Prezident imzolagan “Davlat qarzi to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, bu ko‘rsatkichning maksimal miqdori YAIMga nisbatan 60% etib belgilandi. Uni samarali boshqarish uchun 3 yillik strategiya tasdiqlanadi. 2023-yil 1-yanvar holatiga, davlat qarzi 29,2 mlrd dollarga (YAIMga nisbatan 36,4 foiz) yetgan.
O‘zbekistonda 1-maydan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 980 000 so‘m, bazaviy hisoblash miqdori 330 000 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdori 7 foizga oshirildi.
Energetika vazirligi UNG Petro yoqilg‘i quyish shoxobchalarida Ai-92 benziniga berilgan chegirmalar 1-maydan boshlab to‘xtatilishi to‘g‘risidagi xabarni rad etdi.
UNG Petro yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘i tomonidan Navro‘z bayrami arafasida e’lon qilingan Ai-92 benzini uchun chegirma 1-maydan boshlab to‘xtatildi. Aksiya davomida bir litr yoqilg‘i 7500 so‘mdan sotildi.
Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti ichki turizm bo‘yicha so‘rov o‘tkazdi. Respondentlarning yarmidan ko‘pi oilalari bilan sayohat qilishni afzal ko‘rishlarini aytdi. Asosiy muammolar qatorida yo‘llar sifati, narxlar, suv, internet va sanitariya punktlari sanaldi.
Rossiyadan O‘zbekistonga gazni “O‘rta Osiyo-Markaz” (CAC) gaz quvuri orqali yetkazib berish rejalashtirilmoqda, dedi energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov. Uning so‘zlariga ko‘ra, avvalroq yetkazib berish uchun ko‘rib chiqilgan boshqa — “Buxoro-Ural” gaz quvuri eskirgani sababli mos kelmaydi.
O‘zbekiston va Vengriya 2023-yilning ikkinchi yarmidan boshlab o‘z poytaxtlari o‘rtasida aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Vengriya iqtisodiy rivojlanish vaziri Toshkentdagi investitsiya forumida rasmiy Budapesht O‘zbekiston bilan dronlarni ishlab chiqarish bo‘yicha tajriba almashishga tayyorligini bildirdi.
Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarida har birining quvvati 500 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyalarini qurish bo‘yicha Xitoy kopmaniyasi bilan bitimlar imzolandi.
Tijorat banklari 28-aprel kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 335 — 11 380 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 395 — 11 445 so‘m.
YeIning sanksiyalar bo‘yicha maxsus vakili Devid O’Sallivan O‘zbekiston va Yevroittifoq mamlakat hududidan Rossiyaga qarshi sanksiyalarni chetlab o‘tish, xususan, ikki maqsadli tovarlarni qayta eksport qilish uchun foydalanilmasligini ta’minlash borasida qanday ishlar olib borayotgani haqida ma’lumot berdi.
Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamaxmudov O‘zbekistonda gaz qazib olish keskin pasayganini izohlab, shu yil ikkinchi yarmidan “dinamikaning o‘zgarishi”ni aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, gaz qazib olishning kamayishi asosan “O‘zbekneftgaz” hisobiga bo‘lgan, chunki “kompaniya konlarining 75−80 foizi o‘zlashtirilgan”.
Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Islom taraqqiyot banki bilan qishloq va transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish, maktabgacha ta’limni rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish yuzasidan 400 mln dollarlik bitimlar imzolandi.
Shavkat Mirziyoyev Toshkent investitsiya forumidagi nutqida Xalqaro tijorat sudini ishga tushirish rejalari, “yashil iqtisodiyot”ga o‘tishni davom ettirish niyatini ma’lum qildi va xususiylashtirish dasturi haqida gapirdi.
O‘zbekiston oltin qazib olishni qariyb bir yarim barobarga, ya’ni 150 tonnagacha oshirishni rejalashtirmoqda.
Toshkent metropoliteni 2023-yilda yana 56 ta vagon yoki 14 ta tarkibni qabul qilishi kerak, dedi “Transmashxolding” (Rossiya) rahbari poytaxtdagi “Innoprom” ko‘rgazmasida. 2019−2021-yillarda 60 ta vagon yetkazib berilgan.
O‘zbekistonda xalqaro ekspertlar ko‘magida Xalqaro tijorat sudi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Bundan buyon, tadbirkor va investorlar sudda o‘z talabining to‘g‘riligini isbotlashi shart emas. Endi davlat idorasi o‘z qarorining qonuniyligini isbotlab berishga majbur bo‘ladi.
Shavkat Mirziyoyev Toshkent xalqaro investitsiya forumi yalpi majlisida Andijon, Namangan, Buxoro va Urganch aeroportlari boshqaruvi xususiy sektorga topshirilishini ma’lum qildi.
O‘zbekiston Markaziy banki asosiy stavkani ko‘rib chiqish bo‘yicha yig‘ilishni bir hafta keyinga qoldirdi. Regulyatorga ko‘ra, “prognozlarni yangilash, ichki va tashqi iqtisodiy sharoitlardagi o‘zgarishlarni keng qamrovli tahlil qilish” uchun qo‘shimcha vaqt talab etiladi.
Tijorat banklari 27-aprel kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 320 — 11 360 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 380 — 11 435 so‘m.
O‘zbekistonda 25 yoshgacha bo‘lgan yoshlarni ishga qabul qilishda ijtimoiy soliqni ish beruvchiga qaytarish tartibi qayta joriy etiladi. Ushbu imtiyoz 2021−2022-yillarda amalda bo‘lgan, 9 mingta korxona undan foydalangan va ularga 150 mlrd so‘m qaytarilgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting