziq-ovqat mahsulotlari — 0,8 foiz va xizmatlar — 1,2 foizga qimmatlashdi.
O‘zbekistonning umumiy tashqi qarzi bir yil ichida 9,5 foizga o‘sib, 17,3 mlrd dollarni tashkil etdi.
Hukumat qarori bilan respublikada 2019-yilda 1 mln 490 ming 660 tonna kartoshka yetishtiriladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Romitan tumanidagi «BCT Cluster» xorijiy korxonasi faoliyati bilan tanishdi.
Prezident qarori bilan Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning tashkiliy tuzilmalari tasdiqlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting