Yilning birinchi choragida O‘zbekistonda gaz qazib olish o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 9,6 foizga, mart oyida esa 12,9 foizga qisqardi. Uch oy davomida elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi 5 foizga kamaydi. Ko‘mir qazib olish hajmi ham pasaydi.
Zargarlik ishi yo‘nalishi bo‘yicha maxsus o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatib, sertifikat olgan shaxslarga va uzoq muddatga qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlarini ijaraga olgan dehqon xo‘jaliklari hamda kichik tadbirkorlarga 50 mln so‘mgacha garovsiz kreditlar ajratiladi.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov “Markaziy Osiyo — Xitoy” tashqi iqtisodiy va tashqi savdo faoliyatiga mas’ul vazirlarning birinchi yig‘ilishida 2023-yilning ikkinchi yarmida O‘zbekistonda Markaziy Osiyo va Xitoy hududlari rahbarlari forumini o‘tkazishni taklif qildi.
Endi “Turonbank” orqali faqat pasport evaziga birlamchi va ikkilamchi bozordan istalgan avto, shuningdek elektromobillar uchun ham kredit rasmiylashtirish mumkin. Kreditlarni olish qobiliyatini aniqlash uchun esa bankka kelish shart emas, MyTuron mobil ilovasi orqali onlayn aniqlasangiz bo‘ladi.
Banklar ustav kapitalining eng kam miqdori bosqichma-bosqich oshiriladi. 2025-yil 1-yanvardan u 500 milliard so‘mni tashkil etadi.
O‘zbekistonda aholi va dehqonchilik xo‘jaliklari import qilingan yoki mahalliy sifatsiz kartoshka ekmoqda. Shu sababli prezident mutasaddilarga aholi tomorqalari uchun 500 tonna elita kartoshka urug‘larini bepul tarqatishni, kartoshka yetishtiruvchilarga imtiyozli mablag‘lar ajratish vazifasini qo‘ydi.
Tijorat banklari 20-aprel kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 360 — 11 400 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa 11 410 — 11 495 so‘m.
Mart oyida O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozorida faollik 7,3 foizga pasayib, oldi-sotdi bitimlari soni qariyb 21 mingtani tashkil etdi. Shuningdek, poytaxtning aksariyat tumanlarida ijaraga beriladigan uy-joylar narxi arzonlashdi — ITIM sharhidan.
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi mamlakatda zarur darajada shakar mavjudligi va hech qanday xavotirga o‘rin yo‘qligini bildirdi. Unga ko‘ra, shakar xomashyosi Braziliyadan jahon narxiga nisbatan arzonroq xarid qilinmoqda, ehtimoliy xavf-xatarlar hukumat nazoratida.
Tijorat banklari 19-aprel kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 380 — 11 410 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa 11 430 — 11 495 so‘m.
Markaziy bank aholidan chiptalar, barcha turdagi kommunal xizmatlar, davlat boji va boshqa xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirishda olinadigan komissiyalarning eng yuqori miqdorini BHMning 20 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda (60,6 ming so‘m) belgilashni taklif qilmoqda.
Tijorat banklari 18-aprel kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 385 — 11 430 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa 11 450 — 11 510 so‘m.
Markaziy bank aholidan chiptalar, barcha turdagi kommunal xizmatlar, davlat boji va boshqa xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirishda olinadigan komissiyalarning eng yuqori miqdorini belgilashni taklif qilmoqda. 1-maydan komissiya to‘lovchidan emas, balki to‘lov summasidan chegirib tashlash yo‘li bilan undiriladi.
O‘zbekiston prezidenti oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi. Jumladan, hududlarda sut yig‘ish markazlarini tashkil etish, chorva mollarini identifikatsiya qilish, parrandachilik xo‘jaliklariga 35 mln dollar ajratish, krevetkani sanoat usulida yetishtirish rejalashtirilmoqda.
Tijorat banklari 17-aprel kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 370 — 11 430 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa 11 370 — 11 500 so‘m.
O‘zbekistonda pomidor narxi bir haftada 33 foizga tushib ketdi (22 ming so‘mgacha) va bu pasayish tendensiyasining boshlanishi hisoblanadi, demoqda EastFruit ekspertlari. Hozirda qizil dumaloq pomidor narxi o‘tgan yilgidan 16% ga yuqori bo‘lsa, pushti pomidor narxi 1,5 barobar yuqoriligicha qolmoqda.
O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov va Rossiya hukumati rahbari o‘rinbosari Aleksandr Novak O‘zbekistonga neft va neft mahsulotlari yetkazib berishni ko‘paytirish imkoniyatlari, shuningdek, “Rosatom”ning yangi atom energetikasi inshootlarini qurishda ishtiroki istiqbollarini muhokama qildi.
Senat 2025-yilgacha banklarning ustav kapitalini bosqichma-bosqich kamida 500 mlrd so‘mgacha oshirishni nazarda tutuvchi o‘zgartishlarni ma’qulladi. Aksiyador va yakuniy benefitsiarlari ofshor zonada joylashgan norezidentlarga nisbatan talablar ham yumshatildi. MB rahbari o‘rinbosari o‘zgarishlarga izoh berdi.
“Kelgusi uch yilda tayyor mahsulot eksportini 2 baravar oshirish reja qilganmiz. Bunga erishishning birdan bir yo‘li — Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish. Bu 164 ta davlat bilan adolatli savdo tizimini yo‘lga qo‘yish va barqaror bozorlarni yaratish imkonini beradi, — deya ma’lum qildi Shavkat Mirziyoyev.
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida O‘zbekiston, Qozog‘iston va Rossiya gaz ittifoqi loyihasini muhokama qilishda “jumladan, prezidentlar darajasida faol olg‘a siljishganini” aytdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting