BAAning yirik port operatorlaridan biri O‘zbekistonda transport-logistika xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha imkoniyatlarni o‘rganmoqda. Kompaniya Toshkent viloyatida logistika markazi qurishga qiziqish bildirdi.
Markaziy bank 21-oktabr kungi o‘zbek so‘mining AQSh dollariga nisbatan rasmiy kursini 11 136,41 so‘m etib belgiladi. Tijorat banklari dollar kursining yangi qiymatini e’lon qildi.
«Qo‘ng‘iroq huquqi» yoki uning nepotizm ko‘rinishidagi shakli inson kapitalining rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi, deydi PMTI mutaxassislari. Favoritizm va qarindosh-urug‘chilik esa samaraliroq xodimlarning martabasi oshmasligiga va oqibatda «aqlning» mamlakatdan chiqib ketishiga sabab bo‘ladi.
Оktabr oyi boshida O‘zbekistonning rasmiy zaxira aktivlari bir oyda 583,8 mln dollarga kamayib, 33,4 mlrd dollarni tashkil etdi. Yalpi xalqaro zaxiralar xajmi yil boshidan beri 1,64 mlrd dollarga yoki 4,7 foizga kamayishni qayd etdi.
Markaziy bank 20 oktabr kungi o‘zbek so‘mining AQSh dollariga nisbatan rasmiy kursini 11 148,99 so‘m etib belgiladi. Tijorat banklari 1 dollarni 11 200 — 11 215 so‘mda taklif qilmoqda.
O‘zbekistonda to‘qqiz oyda jami 216 380 dona yengil avtomobil ishlab chiqarildi. Ushbu davrda eng ko‘p Cobalt (69 816 dona), Gentra (64 074 dona) hamda Damas (52 673 dona) yig‘ilgan.
Osiyo taraqqiyot banki Xovosda ko‘p funksiyali jamoat markaziga ega istirohat bog‘i, Xivada raqamli muzeyga ega tashrif buyuruvchilar markazi, Jizzaxda suv tarmoqlarini rivojlantirish va to‘rtta shaharda qattiq maishiy chiqindilarni boshqarish tizimini yaxshilash uchun $59 mln dollarlik kredit ajratdi.
Markaziy bank 18 oktabr uchun 1 AQSh dollarini 11 143,28 so‘m etib belgilandi. Yangilangan kurs ortidan tijorat banklari mijozlarga dollarni 11 200 so‘mdan taklif qilmoqda.
AQSh dollarining so‘mga nisbatan rasmiy kursi 11,83 so‘mga qimmatlab, 11 143,28 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham ko‘tarildi.
Hozirda islom moliyasi sektori yiliga 15% dan 25% gacha o‘sib bormoqda, bu yo‘nalishdagi institutlar esa jahonda $2,7 trlndan ortiq aktivlarni boshqarmoqda. Islom moliyasining O‘zbekistondagi o‘rni qanday? Foiz bo‘lmasa, foyda qayerdan keladi? Undan kimlar foydalana oladi? Javoblar — «Gazeta.uz» materialida.
O‘zbekiston va Qirg‘iziston qishloq xo‘jaligi texnikasi va yengil avtomobillarni birgalikda ishlab chiqarish bo‘yicha shartnomani tayyorlaydi. Tomonlar dori vositalari va tibbiyot buyumlari muomalasi sohasida ham hamkorlik qilishga kelishib oldi.
YeTTB hamda SmartGov konsalting byurosi hamkorlikda O‘zbekistonda tadbirkor ayollar uchun mentoring dasturini ishga tushirdi. Unda tajribali tadbirkorlar biznesga endi kirib kelayotgan xotin-qizlarga ko‘maklashadi. Loyiha ayollar duch kelayotgan to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan, dedi Aziza Umarova.
Markaziy bank 14-oktabr uchun o‘zbek so‘mining AQSh dollariga nisbatan rasmiy kursini 11 108,25 so‘m etib belgiladi. Tijorat banklari ham dollarning sotish va sotib olish bo‘yicha yangi qiymatini e’lon qildi.
Joriy yilning III choragida ikkilamchi bozorda turar-joy narxlari 5,2%ga, yil boshidan buyon esa 18,1%ga qimmatlashdi. Ko‘chmas mulk ijarasi esa 14% ga oshgan. Narxlarning o‘sishiga talabning ortishi, transchegaraviy pul o‘tkazmalarining ko‘payishi, qishloq xo‘jaligi pul tushumlarining oshishi ta’sir ko‘rsatdi.
AQSh dollarining so‘mga nisbatan rasmiy kursi 12,94 so‘mga qimmatlab, 11 108,25 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham ko‘tarildi.
MB hisobotiga ko‘ra, sentabr oyida aholi tomonidan sezilgan inflyatsiya dinamikasi pasayib, 14,8 foizni tashkil etdi. Hududlar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlar Buxoro, Namangan viloyatlari va Toshkent shahrida, past ko‘rsatkichlar Navoiy, Andijon va Surxondaryo viloyatlarida qayd etildi.
Prezident qarori bilan 2025-yilning 1-yanvariga qadar 21 turdagi xomashyo va yarim tayyor mahsulotlar import bojidan ozod qilindi. Shuningdek, “bojxona hududida qayta ishlash” rejimi doirasida barcha tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga bojxona to‘lovlari to‘lanishini ta’minlash talabi bekor qilindi.
Markaziy bank 13-oktabr kungi o‘zbek so‘mining AQSh dollariga nisbatan rasmiy kursini 11 095,31 so‘m etib belgiladi. Shundan kelib chiqib tijorat banklari ham dollarning sotish va sotib olish bo‘yicha yangi qiymatini e’lon qildi.
Beshta bankka tegishli bo‘lgan Uzcard protsessing markazidagi davlat ulushining 75 foizi kompaniyaning to‘rt nafar ta’sischisiga o‘tkazildi. Davlat aktivlarini boqsharish agentligi hali kelishuv tafsilotlarini oshkor qilmadi.
Sobiq «Buxoroteks» yigiruv-to‘quv kombinati obyektlari autsionda 109,9 mlrd so‘mga sotildi. 115 ming kvadrat metr maydonga ega binolar majmuasining 17,6 gektarlik yer maydonini kimoshdi savdosidan 6 kun oldin tashkil etilgan va Artel bilan bog‘liq Bukhara Next Generation Product kompaniyasi sotib oldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting