Yanvarda O‘zbekistonda ulgurji iste’molchilar tomonidan 85 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq 614 ta holat aniqlandi, deb xabar qildi Energetika vazirligi. Xususan, AGTKSlarda 20 ta holat qayd etilgan bo‘lib, ularda 76,8 mlrd so‘mlik gazdan foydalanilgan.
Yanvarning 8 kunida davlat budjeti xarajatlari daromaddan 2,3 baravar ortib, defitsit 5,5 trln so‘mga yetdi. Bu 2023 yil uchun defitsit kutilmasining beshdan bir qismidan ko‘proq degani (25,1 trln so‘m). Shundan so‘ng Iqtisodiyot va moliya vazirligi daromad va xarajatlar bo‘yicha ma’lumot berishni to‘xtatdi.
2023 yilgi davlat dasturi loyihasiga ko‘ra, 1 apreldan boshlab professional ta’lim muassasasi (kollej va texnikum) o‘qituvchilarining maoshi maktab o‘qituvchilariniki bilan tenglashtirilishi mumkin.
2023 yilgi davlat dasturi loyihasiga ko‘ra, 1 martdan tadbirkorlar ilk marta huquqbuzarlik sodir etayotgan bo‘lsa, ularga moliyaviy sanksiyalar qo‘llamaslik taklif qilinmoqda. Agar savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalari buzilsa, jinoiy javobgarlik ma’muriy yurisdiksiyaga o‘tib, bekor qilinishi mumkin.
Tijorat banklari 7 fevral kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 260 — 11 355 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa aksariyat banklarda 11 400 so‘m.
Jarqo‘rg‘on tumanida Germaniyaning Graess Energy Uzde kompaniyasi 600 MVt quvvatga ega fotoelektr stansiyasini qurishni rejalashtirmoqda.
O‘zbekistonning Madriddagi elchixonasida Ispaniya sayyohlik kompaniyalaridan biri bilan ikki davlat o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri va charter reyslarini yo‘lga qo‘yish muhokama qilindi. Bu bo‘yicha bir necha soha vakillari uchun infotur tashkillashtirish masalasini ham ko‘rib chiqildi.
«Agrobank» ATB Qashqadaryo viloyati prokuraturasi tarqatgan bankning Qamashi filiali tomonidan 4 mlrd so‘m talon-toroj qilingani haqidagi xabarga munosabat bildirdi. «OAV orqali ma’lumot tarqatish shaxsning huquqini poymol qilish va bankni obro‘sizlantirish deb hisoblanadi», — deyiladi xabarda.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi tashabbusli budjetlashtirishning yangi mavsumi boshlanganini e’lon qildi. Unda fuqarolar infratuzilma, yo‘l, maktab va boshqa obyektlarni yaxshilash bo‘yicha loyihalarni taklif etib, mahalliy budjetning bir qismini taqsimlashda ishtirok etadi. Takliflar 26 fevralgacha qabul qilinadi.
Tijorat banklari 6 fevral kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 240 — 11 335 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa aksariyat banklarda 11 375 so‘m.
«O‘zbekneftgaz» AJ o‘z yonilg‘i quyish shoxobchalaridagi uzun navbatlarni birja orqali olingan benzinning ba’zi xususiy AYOQSHlarda sotilmayotgani, narxlar sun’iy oshirilayotgani, shuningdek, talabni qondirish uchun ishlab chiqarish quvvati yetishmasligi bilan izohladi.
Yevrosiyo hukumatlararo kengashi yig‘ilishida O‘zbekiston YeOII mamlakatlari o‘rtasidagi tarif va notarif to‘siqlarini bartaraf etish, bozorlarga kirishni soddalashtirish bo‘yicha kelishuv tuzish va yashil hamda ekspress yo‘laklar orqali bojsiz sxemalarini shakllantirishni qo‘llab-quvvatladi.
Sirdaryo IESda quvvati 1,3 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi. Bu esa qo‘shimcha 2,3 mln kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarish hamda yiliga 750 ming kub metr tabiiy gazni tejash imkonini beradi.
Shavkat Mirziyoyev birinchi chorakda YIM pasayishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun sovuqdan jabr ko‘rgan tadbirkorlar qo‘llab-quvvatlanishini ma’lum qildi. Tadbirkorlik subyektlariga kredit to‘lash muddati uzaytiriladi, qarzni bo‘lib-bo‘lib to‘lash, foiz va “penya” hisobini to‘xtatib turish va boshqa imkoniyatlar yaratiladi.
Shavkat Mirziyoyev hafta davomida gaz quyish shoxobchalariga gaz yetkazib berish hajmi 5 barobarga oshirilganini ma’lum qildi.
Tijorat banklari 3 fevral kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 225 — 11 315 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa aksariyat banklarda 11 350 so‘m.
O‘zbekistonga 2022 yilda xorijdan 69,8 million AQSh dollari evaziga 2180 dona elektromobil olib kelingan. Import 2021 yilgiga nisbatan 1371 taga oshgan.
Tijorat banklari 2 fevral kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 215 — 11 305 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa aksariyat banklarda 11 340 so‘m.
FlyArystan aviakompaniyasi 18 martdan Olmaotadan Samarqandga parvozlarni tiklaydi. Jazeera Airways aviakompaniyasi esa Al-Kuvayt va Samarqandni 15 fevraldan to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar bilan bog‘laydi.
Yanvar oyida O‘zbekistonda oxirgi uch yildagi eng past oylik inflyatsiya qayd etildi — 0,82%. Sut va tuxum narxi oshishi sekinlashdi, shakar va sariyog‘ ketma-ket to‘rtinchi oy arzonladi. Piyoz narxi esa oy davomida keskin oshgan — 44,7% ga.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting