Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 17,81 so‘mga ko‘tarilib, 10 853,02 so‘mni tashkil qildi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham ko‘tarildi.
Senatorlar bir qator oziq-ovqat mahsulotlari, jumladan, go‘sht, yog‘ va kartoshkani olib kirish va aylanmasi uchun berilgan QQSning nol stavkasi muddatini 30 aprelga qadar uzaytirish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi. Hukumat vakili apreldan keyin narxlarni qanday ushlab turish rejalashtirilayotganini aytdi.
OTB 2022−2024 yillarda O‘zbekistonda umumiy qiymati 2,8 mlrd dollarga teng 27 ta loyihani amalga oshirishi ko‘zda tutilmoqda. Joriy yilda OTB O‘zbekistonga qayta tiklanadigan energiya manbalari, jumladan, quyosh va shamol energiyasi, suv resurslari, shaharsozlik va yo‘llarga investitsiyalar sohalarida yordam ko‘rsatish, ipoteka bozorini rivojlantirishni davom ettirishni rejalashtirmoqda.
So‘nggi yillarda o‘qituvchilarning oylik maoshlari boshqa soha vakillarining oyligiga nisbatan sekinroq o‘sgan, natijada ta’lim sohasi vakillari jamiyatning boshqa vakillariga nisbatan kambag‘allashgan. «Gazeta.uz» kolumnisti, iqtisodchi Mirkomil Xolboyev o‘qituvchilarning real daromadlari qanday kamayib borganligi va buning oqibatlari haqida.
O‘zbekistonda qish va bahor oylarida aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash uchun qariyb 627 ming tonnalik zaxira yaratilgan. Shundan 294 ming tonna kartoshka, 86,8 ming tonna piyoz, 163,6 ming tonna sabzi va 82,1 ming tonna guruch jamg‘arildi, deya ma’lum qildi Qishloq xo‘jaligi vazirligi.
Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 12,07 so‘mga ko‘tarilib, 10 825,07 so‘mni tashkil qildi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham ko‘tarildi.
Davlat soliq qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, ayrim texnik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari boshqalarga tegishli bo‘lgan 15,9 mingta xarid cheklarini Soliq ilovasida o‘z nomiga ro‘yxatdan o‘tkazgan. 11 mlrd so‘mlik ushbu cheklar bo‘yicha hisoblangan keshbek summasi bekor qilindi.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Rossiyaning «Gerofarm» biotexnologiya kompaniyasi O‘zbekistonda insulin ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihasini ishga tushirish to‘g‘risida bitimni imzoladi.
«O‘zmetkombinat» temir saqlash va yuklash ombori savdolarida Golden House Development kompaniyasi g‘olib bo‘ldi. Kompaniya ombor uchun 74 mlrd so‘m taklif qilgan. Omborning yangi egasi hududda maishiy xizmat, sport va ijtimoiy xizmatlar, ko‘ngilochar va dam olish markazlari, turar-joy majmualari tashkil etishi ko‘zda tutilgan.
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonni 2026 yilgacha rivojlantirish strategiyasini tasdiqladi. Strategiya yo‘nalishlaridan biri soliq yukini YAIMga nisbatan 25%gacha kamaytirish, 120 mlrd dollar hajmidagi investitsiyalarni jalb etish, aholini ko‘chirishning umumiy sxemasini ishlab chiqish, eskirgan uy-joylar o‘rnida rekonstruksiya asosida zamonaviy massivlarni barpo etish va 275 ming oilani ko‘chirish, 2023 yilga qadar inflyatsiyani 5%gacha kamaytirish va boshqa ko‘plab maqsadlarni nazarda tutadi.
2018 yilda Parkent tumani hokimligi «Tepa (Kultepa)» arxeologiya yodgorligiga tegishli 2 gektar yerni tadbirkorga xom g‘isht ishlab chiqarish uchun auksion orqali sotib yuborgan. 2020 yilda esa tadbirkor ushbu yerni boshqa bir jamiyatga sotib yuborgan. Xom g‘isht ishlab chiqarish uchun esa yodgorlik hududidan tuproq qazib olingan. Antikorrupsiya agentligi buning natijasida tadbirkor madaniy meros obyektiga 1,5 trln so‘mlik moddiy zarar yetkazganini aniqladi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi yanvar oyida o‘tkazgan o‘rganishlarida yettita davlat tashkilotida jami 33,69 mlrd so‘mlik davlat xaridlarida qonunga zid harakatlar aniqlangan. Ushbu holatlar bo‘yicha davlat xaridlarini bekor qilish haqida buyurtmachilarga taqdimnomalar va Bosh prokuraturaga so‘rovnomalar kiritilgan.
Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti qoshidagi innovatsion klinikada tibbiy yordam ko‘rsatishni yaxshilash loyihasi uchun qariyb 6,9 million dollar ajratdi.
Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 8,14 so‘mga ko‘tarilib, 10 813 so‘mni tashkil etdi. Shuningdek, yevro kursi 102,09 so‘mga, rubl kursi esa 0,89 so‘mga yuqoriladi. Ushbu o‘zgarishlar 2 fevraldan kuchga kiradi.
Tojikiston 2021-yilda 2,5 mlrd kVt/soat elektr energiyasi eksport qilgan. Shundan 1 mlrd kVt/soat resurslarni Afg‘oniston 55 mln dollarga sotib olgan. O‘zbekiston ham xuddi shu miqdordagi elektr energiyasi importi uchun 23 mln dollar mablag‘ sarflagan.
Markaziy Osiyo energotizimidagi yirik avariya tufayli O‘zbekistondan Afg‘onistonga elektr energiyasi eksporti vaqtincha to‘xtatilgan edi. Ayni vaqtda energiyani yetkazib berish qayta tiklangan.
2022-yilning yanvar oyida inflyatsiya ko‘rsatkichi 0,9 foizni, yillik nisbatda esa 9,8 foizni tashkil qildi. Oy davomida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘rtacha 1,3 foizga oshgan, eng qimmatlagan sohalardan biri restoran va mehmonxonalar xizmatlari bo‘ldi.
Toshkent mahallalarida aholi muammolarini o‘rganish orqali poytaxtda inson qadri indeksi joriy qilinadi. Prezident indeks mezonlarini ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha ilmiy asoslangan tizim yaratishni buyurdi.
Ikkilamchi bozordan uy-joy sotib olish uchun ajratiladigan maqbul ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirish vaqtincha to‘xtatildi. Bunga ikkilamchi bozor uchun kreditlarga talab yuqori bo‘lganligi bois OTBning 150 mln dollarlik mablag‘lari muddatidan oldin o‘zlashtirilishi sabab qilib ko‘rsatildi.
2021-yilda mamlakat bo‘ylab 691,9 mingta avtotransport vositalari oldi-sotdisi amalga oshirilgan. Bu 2020-yilga nisbatan 12 foizga ko‘proq hisoblanadi. Shundan 194,4 mingtasini yengil avtomobillar tashkil etgan. Shuningdek, o‘tgan yilda O‘zbekistonda jami 13 mingta “inomarka” sotilgan va ularning yarmidan ko‘pi Toshkent shahri hisobiga to‘g‘ri kelgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting