Iqtisodiyot

O‘zbekistonda propanning birja narxlari ikki barobar oshdi. STG bozorida nima bo‘lyapti?
13 sentabr 2024, 00:55

O‘zbekistonda propanning birja narxlari ikki barobar oshdi. STG bozorida nima bo‘lyapti?

Apreldan buyon propan birja narxlari ikki baravar — tonnasi deyarli 9,3 mln so‘mgacha oshdi, bir litr yonilg‘i esa — 4500 dan 6000−7000 so‘mgacha. Raqobat qo‘mitasi kutilayotgan narx oshishi haqida Energovazirlikni xabardor qilgan. “Gazeta.uz” suyultirilgan tabiiy gaz narxining oshishi sabablarini tushunishga urindi.

Yandex Uzbekistan xizmatlarni rivojlantirishga 33 mln dollardan ortiq sarmoya kiritmoqchi
12 sentabr 2024, 14:39

Yandex Uzbekistan xizmatlarni rivojlantirishga 33 mln dollardan ortiq sarmoya kiritmoqchi

Yil oxirigacha Yandex Uzbekistan Yandex Go xizmatlarini rivojlantirish va yangilarini ishga tushirish uchun 33 mln dollardan ortiq mablag‘ sarflamoqchi, dedi kompaniya rahbari. Sayohatlar, ovqat buyurtma qilish va 16 ta shaharga buyum hamda tovarlarni yetkazish bo‘yicha xizmatlar qamrovini oshirish reja qilinmoqda.

O‘zbekiston Markaziy banki asosiy stavkani yillik 13,5 foiz darajasida qoldirdi
12 sentabr 2024, 13:51

O‘zbekiston Markaziy banki asosiy stavkani yillik 13,5 foiz darajasida qoldirdi

Markaziy bank asosiy stavkani 13,5 foiz darajasida saqlab qoldi. Qayd etilishicha, iqtisodiyotdagi yuqori talab hamda ayrim turdagi oziq-ovqat tovarlari va energiya resurslari narxida kuzatilgan o‘sish sur’atlari pul-kredit sharoitlari qat’iyligini joriy darajada saqlab qolishni taqozo etmoqda.

Kambag‘allikni faqat pul tarqatish bilan hal qilib bo‘lmaydi — prezident
11 sentabr 2024, 19:04

Kambag‘allikni faqat pul tarqatish bilan hal qilib bo‘lmaydi — prezident

Kambag‘al oilalarning ishga layoqatli a’zolarida bilim va ko‘nikma kam, bola parvarishi tufayli esa ayollarning 43 foizi ishga bora olmaydi. Prezident kambag‘allikni faqat pul tarqatish bilan hal qilib bo‘lmasligini aytdi va muammo sababi har xil ekan, yechimlari ham alohida bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.

Kambag‘allikni qisqartirish umummilliy harakatga aylanadi — Shavkat Mirziyoyev
11 sentabr 2024, 17:30

Kambag‘allikni qisqartirish umummilliy harakatga aylanadi — Shavkat Mirziyoyev

Prezident O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirish umummilliy harakatga aylanishi va bu borada “juda katta” “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi tayyorlanayotganini aytdi. Jamshid Qo‘chqorovning tizimi oilalarni kambag‘allikdan olib chiqishga mas’ul etib belgilandi.

Izzat Shukurov Yandex Uzbekistan rahbari etib tayinlandi
11 sentabr 2024, 09:07

Izzat Shukurov Yandex Uzbekistan rahbari etib tayinlandi

Izzat Shukurov Yandex Uzbekistan rahbari bo‘ldi. U bungacha Payze`ning Markaziy Osiyo mintaqasiga rahbarlik qilgan va Newmax Technologies kompaniyasi direktori bo‘lgan.

“Xottabich” muzqaymoqlarida ortiqcha shakar va bakteriyalar aniqlandi — Raqobat qo‘mitasi
11 sentabr 2024, 01:22

“Xottabich” muzqaymoqlarida ortiqcha shakar va bakteriyalar aniqlandi — Raqobat qo‘mitasi

Raqobat qo‘mitasi qadoqlarida shakar yo‘qligi ko‘rsatilgan “Xottabich” muzqaymoqlarini sinovdan o‘tkazdi. Mahsulotning ba’zi turlarida ortiqcha saxaroza va ichak tayoqchasi bakteriyalari topildi.

Rossiya Markaziy Osiyoning yagona energetika tizimiga qo‘shilishi mumkin
10 sentabr 2024, 19:49

Rossiya Markaziy Osiyoning yagona energetika tizimiga qo‘shilishi mumkin

Rossiyaning “Tizim operatori” Markaziy Osiyoning yagona energetika tizimiga qo‘shiladi, dedi RF Energovazirligi rahbari. Unga ko‘ra, O‘zbekiston bu qarorni qo‘llab-quvvatlamoqda. Bu tashabbus nafaqat elektr energiyasi eksporti, balki davlatlar o‘rtasidagi oqimlarni boshqarish bilan ham bog‘liq, deya tushuntirdi u.

O‘zbekistonda kichik quvvatli AES loyihasi bo‘yicha ishlarni boshlash to‘g‘risida bayonnoma imzolandi
10 sentabr 2024, 17:59

O‘zbekistonda kichik quvvatli AES loyihasi bo‘yicha ishlarni boshlash to‘g‘risida bayonnoma imzolandi

“O‘zatom” huzuridagi AES qurilishi direksiyasi, “Rosatom” hamda “Atomstroyeksport” o‘rtasida O‘zbekistonda kam quvvatli atom elektr stansiyasi loyihasi bo‘yicha ishlarni boshlash to‘g‘risida bayonnoma imzolandi. Bu qurilish maydonchasida tayyorgarlik ishlarining faollashuvi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish demakdir.

O‘quv yili boshlanishi arafasida Toshkentdagi ijara narxlari oshdi
10 sentabr 2024, 14:57

O‘quv yili boshlanishi arafasida Toshkentdagi ijara narxlari oshdi

Avgust oyida Toshkent shahrida uy-joy ijarasi narxi o‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar uchun 1,9 foizga, to‘liq ta’mirlanganlari uchun esa 0,3 foizga oshdi, deya xabar berdi MHTI. Narxlarning ko‘tarilishiga universitetlarda yangi o‘quv yili boshlanishi bo‘yicha kutilmalar asosiy sabab bo‘ldi.

Apple iPhone 16, Watch 10 va AirPods 4 taqdimotini o‘tkazdi. Asosiy ma’lumotlar
10 sentabr 2024, 12:04

Apple iPhone 16, Watch 10 va AirPods 4 taqdimotini o‘tkazdi. Asosiy ma’lumotlar

Apple kompaniyasi yangi qurilmalari taqdimotini o‘tkazdi. Unda iPhone 16, AirPods 4 quloqchinlari va Watch Series markali aqlli soatlarining o‘ninchi avlodi namoyish etildi. Yangi qurilmalar haqida asosiy ma’lumotlar.

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari yana rekordni yangilab, 39 mlrd dollardan oshdi
9 sentabr 2024, 12:52

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari yana rekordni yangilab, 39 mlrd dollardan oshdi

Avgust oyida O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari oltin qimmatlashgani fonida yana rekordni yangiladi va 39,1 milliard dollarga yetdi. Yil boshidan buyon oltin zaxirasining qiymati 5,77 milliard dollarga oshdi.

O‘zbekistonning davlat qarzi 37 mlrd dollardan oshdi. Tafsilotlar
9 sentabr 2024, 08:43

O‘zbekistonning davlat qarzi 37 mlrd dollardan oshdi. Tafsilotlar

2024-yil 1-iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning davlat qarzi olti oy ichida 2,1 mlrd dollarga ko‘payib, 37 mlrd dollardan oshdi. Kreditlar asosan davlat budjetini qo‘llab-quvvatlash uchun jalb qilingan.

O‘zbekistonda ipoteka bo‘yicha o‘rtacha oylik to‘lovlar, ularning shartlari va tuzilishi qanday o‘zgargani — MB sharhida
6 sentabr 2024, 20:31

O‘zbekistonda ipoteka bo‘yicha o‘rtacha oylik to‘lovlar, ularning shartlari va tuzilishi qanday o‘zgargani — MB sharhida

O‘zbekistonda birinchi yarim yil yakunlariga ko‘ra, o‘rtacha oylik ipoteka to‘lovlari 16 foizga oshib, 2,99 mln so‘mni tashkil etdi. Qarzning o‘rtacha miqdori oshdi, ammo kreditlar qisqaroq muddatga berila boshladi. Ipoteka kreditlarining 22 foizi norasmiy daromadga ega shaxslar tomonidan olingan.

“O‘zbekiston gazni 160 dollarga sotib olmoqda va 5,2 mlrd kub metr gaz import qildi” — Soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari
5 sentabr 2024, 20:43

“O‘zbekiston gazni 160 dollarga sotib olmoqda va 5,2 mlrd kub metr gaz import qildi” — Soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari

Birinchi yarimyillikda O‘zbekiston 5,2 mlrd kub metr — o‘tgan yil olti oyiga nisbatan qariyb 2,3 barobar ko‘p gaz import qildi. Gaz 1000 kub metri uchun 160 dollardan olib kelinmoqda. Soliq qo‘mitasi rahbarining birinchi o‘rinbosari bilvosita soliqlar (aksiz, QQS) ulushining kamayishini gaz bilan bog‘ladi.

“O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan tadbirkor” faxriy unvoni ta’sis etildi
5 sentabr 2024, 18:00

“O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan tadbirkor” faxriy unvoni ta’sis etildi

Prezident “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan tadbirkor” faxriy unvonini tasdiqlash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. U yuqori daromadli tadbirkorlik yo‘nalishlarini tashkil etgan va iqtisodiyot rivojiga hissa qo‘shgan “tadbirkorlik subyektlarining ilg‘or va tashabbuskor rahbarlari va ta’sischilari”ga beriladi.

Samarasiz foydalanilayotgan bog‘, shifoxona, madaniyat va sport saroylari DXSHga berilishi mumkin
5 sentabr 2024, 15:49

Samarasiz foydalanilayotgan bog‘, shifoxona, madaniyat va sport saroylari DXSHga berilishi mumkin

O‘zbekistonda samarasiz foydalanilayotgan yirik shifoxonalar, madaniyat va sport inshootlari, istirohat bog‘lari xususiy sektorga DXSH asosida berilishi mumkin. Qolaversa, “sotib olish yoki to‘lab berish” shartnomalarida davlat majburiyatlarining yuqori chegarasini belgilash rejalashtirilmoqda.

“Maishiy texnika ishlab chiqarish asosan ichki bozorda sotish hisobiga rivojlanmoqda” — prezident
5 sentabr 2024, 14:28

“Maishiy texnika ishlab chiqarish asosan ichki bozorda sotish hisobiga rivojlanmoqda” — prezident

2023-yilda O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan maishiy texnikalarning 70 foizi ichki bozorda sotildi. Prezident qo‘shni bozorlarda butlovchi qismlarni ortiqcha to‘lovsiz yetkazib berish uchun yirik uzelli yig‘uv korxonasini yo‘lga qo‘yish, elektrotexnika mahsulotlarining qo‘shilgan qiymatini oshirish bo‘yicha topshiriq berdi.

Bog‘chalar, maktablar, shifoxonalar, aeroportlar. 2024−2030-yillar uchun DXSH loyihalari ro‘yxati
4 sentabr 2024, 22:53

Bog‘chalar, maktablar, shifoxonalar, aeroportlar. 2024−2030-yillar uchun DXSH loyihalari ro‘yxati

Prezident 2024−2030-yillarda davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Loyihalar orasida maktablar, shifoxonalar qurish, aeroportlarni modernizatsiya qilish va ularni boshqaruvga o‘tkazish, ichimlik suvi ta’minoti, kanalizatsiya tizimini yaxshilash va boshqalar bor.

O‘zbekiston ketma-ket ikkinchi oy oltin sotib olish bo‘yicha dunyoda yetakchilardan bo‘lib qolmoqda
4 sentabr 2024, 17:14

O‘zbekiston ketma-ket ikkinchi oy oltin sotib olish bo‘yicha dunyoda yetakchilardan bo‘lib qolmoqda

O‘zbekiston Markaziy banki ketma-ket ikkinchi oy dunyodagi eng yirik oltin xaridorlari qatoridan joy oldi. Iyun oyida mamlakat 9 tonna qimmatbaho metall sotib olgan bo‘lsa, iyul oyida ko‘rsatkich 9,6 tonna bo‘ldi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting