O‘zbekistonning Madriddagi elchixonasi o‘tkazgan taqdimot marosimidan so‘ng 200 nafarga yaqin ispaniyalik sayyoh O‘zbekistonga kelish istagi bilan murojaat qildi.
Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar olib keladigan mol-mulkka sertifikat olish uchun berilgan ariza 4 ish kuni mobaynida ko‘rib chiqiladi.
Sirdaryoda Janubiy Koreya kompaniyasi ishtirokidagi sanoat zonasida 100 dan ziyod ishlab chiqarish korxonasi va ishchi-xodimlar uchun aholi punkti quriladi.
Uzcard, UnionPay va MasterCard plastik kartalari sohiblari tovarni xarid kunida qaytarganlarida pulni kartochkaga qaytarib olish imkoniga ega bo‘ldilar.
Hukumatning 2018 yil 17 iyuldagi qarori bilan Davlat boji stavkalariga o‘zgartirishlar kiritildi.
Toshkent hokimiyati har hafta ochiq eshiklar kunlarini o‘tkazadi. Birinchi kunda 8,13 trln so‘mlik 67 ta yirik loyiha taqdim etildi.
Soliq kodeksining yangi tahrirdagi loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha Ishchi komissiyasi faoliyatini boshladi.
2019 yil so‘ngiga qadar arzon uy-joylarni 20 yil muddatga 3 yillik imtiyozli davr bilan ipoteka kreditini rasmiylashtirish mumkin.
Iqtisodiyotining ustuvor sohalariga salmoqli investitsiyalar kiritgan xorijiy shaxslarga «Faxriy fuqaro» maqomi berilishi mumkin.
Yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston YAIM hajmi 4,9 foizga o‘sib, 152,5 trln so‘mni tashkil etdi.
O‘zbekiston eksport tuzilmasida xizmatlar, importda esa mashina va uskunalar yetakchilik qilmoqda. Tashqi savdo aylanmasi yarim yilda 17,7 mlrd dollarni tashkil etdi.
Hindiston kompaniyasi Buxoroda to‘rt yulduzli mehmonxona, Samarqand va Toshkent viloyatlarida esa 1000 gektarlik intensiv bog‘lar barpo etishni rejalashtirmoqda.
O‘zbekiston Afg‘onistonga erkin savdo tartibini o‘rnatishni taklif qilmoqda va bu to‘qimachilik sanoatining tiklanishiga yordam berishidan umid qilmoqda.
«Biznes laboratoriyasi» O‘zbekistondagi xalq ta’limi tizimiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etadi.
17-iyul kuni MAK reyslari Urganch o‘rniga Nukus orqali amalga oshiriladi. Kompaniya bepul avtobus qatnovini yo‘lga qo‘yadi.
Birinchi yarim yillikda qariyb 280 mlrd so‘mlik xarajatlarda moliyaviy intizom buzilishlariga yo‘l qo‘yilgan.
Birinchi yarim yillikda aholi umumiy daromadlari 109,2 trln so‘mni, bir kishiga o‘rtacha hisoblaganda esa 3,3 mln so‘mni tashkil etdi.
Urganch xalqaro aeroporti texnik sabablar va harorat rejimi sababli vaqtincha yopildi.
Birinchi yarim yillikda o‘rtacha oylik ish haqining yuqori miqdori 2,252 mln so‘m (Toshkent), eng kami esa 1,263 mln so‘mni (Namangan viloyati) tashkil etdi.
«O‘zbekiston havo yo‘llari» Parij va Zagrebdan Moskvaga Fransiya va Xorvatiya terma jamoalari muxlislarini tashiydi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting