Iqtisodiyot

«Qayta ko‘rib chiqish mumkin». «O‘zavtosanoat» rahbari o‘rinbosari — «inomarka» larni olib kirishdagi boj haqida
9 fevral 2022, 19:28

«Qayta ko‘rib chiqish mumkin». «O‘zavtosanoat» rahbari o‘rinbosari — «inomarka» larni olib kirishdagi boj haqida

«O‘zavtosanoat» rahbari o‘rinbosari Azizbek Shukurov O‘zbekistonda xorijiy avtomobillar importiga qo‘yilgan bojxona boji o‘ta yuqori degan fikrga qo‘shilishini ma’lum qildi. Uning fikricha, bojxona to‘lovini «qayta ko‘rib chiqish mumkin». U shuningdek, iqtisodchi Yuliy Yusupovning avtomobil sanoati monopoliyasi haqidagi maqolasiga munosabat bildirdi.

Yanvar oyida kam daromadli oilalar daromadining 60% qismini oziq-ovqatga sarfladi
9 fevral 2022, 18:31

Yanvar oyida kam daromadli oilalar daromadining 60% qismini oziq-ovqatga sarfladi

Yanvar oyida kam daromadli oilalar xarajatlarining 60 foizi oziq-ovqat mahsulotlari hisobiga to‘g‘ri kelgan. Ushbu oilalarda xarajatlarning oziq-ovqatga yo‘naltirilgan qismi yuqori daromadli guruhga nisbatan 1,7 barobar ko‘proqni tashkil etdi. Bu oyda daromadi nisbatan kamroq uy xo‘jaliklari guruhlarining oziq-ovqat inflyatsiyasi 14,2 foizga teng bo‘ldi.

O‘zbekiston davlat qarzi darajasi bo‘yicha eng xavfsiz ko‘rsatkichni qayd etgan mamlakatlar qatoridan joy oldi
9 fevral 2022, 16:45

O‘zbekiston davlat qarzi darajasi bo‘yicha eng xavfsiz ko‘rsatkichni qayd etgan mamlakatlar qatoridan joy oldi

O‘zbekiston davlat qarzi darajasi bo‘yicha YAIMga nisbatan 38,9% ko‘rsatkich bilan eng xavfsiz ko‘rsatkichni qayd etgan mamlakatlar qatoridan joy oldi. Visual Capitalist tomonidan e’lon qilingan jahon qarzining mamlakatlar kesimidagi holatiga oid ma’lumotlarga ko‘ra, ayni paytda O‘zbekiston jami 188 ta davlat orasida 153-o‘rinda bormoqda. Davlat qarzining YAIMga nisbati eng yuqori davlatlar ro‘yxatida Yaponiya, Sudan va Gretsiya yetakchilik qilmoqda.

Alisher Usmonovga aloqador kompaniyalar «Kapitalbank» aksiyalariniing boshqaruv paketini qo‘lga kiritdi
9 fevral 2022, 16:38

Alisher Usmonovga aloqador kompaniyalar «Kapitalbank» aksiyalariniing boshqaruv paketini qo‘lga kiritdi

Finance TCI kompaniyasi seshanba kungi bitimdan so‘ng «Kapitalbank»ning jami 12,18 foiz aksiyalari egasiga aylandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Finance TCI Alisher Usmonovning USM xoldingining sho‘’ba korxonasi bo‘lgan «Telekominvest» bilan afillangan. Ushbu kompaniyalar birgalikda bankning umumiy 61,54 foiz aksiyalariga egalik qilishni boshladi.

Raqobat rivojlangan sohalarda davlat muassasalari tugatiladi — prezident qarori
9 fevral 2022, 16:38

Raqobat rivojlangan sohalarda davlat muassasalari tugatiladi — prezident qarori

Prezident qarori bilan bir tovar bozorida beshta va undan ortiq xususiy tadbirkor faoliyat yuritayotgan, raqobat rivojlangan sohalarda davlat muassasalari tugatiladi yoki xo‘jalik jamiyatlariga o‘zgartirilgan holda xususiy sektorga sotiladi. Antimonopoliya qo‘mitasi tegishli takliflarni Davlat tender komissiyasiga kiritib boradi.

Sut, mol va qo‘y go‘shti ishlab chiqaruvchilari uchun subsidiyalar ikki baravarga oshirildi
9 fevral 2022, 14:46

Sut, mol va qo‘y go‘shti ishlab chiqaruvchilari uchun subsidiyalar ikki baravarga oshirildi

Prezident qarori bilan chorvachilik bilan shug‘ullanuvchilar tomonidan import qilinadigan qishloq xo‘jaligi texnikalari 2025 yilga qadar bojxona to‘lovlari va utilizatsiya yig‘imidan ozod qilinadi. Qolaversa, 2023 yil 31 dekabrgacha yirik va mayda shoxli qoramollar tirik vaznining har bir kilogrammi (4000 so‘m) va sutning har bir litri (400 so‘m) uchun subsidiya ikki baravarga oshiriladi.

Toshkent shahrida ilk xalqaro investitsiya forumi bo‘lib o‘tadi
8 fevral 2022, 18:25

Toshkent shahrida ilk xalqaro investitsiya forumi bo‘lib o‘tadi

24−26-mart kunlari birinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi bo‘lib o‘tadi. Forumda yashil energiyadan innovatsion sanoatgacha, qishloq xo‘jaligidan iqtisodiyot tarmoqlarini raqamlashtirishgacha bo‘lgan mavzular muhokama qilinadi.

2021 yilda IT Park rezidentlari eksport hajmini qariyb 3 baravarga oshirdi
8 fevral 2022, 18:22

2021 yilda IT Park rezidentlari eksport hajmini qariyb 3 baravarga oshirdi

2021 yilda IT Park rezident kompaniyalari tomonidan 2,5 trln so‘mlik xizmatlar ko‘rsatildi, shundan 46 mln dollar eksport hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu ko‘rsatkich 2020 yilga qaraganda 2,8 barobar ko‘p. Qolaversa, o‘tgan yili IT Park rezidentlari soni jami 523 taga yetdi, yil davomida 104 ta yangi kompaniya tashkil etilgan, 124 ta kompaniya esa rezidentlikdan mahrum etildi.

Shakar zavodlari bizga kerakmi?
8 fevral 2022, 18:00 1

Shakar zavodlari bizga kerakmi?

Proteksionizm har doim ta’kidlanganidek, yomon va zararli qaror. Uning qanchalar zararli ekanligini 2020−2021 yilgi shakar bozoridagi tendensiyalardan ham ko‘rish mumkin. Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni himoya qilish iste’molchilarning kambag‘allashishiga olib kelishi haqida — «Gazeta.uz» kolumnisti Mirkomil Xolboyev maqolasida.

Dollarning rasmiy kursi besh kunlik o‘sishdan so‘ng pasaydi
8 fevral 2022, 17:14

Dollarning rasmiy kursi besh kunlik o‘sishdan so‘ng pasaydi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 15 so‘mga ko‘tarilib, 10 840,11 so‘mni tashkil qildi. Shuningdek, yevro kursi ham pasaydi, rubl kursi esa ko‘tarilishda davom etmoqda

2021-yilda 2,7 mingdan ortiq fuqaroning bank kartasidan pul o‘g‘irlangan
8 fevral 2022, 17:02

2021-yilda 2,7 mingdan ortiq fuqaroning bank kartasidan pul o‘g‘irlangan

2021-yilda 2700 dan ortiq fuqaro bank kartalaridan pul o‘g‘irlanganligi bo‘yicha ichki ishlar organlariga murojaat qilgan. So‘nggi paytlarda bank kartalaridan pul o‘g‘irlash holatlari ko‘payib bormoqda. IIV fuqarolardan bank kartalari ma’lumotlarini va tasdiqlash kodlarini hech kimga bermaslikni so‘radi.

Markaziy bank so‘m ramzini yaratish bo‘yicha tanlov e’lon qildi
8 fevral 2022, 15:37

Markaziy bank so‘m ramzini yaratish bo‘yicha tanlov e’lon qildi

Markaziy bank O‘zbekiston milliy valyutasi — so‘m ramzini yaratish bo‘yicha tanlov e’lon qildi. Tanlovda milliy valyutaning xalqaro miqyosda o‘ziga xosligi va xalqning madaniy qadriyatlarini ifodalovchi eng yaxshi grafik ishlar aniqlanadi. G‘oyalar 31 martga qadar qabul qilinadi.

Bank xizmatlari haqida axborot beruvchi portal ishga tushirildi
8 fevral 2022, 15:31

Bank xizmatlari haqida axborot beruvchi portal ishga tushirildi

Markaziy bank tijorat banklarining moliyaviy xizmatlari haqida axborot beruvchi www.bankxizmatlari.uz portalini ishga tushirdi. Veb-sayt orqali jismoniy shaxslar o‘zlari uchun taklif etilayotgan kreditlar, omonatlar, valyutalarni ayirboshlash, xalqaro pul o‘tkazmalari va boshqa xizmatlarni izlashi, ular haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lishlari mumkin.

2022-yilda Samarqand viloyatida 3 ta yangi GES quriladi
8 fevral 2022, 13:09

2022-yilda Samarqand viloyatida 3 ta yangi GES quriladi

2022-yilda ishga tushirilishi rejalashtirilayotgan gidroenergetika loyihalarining umumiy quvvati 173 MVtni tashkil etishi kutilmoqda. Xususan, Samarqand viloyatida 3 ta yangi GES quriladi, respublikadagi yana 4 ta GES modernizatsiya qilinadi.

Tadbirkor mulkini buzish, unga zarar yetkazish bizning maqsadimiz emas — Toshkent shahar hokimi
7 fevral 2022, 20:58

Tadbirkor mulkini buzish, unga zarar yetkazish bizning maqsadimiz emas — Toshkent shahar hokimi

Jahongir Ortiqxo‘jayev tadbirkorlarni poytaxtdan faqat qonuniy yo‘l bilan, onlayn-auksion orqali yer sotib olishga chaqirib, yer olishga yordam beramiz deganlarga ishonmaslikni so‘radi. «O‘z mablag‘ingizni ehtiyot qiling, yerning qonuniy egasi bo‘ling», — dedi hokim. U aholi yashash massivlarida ruxsatsiz inshootlar qurish «aholi tinchligi va xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda», deya qo‘shimcha qildi.

Yil davomida so‘mning real almashuv kursi 2,9 foizga o‘sdi
7 fevral 2022, 20:23

Yil davomida so‘mning real almashuv kursi 2,9 foizga o‘sdi

So‘mning real samarali almashuv kursi O‘zbekistonning asosiy savdo-hamkor davlatlari valyutalarining zaiflashishi va va yana bir necha faktorlar tufayli 2,9 foizga mustahkamlandi. Hamkorlar orasida turk lirasi 81 foizga qadrsizlandi, Xitoy yuani yagona mustahkamlangan valyuta bo‘ldi. Rossiya va Qozog‘iston valyutalari ham qadrsizlandi.

2022-yil oxirida inflyatsiya 9 foizdan past bo‘lishi mumkin — Markaziy bank
7 fevral 2022, 18:14

2022-yil oxirida inflyatsiya 9 foizdan past bo‘lishi mumkin — Markaziy bank

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yil yakunlari bo‘yicha inflyatsiya oraliq maqsadli ko‘rsatkich darajasida — 10% bo‘ldi. Biroq, 2022-yil yakuniga qadar iqtisodiyotda saqlanib qolayotgan “nisbatan qat’iy” pul-kredit siyosati inflyatsiyaning pasayishiga xizmat qiladi. Shuningdek, tijorat banklari tomonidan 2021-yilda iqtisodiyotga ajratilgan kreditlar 2020-yilga nisbatan 31 foizga o‘sgani aytildi.

Dollarning rasmiy kursi qatorasiga beshinchi kun ko‘tarildi
7 fevral 2022, 17:13

Dollarning rasmiy kursi qatorasiga beshinchi kun ko‘tarildi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 2,09 so‘mga ko‘tarilib, 10 855,11 so‘mni tashkil etdi. Shuningdek, yevro kursi pasaydi, rubl kursi esa ko‘tarildi. Ushbu almashinuv kurslari 8 fevraldan kuchga kiradi.

Davlat «Qizilqumsement»ni bozor narxidan arzonroqqa sotgan. Investor kelishuvning shaffof bo‘lmaganini aytdi
7 fevral 2022, 09:28

Davlat «Qizilqumsement»ni bozor narxidan arzonroqqa sotgan. Investor kelishuvning shaffof bo‘lmaganini aytdi

Yaqinda Kiprning United Cement Group kompaniyasi «Qizilqumsement»dagi davlat ulushini 1,89 trln so‘mga (qariyb 175 mln dollarga) sotib olib, O‘zbekistondagi sement zavodlari sonini 3 taga yetkazdi. Fusion Wealth Management menejeri Maykl MakGofi hukumat aktivni bozor qiymatidan 20 foizga arzonroqqa sotib, «xususiylashtirish dasturini shubha ostiga qo‘ygani»ni ta’kidladi. U kelishuvni shaffof emas deb atadi va ko‘proq taklif qilishga tayyor o‘yinchilar borligini ma’lum qildi.

Orol dengizidan ko‘tarilgan qum va chang bo‘ronlari natijasida Qoraqalpog‘iston yiliga $44,2 million yo‘qotadi — Jahon banki
5 fevral 2022, 15:22

Orol dengizidan ko‘tarilgan qum va chang bo‘ronlari natijasida Qoraqalpog‘iston yiliga $44,2 million yo‘qotadi — Jahon banki

Orolqum cho‘lidan ko‘tariladigan qum va chang bo‘ronlari tufayli yo‘qotishlar Qoraqalpog‘istonda yiliga 44,2 mln dollar yoki YAIMning 2,1 foizini tashkil etadi. Jahon banki tadqiqoti natijalariga ko‘ra, Orol dengizi tubidagi landshaftni tiklash aholining salomatligi yaxshilanishiga olib kelishi va har yili 28−44 mln dollar miqdorida qo‘shimcha foyda keltirishi mumkin.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting