O‘zbekistondagi eng yirik gaz ishlab chiqaruvchi “O‘zbekneftgaz” 2023-yil uchun gaz qazib olish prognozini pasaytirish bo‘yicha o‘z prognozlarini qayta ko‘rib chiqdi. Zaxiralarning qisqarishi hisobiga ishlab chiqario‘ hajmi 32,3 mlrd kub metrga yetishi kutilmoqda.
O‘zbekiston qonunchiligi JST kelishuvlariga muvofiqlashtirilmoqda. Prezident 2025-yildan import dorilar va tibbiy buyumlarni bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazishda yig‘imlarni bekor qilish, tovarlarni davlat tilida markirovkalash tartibiga o‘zgartirish kiritish va boshqalarni nazarda tutuvchi farmonni imzoladi.
Ko‘chmas mulk tarixi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish davlat xizmatidan endilikda DXMlar, YAIDXP yoki davreestr.uz sayti orqali foydalanish mumkin bo‘ladi. Xizmat narxi — BHMning 0,5 baravari.
Prezident O‘zbekistonda “xufiyona iqtisodiyot” ulushini 40 foizdan ortiq deb baholadi. Bu ko‘rsatkichni kamaytirish uchun tadbirkorlarni halol va ochiq ishlashga chaqirdi. “Soliq to‘lamaydigan tadbirkorlar bizga do‘st emas, u ham iqtisodiyotimizga, ham bizga dushman”, — dedi u.
Prezident kameral nazorat to‘laqonli soliq tekshiruviga aylanib ketganini bildirdi. Endilikda nazorat vaqtida tadbirkordan qo‘shimcha hujjatlar talab qilish yoki uni soliq idorasiga chaqirish taqiqlanadi. Tadbirkorlar soliq organlari xodimlari ishini yangi platforma orqali baholaydi, — dedi davlat rahbari.
Prezident 1-oktabrdan QQSni qaytarishda soliq uzilishi koeffitsiyenti (tax gap) bekor qilinishini bildirdi, so‘rovda qatnashgan tadbirkorlarning 70 foizi buni adolatsiz deb hisoblaydi. “Kudbiyev, bu senga va tizimingga baho”, — dedi u. QQS guvohnomasining amal qilishini to‘xtatib turish ham bekor qilinadi.
O‘zbekiston gaz va neftni sotish evaziga yuqori iqtisodiy o‘sishni ta’minlay olmaydi, dedi prezident. “Bizda bunday resurslar yo‘q. Bori ham, xalqimiz ko‘paymoqda, o‘zimizga kerak, chetga sotolmaymiz. Biz bu borada ko‘p ishlar qilyapmiz. Bu yil xalqimiz nima ishlar qilganimizni qishda sezadi”, — dedi u.
Prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan uchrashuvda “Qishloq qurilish bank” Biznesni rivojlantirish bankiga aylantirilishini ma’lum qildi. Yangi bank tadbirkorlarga 1-oktabrdan boshlab 5−7 yil muddatga imtiyozli kreditlar ajratadi.
Tijorat banklari 18-avgust kuni aholidan 1 AQSh dollarini 12 005−12 040 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 12 075−12 125 so‘m.
Toshkentda O‘zbekiston prezidenti va biznes vakillarining navbatdagi ochiq muloqoti boshlandi. Davlat rahbari tomonidan tadbirkorlikni rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni yaxshilash bo‘yicha yangi tashabbuslar ilgari surilishi kutilmoqda. Avvalroq, tadbirkorlar ko‘proq nimadan norozi ekani ma’lum qilingandi.
UNG Petro yana Ai-92 benzin narxini 9200 so‘mga ko‘tardi. Chegirma e’lon qilinishidan oldin — mart oyida ham shu narxda sotilayotgan edi.
Qirg‘iziston hukumati 2016-yilda o‘zbek kompaniyalaridan tortib olingan Issiqko‘ldagi to‘rtta pansionatni 49 yilga O‘zbekistonga berishni rejalashtirmoqda. Qirg‘iziston tomoni investorlar har bir obyektga 15−20 million dollar sarmoya kiritishini kutmoqda.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2022-yil uchun davlat qarzi bo‘yicha sharhida mamlakat yil davomida qaysi tashkilotlardan qancha tashqi qarz olgani va qaysi sohalarga yo‘naltirgani bo‘yicha ma’lumot berdi. Yil davomida O‘zbekiston nomidan umumiy qiymati 4,49 mlrd dollarlik 23 ta tashqi qarz bitimi imzolangan.
Tijorat banklari 17-avgust kuni aholidan 1 AQSh dollarini 12 030−12 060 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 12 100−12 150 so‘m.
O‘zbekistonning davlat qarzi qoldig‘i 2023-yil 1-yanvar holatiga 29,2 mlrd dollarni yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 36,4 foizni tashkil etdi. Qarz 2022-yilda 2,9 mlrd dollarga oshgan bo‘lsa-da, YAIM 11,1 mlrd dollarga o‘sgani tufayli davlat qarzining YAIMga nisbati pasaygan.
Loyiha bo‘yicha umumiy maydoni 693 gektarni tashkil etgan “Toshkent-Sharqiy” aeroporti 130 gektarga qisqartiriladi. Buning evaziga uni saqlab turish xarajatlari kamayishi reja qilinmoqda. 25 ta samolyotni sig‘diruvchi aeroportda hozirda 4 km uzunlikdagi uchish-qo‘nish yo‘lagi qurib bitkazilgan.
Paxta yetishtiruvchilarga QQSni bo‘lib-bo‘lib to‘lash huquqi beriladi, buning uchun hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimi ishga tushiriladi.
“O‘zbekneftgaz” konlarda quduq qazish jarayonidagi geologik xatarlarni kamaytirish, shuningdek, konlar, geologik va texnik ma’lumotlarni raqamlashtirish hisobiga 64,4 mln dollar iqtisodiy foyda ko‘rgani haqida ma’lumot berdi.
Toshkentda 2022-yil iyul oyiga nisbatan uy-joylarning o‘rtacha narxi 30,9 foizga oshdi. Shuningdek, poytaxtda kvartiralarni ijaraga berish narxining pasayishi sezilarli darajada sekinlashdi. Avgust-sentabrda talabalarning poytaxtga qaytishi bilan talab oshishi va ushbu segmentga qiziqish ortishi aytilgan.
Iyun oyidagi keskin pasayishdan keyin iyulda avtomobil bozorida sotuvlar 17 foizga oshdi. Eng katta o‘sish (28,9 foiz) elektromobillar bozorida qayd etildi. Mahalliy ishlab chiqarilgan yangi mashinalar sotuvi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 59,3 foizga ko‘paydi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting