MB tomonidan yana bir bank — “Yangi bank”ga litsenziya berildi. Uni “O‘zagroeksportbank” rahbarining sobiq o‘rinbosari Odil Amerqulov boshchiligidagi “Yangi Group” kompaniyasi tashkil etgan.
UzAuto Motors kompaniyasi Chevrolet Tracker va Onix avtomobillari uchun shartnomalar berishni ushbu modellarning konfiguratsiyasi yangilanishi munosabati bilan vaqtincha to‘xtatdi. Kompaniyaning bildirishicha, avtomobillar uchun “issiq” variantlar kutilmoqda.
Tijorat banklari 5-may kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 390 — 11 440 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 450 — 11 515 so‘m.
Endilikda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida moliyalashtiriladigan tadbirlar 2023-yildan boshlab jamoatchilik fikri asosida “Ochiq budjet” portalida ovoz berish yo‘li bilan aniqlanadi. Bunda har bir mahallada 8 mlrd so‘mdan oshmagan loyihalar paketi shakllantiriladi.
“Ohangaronsement” va uning ta’sischisiga nisbatan AQSh sanksiyalarining joriy etilishi korxona faoliyatini to‘xtatib qo‘yishni anglatmaydi, deya ma’lum qildi Markaziy bank rahbari Mamarizo Nurmuratov. Uning aytishicha, bu masalani hal etish bo‘yicha prezident topshirig‘iga binoan ishchi guruh tuzilgan.
“Turkistonbank”ning bankrot bo‘lishi sabab 52 nafar mijoz 53 mlrd so‘m omonatlarini qaytarish bo‘yicha murojaat qilgan bo‘lib, uning bir qismi bank tomonidan subordinativ kredit sifatida berilgan. MB sud qarori bilan 18 nafar fuqaroning 29 mlrd so‘mlik mablag‘lari omonat sifatida tan olinganini ma’lum qildi.
Markaziy bank raisi Humo va Uzcard to‘lov tizimlari bankomatlarini integratsiyalash 7−10 kun ichida yakunlanishini ma’lum qildi. Shuningdek, Korzinka supermarketlar tarmog‘ida virtual kassalarni ishga tushirishga tayyorgarlik ko‘rilayotganini, pulni naqdlashtirish uchun komissiya foizi muhokama qilinayotganini aytdi.
Raqamli texnologiyalar vazirligi va “Aloqabank”ning Toshkent shahri markazidagi ma’muriy binolarini sotish va Black Gold Industry News`ga 390 mlrd so‘mlik imtiyozli kredit ajratish bo‘yicha kelishuvlar bekor qilindi, deya ma’lum qildi Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurotov.
Jismoniy shaxslar o‘rtasidagi pul o‘tkazmalari bo‘yicha elektron hisobvaraqalarni rasmiylashtirish, ya’ni bu ma’lumotlarni soliq organlariga o‘tkazish tartibiga Markaziy bank salbiy munosabatda, dedi Markaziy bank raisi. Mutaxassislarning aytishicha, bu norma bank siri to‘g‘risidagi qonun va Konstitutsiyaga zid.
Hukumat komissiyasi ijara to‘lovlarini xorijiy valyutaga bog‘lashga ruxsat berishi mumkin. Gap 200 mln dollardan ortiq sarmoya va 70 ming kvadrat metrdan ortiq ijara maydoniga ega yirik savdo va ko‘ngilochar markazlar haqida bormoqda. Toshkentda qurilayotgan birgina savdo markazi shunday talabga javob beradi.
Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida saqlab qoldi. Regulyator birinchi chorak yakunlariga ko‘ra, iqtisodiyotdagi aksariyat ko‘rsatkichlar makroiqtisodiy rivojlanishning bazaviy ssenariysi doirasida ekanligini ta’kidladi. Yil yakuni bo‘yicha inflyatsiya prognozi 8,5−9,5 foiz darajasida saqlanib qoldi.
UzAuto Motors 2023-yilning birinchi choragida 258,76 mlrd so‘m sof foyda ko‘rdi. Biroq bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 43,8 foizga kam.
Tijorat banklari 4-may kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 400 — 11 450 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 465 — 11 515 so‘m.
Portfeliga Inditex guruhining Zara, Zara Home, Massimo Dutti, Bershka, Pull & Bear, Oysho va Stradivarius kabi brendlari kiruvchi Cenomi Group O‘zbekiston bozoriga kirishi haqida e’lon qilindi. Cenomi Tashkent City Mall loyihasida taqdim etilishi mumkin.
Germaniyaning KfW banki O‘zbekistonda ichimlik suvi ta’minoti hamda oqova suv xizmatlarini yaxshilash uchun 200 mln yevro ajratadi. Mablag‘lar Qo‘qon, Marg‘ilon, Termiz shaharlarining suv tizimini rivojlantirish uchun yo‘naltiriladi.
O‘zbekistonda 2024-yil 1-yanvardan undiruv qaratilgan garovga qo‘yilgan mol-mulkning ochiq kimoshdi savdosida sotilishini garovga qo‘yuvchining iltimosiga asosan kechiktirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Tijorat banklari 3-may kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 380 — 11 425 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 425 — 11 495 so‘m.
O‘zbekiston va Germaniya taraqqiyot banki KfW o‘rtasida sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirishga yo‘naltirilgan 45 million yevrolik kredit shartnomasi va 5,5 million yevrolik grant shartnomasi imzolandi.
Tijorat banklari 2-may kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 350 — 11 405 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 425 — 11 475 so‘m.
Aprel oyida oziq-ovqat mahsulotlari 1,2 foizga, nooziq-ovqat mahsulotlari 0,5 foizga, xizmatlar 0,5 foizga qimmatlashdi. Mahsulotlar orasida pomidor narxi 21,3 foizga, guruch 14,1 foizga, sabzi 13,2 foizga va shakar 10,5 foizga oshdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting