O‘zbekistonga yil boshidan beri 364 kg giyohvandlik vositasi hamda 181 mlrd so‘mlik tovarlar noqonuniy kirib kelishining oldi olingan. Shavkat Mirziyoyev kontrabandaga qarshi kurashish maqsadida 80 foiz tovar kirib keladigan 22 ta bojxona postini 3D-skaner, rentgen apparati, videokuzatuv kamerasi, transport tarozisi kabi uskunalar bilan jihozlashga ko‘rsatma berdi. Buning uchun esa 370 mlrd so‘m yo‘naltiriladi.
Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 7,92 so‘mga ko‘tarilib, 10 845,08 so‘mni tashkil qildi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ko‘tarildi.
O‘zbekistonda Moliya vazirligi huzurida Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tashkil etiladi. Inspeksiya Davlat budjeti mablag‘larini sarflash samaradorligini oshirish, budjet qonunchiligi buzilishining profilaktikasini kuchaytirish va masofaviy moliyaviy nazoratni kengaytirish, shuningdek, davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyatini takomillashtirish yo‘nalishida ishlaydi.
Tadbirkor Murod Nazarov Ocard suv brendi Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning qiziga tegishli ekanini ma’lum qildi. Ocard savdo belgisi patenti J-United Group korxonasiga tegishli. Bu kompaniya ta’sischisi esa Toshkent shahar hokimi Jaxongir Ortiqxo‘jayev hisoblanadi.
Heritage Foundation tomonidan e’lon qilingan “Iqtisodiy erkinlik indeksi — 2022” reytingida O‘zbekiston 55,7 ball to‘plagan holda 177 davlat orasida 117-o‘rinni egalladi. Indeks metodologiyasiga ko‘ra, O‘zbekiston iqtisodiyoti asosan “erkin bo‘lmagan mamlakatlar” guruhida qoldi. Bundan tashqari, 119 davlatda (67,2 foizida) pasayish kuzatildi.
Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 6,86 so‘mga pasayib, 10 837,16 so‘mga teng bo‘ldi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ko‘tarildi.
2022 yil yanvar oyida 113,2 ming dona (2021 yanvariga nisbatan 126,4% ko‘p) avtotransport vositalari davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bunday o‘sishga 1 yanvardan avtomobillarni sotib olganlik uchun yig‘imning to‘liq bekor qilinishi va oldi-sotdi shartnomasini notarial rasmiylashtirishda undiriladigan davlat boji BHMning 3 barobarigacha kamaytirilishi sabab bo‘lgan.
Uch oy ichida O‘zbekistonda elektromobil tarmog‘ini rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqilishi kutilmoqda. Prezident elektromobillar uchun butlovchi qismlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, ularga texnik talab va standartlarni ishlab chiqish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Prezident topshirig‘iga muvofiq, UzAuto Motors kompaniyasi o‘z mijozlariga avtomobil yetkazib beriladigan aniq sana ko‘rsatilgan xabarnoma yuborishi kerak.
Rossiyaning Wildberries onlayn-riteyleri O‘zbekistonda ish boshladi, Toshkentda esa birinchi tarqatish punkti ishga tushdi.
Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 16,62 so‘mga pasayib, 10 844,02 so‘mni tashkil etdi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham pasaydi.
14 fevralga o‘tar kechasi Brent markali neft narxi bir barrel uchun 96,05 dollargacha ko‘tarildi. Bu so‘nggi 7 yildagi eng yuqori ko‘rsatkich. Neft narxi 2021 yilning boshidan beri deyarli uzluksiz qimmatlashmoqda.
«Gazprombank» Samarqand aeroportini modernizatsiya qilish va boshqarish loyihasini moliyalashtirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Butunjahon Oltin Kengashi O‘zbekiston 2021 yilning noyabr oyida 21,5 tonna oltin sotib, dekabr oyida 8,4 tonna oltin sotib olganini ma’lum qildi. Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgi kunda O‘zbekiston oltin zaxirasi miqdori 11,6 troy unsiyani, uning qiymati esa 20,94 mlrd dollarni tashkil etadi.
Yanvar oyida so‘mning real samarali almashuv kursi indeksi 2021 yil dekabr oyiga nisbatan 0,8 foizga mustahkamlandi. Bu ko‘rsatkich 2021 yilning mos davriga nisbatan 5,4 foizga, 2018 yilning iyuniga nisbatan 6,3 foizga o‘sgan. So‘m kursining o‘sishiga savdo-hamkor davlatlar valyuta kurslarining qadrsizlanishi sabab bo‘lgan.
Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 16,24 so‘mga ko‘tarilib, 10 851,24 so‘mni tashkil qildi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham ko‘tarildi.
Rossiya hukumatining migrantlarni ishga jalb qilish bo‘yicha pilot loyihasiga ko‘ra, mamlakatdagi qishloq xo‘jaligi ishlariga 1108 nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari jalb qilinadi.
O‘simlik yog‘i, kungaboqar, soya danagi va zig‘ir urug‘ini olib kirish, o‘simlik yog‘ini ishlab chiqarish va realizatsiya qilish bo‘yicha QQS imtiyozlari 30 aprelga qadar uzaytirildi. Bunga qadar imtiyoz muddati 2021 yilning 1 mayidan 31 dekabrigacha amalga qilgandi.
Jahon banki Doing Business xalqaro reytingi o‘rniga ishbilarmonlik muhitini baholash bo‘yicha Business Enabling Environment reytingi ustida ishlamoqda. Uning dastlabki konsepsiyasini taqdim etib, respondentlarni bu bo‘yicha muhokamada fikr bildirishga taklif qildi.
Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 5,11 so‘mga pasayib, 10 835 so‘mni tashkil qildi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari esa ko‘tarildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting