Prezident issiqxonachilar anomal sovuqdan eng ko‘p zarar ko‘rganlar qatorida bo‘lganini aytib, Energetika vazirligi hamda hokimliklarga uch tomonlama shartnoma asosida ularni gaz va ko‘mir bilan uzluksiz ta’minlash topshirig‘ini berdi. Ayrim issiqxonalarga imtiyozli kredit va subsidiyalar ham ajratiladi.
Xorazm viloyatiga 2023-yil yakuniga qadar Xitoyning Zhongtong kompaniyasidan 100 ta yo‘lovchi avtobusi olib kelinadi.
Tumanlar hokimlari bundan buyon o‘z hududlarida inflyatsiyani jilovlashga shaxsan javob beradi, dedi O‘zbekiston prezidenti. Buni sun’iy yo‘l bilan emas, takroriy ekinlarni ko‘paytirish va mahsulot hajmini oshirish orqali amalga oshirish kerakligi ta’kidlandi.
Prezident farmoniga ko‘ra Markaziy bank 2024-yildan oilaviy tadbirkorlik dasturlari uchun banklarga kamida 2 trln so‘m miqdorida kreditlar ajratishi kerak. Bungacha mazkur maqsadlar uchun pul TTJ yoki budjetdan ajratilgan. MB mablag‘larini rasmiy jalb qilish (qonunda nazarda tutilmagan) ilk bor kuzatiladi.
O‘zbekistondagi farmatsevtika korxonalari Afg‘onistonning dori-darmon bo‘yicha davlat xaridlarida (tenderlarida) ishtirok etishi mumkin.
Tijorat banklari 11-avgust kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 990−12 070 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 12 100−12 135 so‘m.
Qashqadaryoning Qarshi shahrida Yandex Go taksi agregatori ish boshladi. Bu O‘zbekistonning xizmat kirib borgan o‘ninchi shahri hisoblanadi.
Prezident topshirig‘i bilan tuzilgan ishchi guruh AQShda bo‘lib, “Ohangaronsement” va ta’sischisi Akkermann Cement CA`ga (Alisher Usmonovning USM xoldingidagi kompaniya tomonidan tashkil etilgan) qarshi sanksiyalar bo‘yicha o‘z e’tirozlarini bildirdi, deya ma’lum qildi Markaziy bank rahbari Mamarizo Nurmuratov.
Uzbekistan Airports raisi Ra’no Jo‘rayeva misolida davlat tashkiloti rahbarining ishdan bo‘shatilishi turli his-tuyg‘ularga sabab bo‘lishi juda kam uchraydigan holat. 2,5 yil ichida u o‘n yillar davomida kutilgan ko‘plab o‘zgarishlarni amalga oshirdi. “Gazeta.uz” uning ishdan bo‘shatilish sabablarini o‘rganishga urindi.
O‘zbekistonda elektr energiyasi, gaz va suv narxlarining liberallashtirilishi va uning narxlar o‘sishiga ta’siri 2023-yil uchun inflyatsiya prognozida nazarda tutilgan, dedi Markaziy bank raisi o‘rinbosari Behzod Hamroyev.
O‘zbekistonning qator banklarida dollar kursi 12 ming so‘mdan oshib ketdi. Markaziy bank holatni izohlab, asosiy savdo-hamkor davlatlar milliy valyutalarining sezilarli qadrsizlanishi ichki valyuta bozoridagi taklifga salbiy taʼsir o‘tkazganini qayd etdi.
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” 2022-yilda eng ko‘p zarar ko‘rgan davlat ulushdorligidagi korxona bo‘lganini elektr energiyasini qimmat olib, arzon sotgani bilan izohladi. Kompaniya 2021-yildan ham zarar bilan chiqqan. 2023-yildan ham zarar bilan chiqishi kutilmoqda.
Tijorat banklari 10-avgust kuni aholidan 1 AQSH dollarini 12 000−12 070 soʻmdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 12 120−12 135 soʻm. Banklarda dollar kursi birdan 400 soʻmga qimmatladi.
Ulug‘bek Nosirov O‘zbekiston Markaziy banki raisining yangi o‘rinbosari bo‘ldi, deya xabar berdi “Gazeta.uz” manbasi. U “kadrlar siyosati va rejim nazorati” uchun mas’ul bo‘ladi.
Davaktiv 2022-yilda eng ko‘p foyda ko‘rgan top-30 va eng ko‘p zarar ko‘rgan top-20 ta davlat ulushi bo‘lgan kompaniyalar ro‘yxatini e’lon qildi. “Milliy elektr tarmoqlari” eng ko‘p zarar ko‘rgan kompaniya bo‘ldi. 2021-yilda foyda bilan chiqqan “Temir yo‘llar” va HET ham katta zarar ko‘rdi.
Tijorat banklari 9-avgust kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 610−11 665 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 690−11 735 so‘m.
Andijondagi Sino International kompaniyasi Nike krossovkalarini ishlab chiqarishni boshladi. Nike strategiyasiga muvofiq, O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan krossovkalar dastlab Markaziy Osiyo mamlakatlari bozorlariga, 2024-yildan Pokistonga, kelajakda esa Yevropa davlatlariga yetkazib beriladi.
Cobalt, Lacetti va Damas uchun shartnomalar berish bir kunda to‘xtatilganidan so‘ng internetda ushbu avtomobillar bo‘yicha shartnomalarni sotish to‘g‘risidagi e’lonlar paydo bo‘ldi. UzAuto Motors bunday shartnomalarni xarid qilmaslikka chaqirdi. Olib-sotarlar uchun mashina berish vaqti 270 kungacha uzayishi mumkin.
Citibank`ning London filiali “O‘zmetkombinat”ga kafolatsiz va garovsiz 100 mln dollar miqdorida tezkor kredit liniyasi taqdim etdi. Ushbu pullar aylanma mablag‘larni moliyalashtirish va kredit portfelini qayta moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.
O‘zbekistonning xalqaro valyuta zaxiralari ketma-ket to‘rtinchi oydirki kamayib bormoqda. Iyul oyida ular 71,8 million dollarga kamaydi va 33,6 milliard dollarni tashkil etmoqda. Yil boshidan buyon mamlakatda “moliyaviy xavfsizlik yostig‘i” 2,1 milliard dollarga kamaydi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting