«O‘zkomnazorat» qonunda belgilangan talabni bajardi, shunga qaramasdan, regulyator rahbari ishdan bo‘shatildi, qonunbuzarlar ro‘yxatidan esa barcha ijtimoiy tarmoqlar ham chiqarib tashlangani yo‘q. Misol uchun, «VKontakte», Twitter, WeChat, TikTok va Skype hanuz qora ro‘yxatda. «Kelishilmagan harakatlar» ortidan ijtimoiy tarmoqlarning bloklanishi va javobsiz qolayotgan savollar haqida mutaxassislar fikri.
Davlat staistika qo‘mitasiga ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistonga qiymati 104 mln dollarga teng bo‘lgan 289 mln litr avtomobil benzini import qilingan. Avtomobil benzini importi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 137 mln litrga oshgan.
9 oy ichida O‘zbekistonga 1,2 mln nafarga yaqin xorijiy sayyohlar tashrif buyurgan, 273 mln dollarlik turizm xizmatlari ko‘rsatilgan. Shuningdek, ushbu davrda turizm sohasidagi tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash uchun 6,5 mlrd so‘m miqdorida subsidiya ajratilgan.
2020 yil yakuniga ko‘ra, «O‘ztransgaz» tomonidan iste’molchilarga yetkazib berilayotgan 1000 kub metr tabiiy gazning qiymati gazning o‘rtacha narxidan 90 ming so‘mga qimmatroq bo‘ldi. Buning oqibatida 3,6 trln so‘mlik zarar vujudga kelgan. Shu munosabat bilan davlat budjetidan 1 trln so‘mlik subsidiya ajratilmoqda, deya tushuntirdi Energetika vazirligi.
Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 24,86 so‘mga ko‘tarilib, 10 705,26 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham ko‘tarildi.
«O‘zbekneftgaz» noyabr oyida London fond birjasiga 700 mln dollarlik qiymatdagi xalqaro obligatsiyalarni joylashtiradi. Undan tushgan mablag‘lar esa jamiyat ehtiyojlariga sarflanadi.
Davlat korxonalari davlat budjeti orqali o‘tmagan o‘z mablag‘lari hisobidan yo‘llarni ta’mirlash, ijtimoiy obyektlar qurish orqali «ijtimoiy yuk»ni o‘z zimmasiga olmoqda. Bu amaliyot mamlakatning real budjeti va xarajatlarini hisoblashga imkon bermaydi, deb yozadi iqtisodchi Behzod Hoshimov.
Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 14,66 so‘mga pasayib, 10 680,40 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ham pasaydi, rubl kursi esa ko‘tarildi.
Yevropa komissiyasi 2021−2024 yillarda O‘zbekistonga 83 mln yevro miqdorida maqsadli grantlar ajratish, shuningdek, Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish maqsadida «Team Europe» tashabbusi doirasida Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar bilan birgalikda moliyaviy va texnik hamkorlikni kengaytirishni rejalashtirmoqda.
YeTTB 2021 yilda O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti o‘sishi prognozini 5,6 foizdan 6,8 foizga oshirdi. Shu bilan birga, bank hisobotida COVID-19 tarqalishi bilan bog‘liq xavflar va boshqa omillar tufayli butun mintaqa uchun prognozlar noaniqligi haqida ham aytilmoqda.
Hukumat 2020 yilda elektr va gaz tariflarini oshirishni rejalashtirgan edi, biroq koronavirus pandemiyasi tufayli bu chorani keyinga qoldirdi. Markaziy bank iqtisodiy rivojlanishning asosiy ssenariysida tartibga solinadigan narxlar (energetika resurslari, kommunal xizmatlar va boshqalar) 2022 yilda yoki 2022−2023 yillarda bosqichma-bosqich to‘liq erkinlashtirilishini kutmoqda.
Prezidentning kuyovi Oybek Tursunov «Kapitalbank» ustavidagi 112,49 mln aksiyalarini sotib olib, o‘zining jami ulishini 50 foizga yetkazdi. Unga qarashli kompaniya 2019 yilda 40,13 mln aksiyalarni qo‘lga kiritgan edi.
Yaponiya hukumati O‘zbekistonda paxtachilik va o‘g‘it sanoatini modernizatsiya qilish uchun qariyb 2 mln dollar ajratdi. “Umid qilamizki, ko‘proq xorijiy sarmoyani jalb qilib, shu jumladan, yapon kompaniyalari ishtirokida, ushbu sohalarda savdoni jonlantirish imkoniyati yaratiladi”, — dedi Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchisi janob Yoshinori Fujiyama.
Markaziy bank kelgusi uch yilda O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning asosiy va muqobil ssenariylarini taqdim etdi. Ularni aniqlashda MB ilk bor iqlim o‘zgarishlarini hisobga oldi. Regulyator kelgusi yillarda inflyatsiyaning uzoq muddatli omillarini bartaraf etish zarurligini qayd etdi.
Toshkentlik fuqaro o‘z uyida quyosh foto elektr stansiyasini o‘rnatib, unda ishlab chiqarilgan elektr energiyasini sotish bo‘yicha hududiy elektr tarmoqlari korxonasi bilan shartnoma imzoladi.
Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 16,94 so‘mga pasayib, 10 695,06 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ham pasaydi, rubl kursi esa ko‘tarildi.
Moliya vazirligi pensiya to‘lovi hamda nafaqa tayinlash uchun zarur hujjatlar haqida ma’lumot olish mumkin bo‘lgan @pensiyauzbot Telegram-botini ishlab chiqdi. U orqali pensiya jamg‘armasiga murojaat yo‘llash imkoniyati ham mavjud.
Prezident ishtirokidagi videoselektorda sement importi uchun imtiyozlar muddati yana bir yilga uzaytirilishi ma’lum qilindi. Shuningdek, sement ishlab chiqaruvchilarga foyda solig‘i 20 foizdan 15 foizgacha, yer qa’ridan foydalanganlik solig‘i esa 2 baravarga kamaytirilishi qayd etildi.
2022 yildan boshlab barcha vazirliklar uchun davlat budjeti mablag‘larini sarflash bo‘yicha asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlarni belgilash rejalashtirilmoqda, dedi moliya vaziri Timur Ishmetov. Unga ko‘ra, budjet taqchilligini 3 foizga kamaytirish va «budjet xarajatlarini qattiq nazorat qilish» rejalashtirilgan.
Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 21,92 so‘mga ko‘tarilib, 10 712 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ko‘tarildi, rubl kursi esa pasaydi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting