O‘zbekiston Germaniya kompaniyalariga Toshkentdagi sobiq «Algoritm» zavodi bazasida maxsus sanoat zonasini tashkil etishni taklif qildi.
«O‘zbekoziqovqatxolding» xolding kompaniyasi surxondaryolik fermer va dehqon xo‘jaliklaridan piyozni munosib bo‘lgan 1200 so‘mdan sotib olishini ma’lum qildi.
15 maydan Toshkent va Xo‘jand o‘rtasida avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi.
O‘zbekistonga Germaniyadan ikki tomonlama hamkorlik tarixidagi eng katta ishbilarmonlar delegatsiyasi tashrif buyuradi.
Behzod Musayev Davlat soliq qo‘mitasi raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
O‘zbekistonga yil boshidan buyon jismoniy shaxslarga 1,3 mlrd dollar yuborildi.
Toshkent, Nukus va barcha viloyatlarda innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalar markazlari ish boshlaydi.
Sherzod Xidoyatov Tashkent city Xalqaro ishbilarmonlik markazi qurilishi direksiyasi rahbari etib tayinlandi.
UzPaynet kompaniyasi faoliyati to‘xtatildi, Xalq banki bo‘linmarida PAYNET brendi ostida to‘lovlarni qabul qilish davom etadi.
7 may kuni «Toshkent-Bishkek-Toshkent» yo‘nalishi bo‘yicha muntazam avtobus qatnovi boshlanadi.
«O‘zbektelekom» tuzilmasida to‘rtta yangi ixtisoslashtirilgan markaz tashkil etilib, ularga yangi rahbarlar tayinlandi.
Prezident tog‘li Nanay qishlog‘ida (Namangan viloyati) dam olish zonasini tashkil etib, bu yerga tashrif buyuruvchilarning kirishini soddalashtirishga topshiriq berdi.
Milliy aviakompaniyaning ichki reyslarida foydalanib kelinayotgan Il-114−100 samolyotlari tijoriy ekspluatatsiyadan chiqarildi.
Qibray tumani uchun issiqlik energiyasining yangi tariflari 17 maydan kuchga kiradi.
O‘zbekiston hozirda XXRga mosh va gilos yetkazib bermoqda. Xitoy qovun, uzum, mevalar va boshqa mahsulotlarini import qilishga tayyor.
SkyPower Global O‘zbekistonda umumiy quvvati 1000 MVt bo‘lgan quyosh energiyasini ishlab chiqarish bo‘yicha ob’ektlar qurilishiga 1,3 mlrd dollar sarmoya kiritadi.
Turkiyaning Çalık Holding xoldingi Toshkentda ishbilarmonlik markazi, mehmonxona, Ziraat Bank idora binosi va savdo-ko‘ngilochar majmua quradi. Loyiha 400 mln dollarga baholanmoqda.
O‘zbekiston va Turkiya Xo‘rob va Aydim-Jetimtau oltin konlari hamda Saritou oltin maydonini birgalikda razvedka qiladi.
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda turk tadbirkorlari investitsiyalari va huquqlari himoya ostida ekanini ma’lum qildi. «O‘rtamizda ishonchsizlik va sovuqchilik bor edi, lekin biz birlashib, ushbu muzni eritib yubordik», — dedi u.
Milliy aviakompaniya parki may oyida uchinchi «Orzu layneri» bilan to‘ldiriladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting